Xitoyliklar kelajak mashinasini namoyish etishdi

67

Los-Anjelesdagi avtoshou doirasida turli rusumdagi avtomobillarning dizaynerlik bo‘linmalari o‘rtasida tanlov o‘tkazilmoqda. Tashkilotchilar qatnashchilarga 15 yildan so‘ng avtomobil o‘z egasi bilan qanday mutanosiblikda bo‘lishini tasvirlashlarini so‘rashdi. Birinchilardan bo‘lib, Xitoyning “Qoros” kompaniyasi o‘z ishlanmasini namoyish etdi.

68

Mashina “Q: QorosQloud Qubed” degan murakkab nom oldi. Unga o‘rnatilgan elektronika haydovchining odatlarini eslab qolish va uning kayfiyatini aniqlay olish xususiyatiga ega. Haydovchining charchagani yoki kayfiyati buzilganini sezishi bilanoq “Qoros” avtopilotni ishga tushirib, nazoratni o‘z qo‘liga oladi. Bunga qo‘shimcha ravishda avtomobilning o‘zi ham diodli chiroqlar yordamida o‘z tuyg‘ularini bildirishi mumkin.

69

Haydovchi o‘rindig‘i to‘rt o‘rinli salonning markazida joylashgan. Zarurat tug‘ilganda o‘rindiqni 180 darajaga burib, yo‘lovchilarga yuzma-yuz o‘tirish mumkin. Buni nafaqat mashina to‘xtab turganida, balki avtopilot ishlayotgan vaqtda ham amalga oshirsa bo‘ladi.  Loyiha mualliflari ushbu mashina ikkita farzandi bor oilalarga mo‘ljallanganini aytishmoqda.

70

“Q: QorosQloud Qubed”ning quvvati haqida ma’lumot berilmagan. Ushbu avtomobil elektr toki yordamida harakatlanadi va hozircha ommaviy ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilmagan. Ammo kompaniyaning boshqa ishi bor: ayni paytda shahar ichiga mo‘ljallangan krossoverning uchinchi modeli ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda.

Manba: xabardor.uz

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *