Rossiya Xitoy bilan savdoni milliy valyutalarda amalga oshiradi

6
Foto: rg.ru

Rossiya banki Xitoy Xalq banki bilan milliy valyutalarda tovar ayirboshlash loyihasini ishlab chiqdi. Hozirda bitimning rasmiy jihatlari ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda “Rossiyskaya Gazeta” xabar berdi.

Bitim Rossiya kompaniyalariga xitoylik hamkorlari bilan ish olib borishda yuandan chegaralanmagan miqdorda foydalanish imkonini bersa, xitoyliklar to‘g‘ridan-to‘g‘ri rubl bilan hisoblashadi. Bu tovar ayirboshlash hajmining o‘sishiga bilvosita ta’sir ko‘rsatadi.

Valyutalarda amalga oshiriladigan ayirboshlash hajmi va operatsiyalar boshlanish muddati unga bo‘lgan talabga bog‘liq bo‘lib, hozircha Rossiya Markaziy banki bu haqda ma’lumot bermayapti.

Nashrda bitimning xalqaro moliyaviy barqarorlikni ta’minlash omili hamda inqirozli vaziyatlarda pul likvidligini jalb etish imkoniyatiga aylanishi qayd etildi.

Rossiya Hududiy banklar assotsiatsiyasi prezidenti o‘rinbosari Oleg Ivanovning aytishicha, mazkur kelishuvga erishish va uni tayyorlash bir necha oy davom etgan. Bu bitim tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda milliy valyutalar bilan hisob-kitob qilishni rag‘batlantiradi.

“Milliy valyutalar emitentlari (qimmatli qog‘oz yoki qog‘oz pul chiqarish huquqiga ega bank) bo‘lgan ikki davlatning markaziy banklari rublni yuanga va aksincha ayirboshlash borasida bitim tuzishga tayyor” — deydi bank xodimi.

Ma’lumot uchun, hozirda Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi savdo operatsiyalarining 75 foizi AQSh dollarida amalga oshirilishi AQShga daromad manbasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Manba: rg.ru, Daryo.uz

09.08.2014

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *