Хитойликларнинг катта қисми порахўрлик учун ўлим жазосига маҳкум қилишни маъқуллаши маълум бўлди

18
Foto: AP

Xitoyda o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovlar natijalariga ko‘ra, mamlakat aholisining katta qismi korrupsiya uchun o‘lim jazosi berilishini qo‘llab-quvvatlashi ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda “RIA Novosti”.

So‘ralgan 2105 nafar kishining 73,02 foizi poraxo‘rlar va davlat xazinasini o‘maruvchilarga oliy jazoni berishda davom ettirish kerak, deb hisoblaydi. So‘rov iqtisodiy turdagi bir nechta jinoyatlardan o‘lim jazosi olib tashlanganidan keyin o‘tkazilgan.

Avvalroq, Xitoy jinoyat kodeksining korrupsiya bilan bog‘liq ba’zi moddalari qayta ko‘rib chiqilgan edi. Jumladan, 10 ta jinoyat uchun o‘lim jazosi olib tashlanib, yana 13 ta moddadagi jazolar yengillashtirilgan.

Manba: Ria.ru Daryo.uz

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *