Nimadir.uz haqida Nimadir

   Assalomu Alaykum! Meni (Nuqta) Uz domenidan sayt yoki blog ochish niyatim avvaldan bor edi. Lekin imkonyat va hafsala bo’lmagani sabab, har safar orqaga surib kelaverdim.  blogspot.com’da ochilgan blogim esa Xitoyda bloklangan saytlar tarmog’iga kirarkan. Shu sabab unga har safar yo’lini qilib kirganimda, asablarimga rahmim kelardi. Sabr kosamni chelakka almashtirsam ham foydasi bo’lmadi. Chunki ayni paytda O’zbekistonda o’tkazilayotgan bloggerlar chempionatida qatnashayotganim uchun har bir bosqichda yangi post topshirishim kerak edi. Oxirgi postlarimdan birini joylashtirishim uchun esa deyarli bir kun vaqtim ketdi. Shunda blogimni (nuqta) uz’ga o’tkazishga qat’iy qaror qildim. Bu chempionatni menga bergan eng katta foydasi ham aynan shu qarorim bo’lsa, ajab emas.

   Xullas, sayt uchun nom tanlash eng katta muammoga aylandi. (shunaqa narsalar tanlovida doim qiynalaman) Baxtga qarshi Sherzod.uz ham Sherzodbek.uz ham band ekan. Shunda ijtimoiy tarmoqlarda taklif so’radim. Takliflar bir biridan qiziqarli bo’ldi. Shizi.uz, Sherzodabc.uz, Sherhan.uz, hatto Arslon.uz :) va bulardan menga sal yoqqani Sherkopolo.uz va boshqalar. Lekin bularni hech biri ko’nglimdagidek bo’lmadi. Shunda twitterda bir tanishimdan yangi sayt uchun domen’ga yaxshiroq nom aytvoring deb «DM» yozdim. U sal tushunmaganini aytgandi unga tushuntirish uchun Sherzodabc.blogspot.com’ni nimadir.uz qilishim kerak deb yozdim. Va shundagina tayyor domenni topganimni tushunib yetdim. :) Nimadir.uz shu tariqa dunyoga keldi. Shu joyiga qachonlardir o’qiganim bir ma’lumot esimga tushib ketdi. Butun dunyo bo’yicha aksaryat odamlar intrnet yoki boshqa xavsizlik talab qiladigan joylarda parol(Password) so’ralganda nima yozishni rosa o’ylarkanu lekin ko’p hollarda nima yozishni o’ylab topa olmagandan aynan PASSWORD deb yozib parol qo’yarkan :)

Albatta Nimadir.uz nomini har kim har xil tushunishi mumkin. Lekin bu nom meni tabiatimga mos keladi. Internetga kirgan paytlarimda nimadir yozgim kelib qolsa, aynan nimadir.uz’ga yozaman endi :)  Yoki kayfiatimga qarab xohlagan ma’lumot, yangilik, o’qigan kitoblarim, inteliktual savol javoblar yoxud boshqa niamdir topsam barchasini shu yerda ulashish niyatlarim bor. Internet jurnalistikasi sohasida ko’p ishlar qilaman deb orzu qilaman. Bu katta-katta orzularni nimadandir boshlash kerak edi. Men ham shunaqa qila qoldim. Nimadir.uz saytini ochdim va ishlatishni boshladim. Men faqat bir narsadan — vaqti kelib internetga nimadir qidirib kirganizda shu saytdan topsangiz va buni sizga zarracha foydasi tegsa albatta xursand bo’laman.

Demak boshladik…

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *