Men Jinniman! :)

5201314

Men Jinniman! :)

(Nomi blog yozib bo’lgandan keyin qo’yildi)

 Nihoyat, 15 minutlar nari-beri asabbuzarlikdan so’ng, blogim ochildi. (sherzodabc.blogspot.com nazarda tutilgan edi) Bu yerda shu ham problema. Endi nimadir yozish kerak. Kecha birinchilar haqida yozudim. Bugun shuni davom ettirsammikan yoki ikkinchilar haqida yozsammikan? :) Raqamlardan boshqa mavzu qurib qolibdimi deydigan odam yo’q. Nima ham derdim hamma topganini yozadi. Bugun 2014 yilning 8-yanvari. Hayron qolmang. Shunchaki kalendarga qaradim. Nimadir boshlamoqchi bo’lsam, yoki shunday boshlay olmasam, shunaqa qilaman. Raqamlarga qarayman. Bugun esa yangi yil kelganiga bir hafta bo’libdi. Aniqrog’i 8 kun. Mavzu topilmay turgan bir paytda balkim shu ham mavzu bo’lar? Ehtimol shundan ham biror nima chiqar? Demak bugun ham yana raqamlar haqida… :) Shu yergacha erinmay o’qiganlarga raxmat. Bu yog’iga ham sabr tilayman.

     Meni  yozishga undagan narsa 2014 va 8. Ko’pchilik biladi Xitoyda 4 yomon 8 yaxshi raqam deb qaraladi. O’rni kelganda aytib qo’yay Ozod akaning aytishiga qaraganda Xitoyliklar bizdan ham battaroq irimchi xalq. Nega endi 4 yomon? 8 yaxshi? Buni ham o’ziga yarasha tarixchasi, tasnifi bor. 4 raqami xitoychada  ieroglifi bilan yoziladi. O’qilishi esa Si 4-to’nda o’qiladi. Lekin xitoychada  Ieroglifi ham bor. Uni o’qilishi ham Si faqat u 3-to’nda o’qiladi va aytilishi bir biriga rosa o’xshab ketadi. Lekin  Ieroglifini tarjimasi o’lim degani. O’lim.!…Aynan shuning uchun ham bu raqamni yomon ko’radi xitoyliklar. P/s: raqamda nima gunoh?

     Aytgancha Sport musobaqalarida va zakovat festevalida ham 4-raqamni yomon ko’rishadi. 4-o’rinni olgandan ko’ra oxirgi o’rinni olgan yaxshiroq degan gap bor. Ha ishoning 4-o’rin juda alamli bo’ladi. Buni bir marta boshimdan o’tkazganman 2012-yil!
Endi 8 haqida. Bu ham xitoycha mantiqqa asoslanadi. Nima emush 8 baxt keltirarkan. Nega shunaqa? Yana ierogliflarga qaytamiz. 8 xitoychada  o’qilishi ba 1-to’nda. Lekin Xitoyning har hil joylarida shevalar har hil. Ko’plari adabiy tilda gapirmasa bir birini umuman tushunmaydi. Xitoyliklarni aytishiga qaraganda «ba-ba-ba» deyilsa «fa-fa-fa» deb eshtilarmush. (Lekin men hech unaqa eshitmadim) O’sha fa-fa-fa esa xitoychadagi “Facai» 发财Ieroglifiidagi «Fa»  ga o’xshab aytilarkan. 发财«Facai»ni tarjimasi esa boylik, boy bo’lmoq degani. Huddi shu mantiqdan kelib chiqib ular 518 raqamini ham yoqtiradi. Bu raqamni o’qilishi xitoychada 我要发 (wo yao fa) ga o’xshab ketadi 我要发 tarjimasi esa«Menga boylik kerak»degani. Mana xitoycha mantiq qayerda? :) Hamma boy bo’lishni hoxlaydi. Boylik hammaga ham kerak.Shuning uchun ham Xitoyda hamma 8 raqamiga tikadi. Hamma omadni 8 bilan bog’laydi. Pekin Olimpiadasini ochilishini 2008 yil 8 oy 8- kuni 8 dan 8 minut 8 sekundigacha to’g’irlab ochilganligini hamma biladi. Yana o’sha Ozod akani aytishiga qaraganda bu an’ana Xitoyning g’arbiy hududlarida paydo bo’lgan bo’lib «Facai» degan o’simlik bo’lgan, va undan taom tayorlashgan. Xitoylarni boyagi mantig’idan kelib chiqib odamlar o’rtasida butun Xitoy bo’ylab shu taomni yeyish avj olib ketgan. Shu sababli hatto boyagi «Facai» degan o’simlik yo’qolib ketish darajasiga kelib qolgan ekan! Shunaqa jinni bu xitoyliklar! :)

     Joyi kelganda aytay men irim-sirimlarga ishonmayman. Lekin shu raqamlar bilan bog’liq bo’lsa, o’ylab ko’rishga to’g’ri keladi. Chetlab o’ta olmayman :) Chunki menda 38-11 bor :) Bu raqam bilan bog’liq ko’p tasodiflar uchraydi. E’tibor qilganlarimni yozaman. Birinchi telefon no’mer olganimni eslayman. 504-38-11 O’shanda 2004-2005 yillar raqam tanlashda shu raqamni tanlaganman. Chunki o’sha paytda litseyda 38-guruhda o’qirdim. Bu menga yoqardi. 11 esa tug’ulgan kunim edi. Keyin e’tibor qilganman tug’ulgan Jizzax viloyatidagi Dashtobod shahrini xalqaro kodi ham 38 ekan. Hatto o’sha paytda dadamni mashinalarini raqami ham 338 edi. Keyin qanday tel no’mer olgan bo’lsam hammasida shu 38-11 bor. Bu men uchun«kurutoy» raqamga aylangan :) Birinchi marotaba Toshkentga kelib kvartira almashtirganimda (Chorsuga ko’chgandim o’shanda @_Zahiriddin bilan birga turganmiz) o’zim borib ko’rmaganman. Lekin kechasi ko’chib borayotib uy raqamini qarasam 38-ekan. :) Xullas sanayversam bular anchagina.      Yaqinda Xitoyga o’qishga kelganimda yotoqxonaning 11-qavatidan xona oldim. Hammasi yaxshikuya faqat xonamning raqami 1139 da. Manashu yomon :) O’shandan buyon kvartirada turaman :)

     Aytgancha 3+8=11 bo’ladi  :)

     Darvoqe menga Xitoylarni boya aytganim, so’zlarni raqamlar bilan ifodalashi juda yoqadi. Bunaqa misollar tiqilib yotibdi. Lekin baribir ham eng zo’ri bu sevgini raqamlari! :) Sevgini ular oddiygina 5201314 deb qo’ya qoladi. Zo’ra? Tarjimasi undan ham zo’r! Yuqoridagiga o’xshab maydalashib o’tirmasdan aytib qo’ya qolaman. Mantiq o’sha o’sha. Hamma gap talafuzda! 5201314 ni aytilishiga ko’ra «我爱你一生一世  Tarjimasi: «Mening hayotimda U hayot, o’lmagan. Men seni sevaman» degani. Yoki boshqacharoq aytsak: «Bir  tug’ulish, bir dunyo va bir sevgi» deb tushunish mumkin P/s: tarjimada g’alistlik bo’lsa Ozod aka meni kechirgusi albatta! :)

 5201314

Shuncha gapni nega va nima uchun yozganimni o’zim ham tushunmay o’tirib, ko’zim beihtiyor o’tirgan kompyuterim raqamiga tushdi. 99-raqam. Ko’rdimu o’zimni kulgudan to’xtata olmadim. Mazza qilib kuldim :) Chunki bu yerda talabalar o’rtasida eng mashhur hazl: 你是99?( Ni shi 99 ma?) Meni Mangoliyalik do’stim juda ko’p ishlatardi 😉  99 raqamini jinni degan ma’nosi ham bor ekan. 你是99 吗?(Ni shi jiu jiu ma?)Tarjimasi: Sen jinnimisan? Men endi tushundim. 我是99!MEN JINNIMAN! :)

One thought on “Men Jinniman! :)

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *