Hindistonning Haydarobod shahrida yashovchi Muhammad Xurshid Husayn burun bilan matn terish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi, deb xabar bermoqda The Daily Mirror.

Ginnesning rekordlar kitobi vakillari guvohligida 23 yoshli yigit 103 so‘zdan iborat gapni 47,44 sekundda terishga muvaffaq bo‘ldi. Muhammad Xurshid Husayn tergan gap “Ginnesning rekordlar kitobi buni eng qisqa vaqt ichida terishim uchun meni tanladi” jumlasidan boshlangan.

Matn terish vaqtida klaviaturani yaxshiroq ko‘rish uchun u 1 ko‘zini yopib oldi. Bundan tashqari uning qo‘llari orqaga bog‘langan edi. Rekord o‘rnatishga tayyorlanish uchun yigit so‘nggi uch yil mobaynida kuniga 6 soatgacha shug‘ullanib turgan. Muhammad Xurshid Husayn 2012-yilda ingliz alifbosidagi barcha harflarni 3,43 sekund ichida terib rekord qo‘ygani qayd etilgan.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *