Bu qiziq, Dunyo ajoyibotlari

“Titanik”ning yana bir siri

NIMADIR.UZ: — Afsonaviy “Titanik” kemasi xali-hamon insonlar hayratiga sazovor bo‘lmoqda. Kemaning uzoq yillar o‘tishiga qaramay doimo qaysidir ochilmagan sirlariga guvoh bo‘lamiz. “Titanik” nafaqat XX asr boshlaridagi ulkan halokat balki, inglizlar uchun ham eng katta yo‘qotish bo‘ldi. Ayanchli hodisadan so‘ng ham “Titanik”ning halokatli voqeasi, uning yirik va zamonaviyligi, kema dizayni, xonalarning bezatilish, ro‘yxatga olish ishlari juda ko‘p bor tilga olindi. Bir so‘z bilan aytganda, ulkan layner 1912 yilning eng muhim va hamma uchun qiziqarli mavzusiga aylangan edi. Ayniqsa, kemaning birinchi klassi (kema kayutalarining qulaylik darajasiga ko‘ra turlari)dan tortib, toki uchinchi klassigacha qilingan dizaynerlik ishlari mohirona bajarilgan edi. Bu tarixda ilk bora ichki bezaklar, jihozlash ishlariga mas’uliyat va alohida e’tibor bilan yondoshish edi. Kemaning har bir burchagi alohida chizmalar bilan rejalashtirilgan va eng qimmat xomashyolardan tayyorlangan edi.

Bu borada tekshiruvlar o‘tkazilib, XIX asrda odamlar dizayn haqida qanday tasavvurga ega bo‘lganliklari va “Titanik”da safarga otlangan yo‘lovchilar uchun tayyorlangan hashamatli xonalarning bahosi va qiymati aniqlandi. 1912 yilda alohida ahamiyat kasb etgan yuqori klassli xonalar necha pul bo‘lgan va uning hozirgi kundagi qiymati qancha?

d820f9006ac93600574ce46b63d9cf32

Birinchi klass, lyuks xona V60

1912 yildagi xona narxi: 870 yevro/4,350 dollar

Bugungi kundagi qiymati:100,000 dollar

“Titanik”da bu kabi lyuks xonalar deyarli barcha klasslarda mavjud bo‘lgan va ular turli dizaynda jihozlangan. Ular orasida viktorina uslubidan tortib zamonaviy ko‘rinishlargacha bezatilgan. Hamma xonalar elektr jihozlari bilan ta’minlangan, telefon, isitgich va sovutgich qurilmalari, kema layneri xodimlari bilan aloqa tizimi kabi qulayliklarning barchasi yaratilgan. Birinchi klass xonalari bir necha qismdan iborat bo‘lgan va unda bolalar xonasi, yotoqxona va hattoki xizmatkorlar uchun ham alohida xonalar bo‘lgan. Xonalarda bundan tashqari Misr va Xitoy imperatorlari yashagan davrlarni eslatuvchi, o‘sha zamon hammomlari yuqori uslubda qurilgan. Bu esa quruqlikdagi mehmonxonalardan farqli ravishda dengiz flotidagi misli ko‘rilmagan imkoniyat edi.

db0b3b31b5c27d100eddd55d6c1127f1

Birinchi klass, lyuks xona V64

1912 yildagi xona narxi: 870 yevro/4,350 dollar

Bugungi kundagi qiymati:100,000 dollar

“Titanik”ning birinchi klassi o‘z bag‘riga 735 nafar yo‘lovchilarni sig‘dirolish imkoniyatiga ega edi. Yo‘lovchilar esa bir xonali lyuks joy yoki hashamatli uch xonali nomerlarni tanlashlari mumkin bo‘lgan. Bu xonalarning eng arzoni bir kishilik lyuks xonalar bo‘lib, xona ikki qismdan iborat bo‘lgan, qo‘shimcha joy xizmatkorlar uchun mo‘ljallangan.

Kema suv to‘lqinlarida chayqalishi kamroq sezilishi uchun birinchi klass lyuks xonalari kemaning o‘rta qismida joylashtirilgan. Birinchi klass yo‘lovchilariga noqulayliklar tug‘dirmaslik, dengiz tovushi va to‘lqin chayqalishini sezdirmaslik maqsadida bu fikr kema qurilishidan oldin rejaga kiritilgan. Bundan tashqari “Titanik” kemasining birinchi klassdagi o‘rtacha qulaylikdagi xonalar sharoitiga qarab turli narx qiymatlarida belgilangan. Ular orasidagi “fransuz arxitekturasi” va chippendeyl kabi klassik uslubda jihozlangan V59 eng arzon xona bo‘lgan.

02abd4fa2319dfbf9ff5530da00e296d

Birinchi klass, lyuks xona V57

1912 yildagi xona narxi:30 yevro/150 dollar

Bugungi kundagi qiymati:3,500 dollar

“Titanik”ning hashamatli, qimmat va eksklyuziv xonalari shunchalar dabdabali bo‘lganki, hatto boy tabaqali yo‘lovchilar ham bunday xonalarni band qilolmagan. Shu sababli kemada barcha qulayliklarga ega alohida yotoqxona ham qurilgan va bu butun xonani ijara olingan narxidan ko‘ra ancha arzonroq bo‘lgan.

Ushbu klass xonalarini band qilgan badavlat yo‘lovchilar orasida millionerlardan Jon Jeykob Astora va Benjamen Guttenxaymlarning ham ro‘yxatda borligidan shuni anglash mumkinki, ba’zi boy yo‘lovchilar uchun bu kabi xonalar qimmatlik qilgan. Shu sababli yo‘lovchilar uchun yana ancha arzonroq narxdagi V38 raqamli xonalar taklif etilgan.

74c931248c227586aba0c7cd1f0788db

Ikkinchi klass, ikki o‘rinli xona

1912 yildagi xona narxi: 12 yevro/60 dollar

Bugungi kundagi qiymati:1,375 dollar

Ikkinchi klass xonalarining deyarli ko‘pchiligi ikki qavatli osma karavotli bo‘lgan va bir kishilik xonalar xam maxsus narxlarda taklif etilgan. “Titanik” kemasidagi har bir bilet xona uchun zarur narsalar, choyshab, kema xodimlari xizmati, tozalik va yuvinish anjomlari kabi qo‘shimcha buyumlarni o‘z ichiga olgan.

1b68088bb7d8bf9e99d3dfccf7790394

Uchinchi klass, to‘rt o‘rinli xona

1912 yildagi xona narxi: 3 yevro/15 dollar, 8 yevro/40 dollar

Bugungi kundagi qiymati:350 dollar/900 dollar

“Titanik”ning uchinchi klassi jami 84 ta kayutadan iborat bo‘lib, uning ko‘p xonalarida bir–biriga qaragan ikkita 2 qavatli osma karovot joylashtirilgan. O‘rta qismida esa, ko‘rib turganingizdek yuvinish uchun toza suv va yuvinish anjomlari uchun alohida joy ajratilgan.

Uchinchi klass xonalari ham alohida issiqlik va elektr quvvati bilan ta’minlangan. Ammo bir necha kayutalar uchun hammom, hojatxona va tamaddixona bitta bo‘lgan.

Manba: kun.uz

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *