Bu qiziq, Foydali

Kichik o‘zgarishdan katta zavq olamiz

NIMADIR.UZ: Charchoq… Asab buzarlik va ko‘ngilsizliklar… Ishdan toliqib, dam olishning ayni vaqti. Ammo uzoq sayohatga chiqishning imkoni yo‘q.

Tashvishlanishga hojat yo‘q, maroqli hordiq chiqarib, kayfiyatni ko‘tarishning ilojini topsa bo‘ladi. Buning uchun Everest cho‘qqisini zabt etish yoki Afrika va Osiyo bo‘ylab sayohat qilish shart emas, shunchaki siz uchun qadrli va o‘zingizni hotirjam his etadigan eng yaqin joyda ham kichik sayohat o‘tkazib, undan katta taassurot olishning imkoni bor. Bundan tashqari zerikish va bir xillikdan qutulish uchun bir necha ishlarni amalga oshirish mumkin. Bu bilan siz hayotingizda yangi sahifa ochgandek, qiziqarli sarguzashtlarni boshdan kechirgandek bo‘lasiz, qarabsizki, hammasi o‘z o‘rniga tushadi… Bu borada sizga bir necha tavsiyalar berishni ixtiyor etdik.

Kechki sayr

2a56afeaad09bf6b91804a3cced35254

Bugundanoq tungi oy yorug‘ida o‘zingiz uchun sevimli bo‘lgan maskan bo‘ylab sayr qilishni boshlang. Keyin asta-asta shahar bo‘ylab biroz uzoqroq joyga dam oling. Agar bu biror muhim ishingizni rejalashtirishingizga halaqit bersa, bundan havotirlanmang. Zero siz mazmunli dam olib, yangi ishlarni bajarish uchun o‘zingizda kuch yig‘ib olgan bo‘lasiz va bu sayohatni doimo yuzingizda kulgu bilan eslab yurasiz…

Tanaffus e’lon qiling

e221cf7794b77a4106655ea1729a2ba2

Oramizda ko‘pchilikning melanxoliklar toifasiga kirishi va tez tushkunlikka tushishiga sabab ularning hayoti hamisha bir xillikdan iborat ekanligidandir. Tushkun kayfiyat va g‘amginlikni yengish uchun o‘zingizga ozgina tanaffus qiling.

Agar kinoteatrda tomosha qilayotgan filmingiz zerikarli tuyulsa, suhbatdoshingiz mijg‘ov yoki indamas bo‘lsa, arzimagan voqealar ham asabingizga tegsa, darhol bu holatdan chiqib ketishga harakat qiling, zerikishni unuting. Ishda va uyda bo‘ladigan barcha voqea-hodisalarga xotirjam munosabat bildiring, qiyinchilik talab etadigan ishlardan aslo qochmang, eng muhimi o‘zingizni zeriktirib qo‘ymang.

Tavakkal qilishdan cho‘chimang

0d12e7ee31060027bbc5746f3cc4f50c

Ba’zida insonlar xavfli, natijasi aniq bo‘lmagan ishlar va voqealardan o‘zlarini olib qochadilar. Xatardan yiroq yuradilar. Bu qaysidir jihatdan to‘g‘ri, ammo bunday insonlar bora–bora kutilmagan vaziyatdan qo‘rqadigan bo‘lib qoladilar. Bu esa mazmunsiz, bir xil hayot kechirishga olib keladi.

Shu sababli hamma narsaga oldindan taraddud ko‘rmang, ayrim ishlarni bajarishga so‘nggi daqiqalarda qaror qiling. Ba’zan-ba’zan bajaradigan ishlaringizni umuman rejalashtirmang, belgilangan tartib qoidalardan voz keching…

Ekstrim

60d09bc33b0fc187514b653bc3678ad2

Bugungi kunda zamonaviy ko‘ngilochar joylar talaygina. Unda insonlar o‘zlarini xatarga ham qo‘yadi, shuning barobarida uning o‘zgacha zavqi ham bor. Shunday ekan, ekstrimal holatlardan yiroqlashmang. Tavakkal qiling. Suvdan qo‘rqsangiz, suzishga boring, balandlikdan cho‘chisangiz, parashyutdan sakrang. O‘shanda o‘y–fikrlaringizni bajarishdan boshqa ilojingiz qolmaydi.

O‘zingiz uchun tarix yarating

94fdcd51202a31b25d294c2805a34ed9

Juda ko‘p inson o‘zining hayoti, bolalik va o‘quvchilik davridagi xotiralarini tez-tez gapirib turadi. Shirin xotiralarni yodga olishadi. Bu o‘tgan kunlar ular uchun juda qadrli… Buni ularning suhbat chog‘ida qanchalik to‘lqinlanib, o‘zgacha mehr bilan so‘zlagan so‘zlari va nigohlaridagi quvonchdan bilish mumkin. Maslahatimiz ana shunday insonlardan o‘rnak oling, siz ham eng yaxshi xotiralarni yodga oling, unutmang, kichik bir voqeadan ham katta bir asar yaratsa bo‘ladi. Shunday ekan o‘zingiz uchun tarix yarating va uni atrofdagilarga, eng yaqin do‘stlaringizga so‘zlab bering…

“Ha” deyishni o‘rganing

db602ae2010e629a8c3f3ddd9e7bc62f

Tartibli va aniq belgilangan hayot tarzidan voz keching, yangilik yaratishdan aslo qo‘rqmang. Hayotingizning har bir jabhasiga yangilik kiriting. Yangilik va o‘zgarishlardan qochmang. Albatta, har bir narsaga aql bilan yondashing. Buni hoziroq umuman tatib ko‘rmagan ovqatingizni tanovul qilib ko‘rishdan boshlang.

Manba: kun.uz

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *