Bu qiziq, Dunyo ajoyibotlari

Janubiy Koreyaning biz bilmagan qirralari

NIMADIR.UZ: Butun dunyo uning qo‘shnisidan xavfsirab turganda, Janubiy Koreya hammani hayron qoldirib kelmoqda. Koreya yapon bosqini, sovetlar aralashuvi, Shimoliy Koreya bosimi ostidan o‘tib, dunyo savdo iqtisodida eng rivojlangan davlatlar orasida 12-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Bu yerda biz har kuni ishlatiladigan LG televizori, “Hyundai” avtomobili va “Samsung” telefonlari ishlab chiqariladi. Aslida bu davlat yana ham ko‘prog‘iga qodir.

1. Jinoyatchilikka qarshi qo‘llanma

1koreanfacts

Qo‘llanmada jinoyatchini ko‘pchilikning oldida sharmanda qilish ko‘zda tutilgan. Bunda jinoyatchi bog‘langan holatda jinoyat sodir bo‘lgan joyga olib kelinib, hammaning oldida shu jinoyatni sodir etish, ya’ni to‘liq ko‘rsatib berishga majbur etiladi. Va bu OAV tomonidan namoyish etib boriladi.

2. Fastfud yetkazish

2koreanfacts

Janubiy Koreyada yashayotganlar ovqatlanish uchun uylaridan tashqariga chiqmasalar ham bo‘ladi. Bu yerdagi istalgan restoran bir zumda yegulik yetkazib berishadi. Ovqatlanib bo‘lib, iflos idishlarni eshik ostiga qo‘yib qo‘yish kifoya. Ovqat olib kelgan yigit, birozdan so‘ng kelib idishlarni olib ketadi.

3. Erkaklar makiyaji

3koreanfacts

Janubiy Koreya erkaklari kosmetikani sevishadi. Bu yerdagi kuchli jins vakillari makiyaj uchun bir yilda 900 mln dollar pul sarflashadi. Ularni, asosan, tarkibli kremlar, yuvinish vositalari, qarishga qarshi kremlar va qo‘l uchun maxsus kremlar qiziqtiradi.

4. “Boryeong Mud” balchiq festival

4koreanfacts

1998 yilning boshlaridan bu festivalga millionlab odamlar oqib kela boshladi. Uni yoshlikni eslatadigan hushchaqchaq 10 kunlik, deb atash ham mumkin. Balchiqda o‘ynaganimiz uchun onalar o‘z bolalarini qancha urishishadi. Bu yerda esa bemalol balchiqqa belanish mumkin.

5. Janubiy Koreya robotlari.

5koreanfacts

Robotlar endi fantastika emas! Ular 2010 yilda avtomat yordamchilar sifatida “R-Learning” dasturi ostida Janubiy Koreya maktablariga kirib bordilar. Bundan tashqari robot-it bolalarga raqsga tushishni va gimnastikani o‘rgatadi. “iRobi” esa sinfda kimlar borligi va bolalar nima bilan band ekanini kuzatib boradi.

6. Romantik bayramlar

6koreanfacts

“Valentin kuni” butun dunyoda mashhur. Ammo Janubiy Koreyada unga alohida e’tibor berishadi. Bu yerda bu kun erkaklar bayrami sifatida nishonladi. Ayollar o‘z muhabbatlarini namoyish etish maqsadida erkaklarga har xil shokoladlar va sovg‘alar in’om etishadi. 14 mart esa bu yerda “Oq kun” deb ataladi va ayollar bayrami hisoblanadi.

7. Yosh

7koreanfacts

Janubiy Koreya chegarasini kesib o‘tganingizdan so‘ng siz bir yoshga kattarasiz. Chunki bu yerda tug‘ilgan bolaga birdan bir yosh berishadi.

8. Yer yuzidagi eng katta cherkov

8koreanfacts

“Yoido Full Gospel Church” cherkovi eng katta bo‘lmasa ham bu yerga keladigan odamlar soni bilan mashhur. 2013 yilning hisob-kitobiga qaraganda, Seulda joylashgan bu cherkovga 1 mln. nafar odam kelgan. Har yakshanba bu yerga ibodat uchun 200 mingga yaqin odam keladi. Yana bir necha yuz ming odam ibodatni tomosha qiladi.

9. Beysbol siyosiy qurol sifatida yordam berdi

9koreanfacts

XX asrda boshlarida xristian missionerlari tomonidan olib kelingan beysbol Janubiy Koreyada juda mashhur o‘yinga aylandi. “yagu” va Amerika klassik beysboli o‘rtasida ayrim farqlar bor. Bu o‘yinning qora tomoni shundaki, yetmishinchi yillarda davlat tepasiga kelgan diktator Chon Du Xvan bu o‘yindan o‘z siyosiy ishlaridan foydalangan. U kuchga to‘lib turgan Koreya yoshlarini o‘z tuzumidan norozi bo‘lib, har xil miting va namoyishlarga chiqmasliklari uchun beysbolni ommalashtirishga, bu bilan Koreya yoshlari bu o‘yinni terga tushib o‘ynashga va kuchlarini shunga sarf qilishga qaratdi.

10. Qon guruhi

10koreanfacts

Janubiy Koreyada qon juda katta ahmiyat kasb etadi. U nafaqat sizning organizmingizni kislorod bilan ta’minlaydi balki kelib chiqishingizni ham aniqlaydi. Bu narsada xalq o‘rtasida shunchalik ishonch hosil bo‘lganki, u hatto uylanish va turmush qurishga ham ta’sir o‘tkazadi.

Manba: kun.uz

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *