Bu qiziq, Foydali

Xurrakdan qutulish uchun 10 daqiqa yetarli

Siz xurrakning kelib chiqishi sababini bilasizmi? U til tomirlarining shishishi natijasida yuzaga keladi. Bunga esa jigarning zo‘riqib ishlashi sababdir. Jigarning meyoriy faoliyatini tiklab xurrakdan qutulish mumkin. Birov jigar bilan keyinroq shug‘ullanamiz, hozir esa xurrakdan tezlik bilan qutulish yo‘lini o‘rganamiz.

Tilni (eng chuqur o‘rinlarini) uqalash bu muammoning oddiy yechimidir. Shuningdek, uni logopedik massaj ham deyishadi. Bu xurrakdan xalos etuvchi muolajani steril qo‘lqoplar yordamida, qo‘lni yaxshilab yuvgan holda bajarish zarur bo‘ladi.

Nima qilish kerak?

Og‘izni oching.

Tilingizni asta chiqaring.

Massajni shifokor yog‘och cho‘pi yordamida amalga oshirayotganiday ko‘rsatkich barmog‘ingiz bilan bajaring.

Barmog‘ingizni og‘zingizga til ildizigacha soling. Ya’ni, og‘iz to‘ridan til boshlanuvchi o‘ringacha yetkazib, aylanali massaj qiluvchi harakatlar bilan tilni bosing.

Qarama-qarshi tarafida ham mana shunday harakatni amalga oshirsangiz bo‘ladi.

Bu prinsip juda oddiy. Til ildizi shishini massaj qilayotganingizda biroz og‘riq paydo bo‘ladi. Yengil og‘riq holati massajni to‘g‘ri amalga oshirayotganingizni bildiradi. Shunchaki massajni og‘riq o‘tib ketgunicha bo‘lgan holatda davom ettirish kerak. Takrorlaganda esa og‘riq o‘tib ketgan bo‘ladi.

Endi dadillik bilan uxlashga yotsangiz bo‘ladi. Xurrak yaqinlaringizning g‘ashiga tegmaydi.

Diqqat! Agar siz hozirning o‘zida og‘zingizga bamog‘ingizni solishga ulgurgan va qayt qilgingiz kelganiday o‘ng‘aysizlik holatini sezayotgan bo‘lsangiz, vahimaga tushmang. Quyida bu masalaning ham yechimini keltirganmiz:

Tavsiya:

1. Tish cho‘tkasini oling va uni og‘zingizga soling. Uchidan ildizigacha olib boring. Mana shu holatda “og‘iz refleksi” ayni qaysi o‘rinda yuz berayotganini aniqlang.

2. Tish cho‘tkasi bilan bilan zarur o‘rinni massaj qiling. Biroq chuqur harakat qilmang. Massajni kechki tish tozalash vaqtingizda ham amalga oshirishingiz mumkin. Buning uchun 10 soniya yetarli. Bu juda yoqimsiz, shu bilan birga, zarur holatdir. Bu ta’sirchanlikni kamaytirishga yordam beradi.

3. Og‘iz refleksi kamayib borishi bilan massaj vaqtini uzaytirgan holda mashqni davom ettiring.

4. Tish cho‘tkasi harakatlanuvchi o‘rinlarni ko‘paytirib boring. Qayt qilgingiz kelish holati yo‘qolishi bilan harakatni yanada chuqurroq amalga oshiring. Mana shu hududda ishlash asosiy vazifangiz. Refleksni kamaytirishning bosqichma-bosqich yo‘li massajni yarim santimetrdan surib borishdir.

5. Bu bosqichdan o‘tgandan keyin 0,5-1 santimetr chuqurlashish kerak. Agar siz tishingizni tozalash, shifokor huzurida shpatel yordamida tomog‘ingizni tekshirishgagani, xapdori xo‘plaganda refleksni his qilmasangiz, demak siz vazifani uddaladingiz.

6. Og‘iz refleksini yo‘qotish uchun oylab vaqt ketishi mumkin. Shuning uchun mashg‘ulotni bir marta muvaffaqiyatsiz tugashi bilan to‘xtatib qo‘ymang.

7. Og‘iz refleksini yengandan keyin massaj kursini amalga oshirishingiz mumkin.

Manba: Xabardor

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *