Bu qiziq, Dunyo ajoyibotlari, Foto reportaj, No Comment

Sayohatdan tirik qaytishga kafolat yo‘q. Oxirigacha o‘qing…

Sayohat bu ko‘ngil ochish, kayfiyatni ko‘tarishdir. Biroq u o‘lim bilan yakuniga yetishi mumkin bo‘lsa, qismatga aylanadi. Bugun taqdir lutfi bilangina xayrli yakunlanuvchi sayohat o‘rinlari haqida gapirishni joiz topdik.

1. Xuashan muqaddas tog‘i, Xitoy.

Bu Xitoyga amalga oshiriluvchi eng xavfli va mashhur marshrut yo‘nalishlaridan biridir. Xuanshan tog‘iga chiqish boshidan oxirigacha ulkan asabiy bosim ostida amalga oshiriladi. Vertikal zinalar, chayqalib turgan yog‘ochli ko‘prik bu safarni rad qilishga olib keladi, deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz adashasiz. Bu yerga minglab turistlar va mahalliy aholi vakillari aynan xavf hissini tuyish uchun kelishadi.

2. Husayn osma ko‘prigi, Pokiston.

Dunyoning eng xavfli ko‘priklaridan biri yomon ahvolda bo‘lsa ham ko‘p foydalanuvchilarga ega. U Shimoliy Pokistonda joylashgan Borit ko‘li ustidan o‘tish yo‘llaridan biridir. 2011 yilda boshqa ko‘priklar qurilgan bo‘lsa-da, Husayn turistlarning orasida hali ham ommaviyligini saqlab kelmoqda.

3. Skay Tauer, Oklend, Yangi Zelandiya.

Skay Tauer – eng baland sun’iy binodir. Ekvatordan biroz pastda joylashgan. 193 metr balandlikdagi maydoncha atrofni tomosha qilishga mo‘ljallangan. Bu yerdan sakramoqchi bo‘lganlar ikkilanmay bu ishni amalga oshirishadi.

4. Troll tili, Norvegiya.

Juda o‘tkir tuyg‘ular jo‘sh uradigan maskan. Bu joy o‘n ming yillardan beri qoyalarni muzlatib turgan tabiiy sovuqxonalarga ega.

5. “Mont Blanc Box”.

3840 metr balandlikdagi bir parcha oyna ustida ko‘plab o‘tkir qoyalarni tomosha qilish mumkin. Yevropaning baland tog‘lari oyog‘ingiz ostida qolib ketadi. Vahimali ko‘rinsa-da, hech narsadan qo‘rqishga hojat yo‘q. Oynaning tuzilishi uning butunligi va darz ketmasligini ta’minlaydi.

6. Dyavola basseyni, Viktoriya sharsharasi.

108 metrli shalola Viktoriyaga borsangiz suratlardagi kabi hayotingizni xavf ostiga qo‘yarmidingiz? Ko‘plab insonlar mana shu o‘rinda suratga tushish paytida halok bo‘lishsa ham, biroq haligacha hech kim mana shu go‘zallikni his qilib ko‘rish fikridan qaytmayapti.

7. Kyeragboltendagi havodagi tosh, Norvegiya.

Gravitatsiya (tortish, odatda Yerning tortish qonuniga nisbatan ishlatiladi) tabiat qonuni. Barcha 989 metr balandlikda havoda muallaq turgan bu mashhur toshni ko‘rishni istaydi. Biroq hech kim uning qachon yerga tushishini bilmaydi. Hozircha u Rugaland hududida ikkita qoya orasida qisilib turibdi.

2-qismni o‘qish

Manba: Xabardor

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *