Bu qiziq, Foydali

O‘tkir ko‘z bo‘lishning iloji bormi?

Qirg‘iy ko‘zlar uchun— baliq

Diyetologlar haftasiga 2-3 marta baliq iste’mol qilishni maslahat berishadi. Oftalmologlar ham bu fikrni qo‘llab-quvvatlashadi. Baliqda ko‘z salomatligi uchun zarur yog‘ kislotalari va yarim to‘yingan yog‘lar mavjud. Ayniqsa, Omega-3ning mavjudligi baliqning zaruratini yana bir karra oshiradi.

Haftasiga ikki marta 300 grammdan iste’mol qilish kerak.

Chernika — charchoqda foydali

Bu rezavor meva ko‘z uchun zarur barcha darmondorilar majmuidir. U ko‘zlarni zo‘riqish va charchashdan saqlaydi. Undagi antotsianlar ko‘z mushaklari va asab tolalariga oziq moddalar yetkazuvchi kapillyarlar salomatligini saqlaydi. Bundan tashqari, chernika A va S vitaminini mujassamlashtirgan. Bu darmondorilarning antioksidantik xususiyati erkin radikallarning salbiy ta’sirini kamaytiradi.

Kuniga 1-2 qoshiq mazkur rezavorli muzqaymoq, murabbo yoki kisel iste’mol etish zarur.

Greypfrut — ko‘z gavhari qarishiga qarshi

Greypfrutda A, S va V vitaminlari guruhi, kalsiy, temir, marganes, kaliy, fosfor, foliy kislota mavjud. Eng asosiysi, bioflavonoid maxsus moddasi ko‘z gavharining qarishini sekinlashtiradi. Mevaning eng foydali qismi uning shaffof po‘sti bo‘lib, bioflavonoidlar aynan shu yerda joylashgan. Demak, mevani butunligicha po‘stini tozalamasdan tanovul etgan ma’qul.

Har kuni yoki kun oshib bitta greypfrut iste’mol qilish zarur.

Sabzi shapko‘rlikda foydali

Agar siz qorong‘uda yaxshi ko‘ra olmasangiz, yorqin rang ko‘zingizni qamashtirsa, govmichchalar paydo bo‘laversa, ko‘z shilliq pardasida muammolar bo‘lsa, bilingki, sizga A vitamini yoki renitol yetishmayapti. U to‘r pardaning meyoriy faoliyati uchun zarur. Aynan shu moddalar yorug‘likni qayta ishlab miyaga jo‘natishga yordam beradi.

Bu muammolardan qutulishning yo‘li esa har haftasiga 2-3 marta bir qoshiq smetana yoki o‘simlik yog‘i solingan 150 gramm sabzi iste’mol qilishdir.

Pista — to‘r parda uchun

Pista minerallarga, umuman olganda, inson organizmining meyoriy faoliyat yuritishi uchun zarur moddalarga boyligi bo‘yicha danakli mahsulotlar ichida birinchi o‘rinda turadi. Undan keyingi o‘rinlarni yong‘oq, bodom va boshqalar egallaydi.

Pista magniy, forfor, kaliy, biriktiruvchi to‘qima va foydali yog‘lardan tashqari lyutein va zeaksantinni saqlaydi. Ko‘pchiligimizga noma’lum bo‘lgan bu moddalar to‘qimalardagi moddalar almashinuvi buzulishi, shu bilan birga, qarishning oldini oladi. 28 gramm pista (bir hovuch) organizmni foydali antioksidantlar bilan ta’minlaydi. Bir hovuch pistada 342 mikrogramm lyutein va zeaksantin mavjud.

Har kuni bir hovuch, boshqacha aytganda, 30 gramm pista chaqish kerak.

Karam — og‘riq va ko‘z qizarishida foydali

Parhezshunoslar tavsiyasiga ko‘ra iste’mol qilinuvchi bu sabzavotni oshqozonida kislotalik muhiti yuqori bo‘lganlar ehtiyotkor bilan iste’mol qilishlari lozim. Biroq ko‘z haqida gap ketganda o‘zimizning oddiy oq yoki qizil karamning xislatlari haqida to‘lib-toshib gapirish mumkin. U S va R, V1, V2, RR. A vitaminlari, xolin moddasiga boy. S vitamini hatto sitrus mevalardan ko‘prov saqlashi haqiqat. Ismaloqdan ko‘ra karamda K vitamini ko‘proqdir. U ko‘z tomirlarining mo‘rtligini bartaraf etishga yordam beradi. Buning hisobiga ko‘z qizarishi yo‘qoladi. Qon aylanishi yaxshilanadi. Ko‘z hujayralarining tiklanishida ham karamning mehnati katta.

Haftasiga uch martadan kam bo‘lmagan holda 150 gramm karamni sho‘rva, salat shaklida yoki shunchaki o‘zini iste’mol qilish mumkin.

Manba: Xabardor

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *