Bu qiziq, Foto reportaj

“Mercedes” “BMW X6”ning raqobatchisini ishlab chiqardi

2008 yilda “BMW X6” sotuvga chiqarilganida boshqa nemis avtokompaniyalari uning ko‘rinishi bois hech kim sotib olmaydi degan fikrga kelishgandi. Biroq avtomashina barcha taxminlarni puchga chiqargan holda o‘z xaridorini topdi.

Bu holatdan xulosa chiqargan boshqa kompaniyalar “X6”ga raqobatchi avtomobil ishlab chiqarishga kirishdilar. Birinchi bo‘lib unga raqobatchi sifatida “Mercedes GLE Coupe” chiqarildi.

“Mercedes”dagilar “X6”ni uzoq vaqt davomida yaxshi o‘rganib chiqishdi. O‘lcham, mutanosiblik, shakl – bular darhol ko‘zga tashlanadi. Agarda “GLE Coupe” mato bilan o‘rab qo‘yilsa uni “X6” deb o‘ylash hech gap emas

“GLE Coupe”ning uzunligi 4900 mm, eni 2003 va balandligi 1733 mm bo‘lib, “BMW X6” o‘lchamlaridan millimetrlarga farq qiladi.

Kelasi yili “ML” “GLE”ga aylanadi, ushbu platforma asosiga qurilgan “GLE Coupe” esa sport avtomobili bo‘ladi.

Uning saloni hozirgi “ML”nikidan olingan. Farq faqat rul va “Command” ko‘ngilochar tizimida.

Avtomobil 258 ot kuchiga ega dizel motori yoki 333 va 367 ot kuchiga ega benzinli motorlar bilan jihozlanadi. Kelasi yilning yozida 525 ot kuchiga ega motor o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

Qo‘shimcha jihozlar ham xuddi “ML”dagidek. “Drive Select”, kameralar, harman/kardon tovushi va “Mercedes”ning an’anaviy jihozlari.Avtomobil salonlarda 2015 yilda paydo bo‘ladi, uning premyerasi esa yanvarga mo‘ljallangan.

Manba: Xabardor

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *