Bu qiziq, Foto reportaj, Foydali

Dunyoning eng xavfli 10 shahari

Agar siz butun dunyo bo‘ylab sayohatga chiqmoqchi bo‘lsangiz, turistlar uchun eng xavfli bo‘lgan shaharlar haqida bilib qo‘yganingiz yaxshi.

10. Barkisimeto, Venesuela

Bir milliondan oshiq aholi istiqomat etuvchi bu shaharda deyarli har kuni qotillik yuz beradi.

9. Peshovar, Pokiston

Peshovar – dunyoning eng xavfli shaharlaridan biri hisoblanadi. Doimiy terroristik qo‘poruvchiliklar yuz beruvchi shahar xorijliklar uchun xavflidir.

8. Sano, Yaman

Yaman davlatida siyosiy barqarorlik hukm surmaganligi uchun dunyoning eng xavfli hududlaridan biri hisoblanadi. Amerikalik hamkorlarning sa’y-harakatlariga qaramasdan hudud turistlar uchun tahlikali bo‘lib qolmoqda.

7. Akapulko, Meksika

Akapulko qachonlardir turistik maskan bo‘lganiga ishongingiz kelmaydi. Faqatgina eskirib ketgan dam olish o‘rinlari bo‘lmish plyajlar bundan darak beradi. Manu shu holatga sabab bo‘layotgan giyohvand moddalar bilan savdo qiluvchi jinoyatchilar Meksikaning asosiy muammosidir.

6. Tegusigalpa, Gonduras 

Bu yerda dunyo bo‘yicha sodir etiluvchi qotilliklarning yuqori ko‘rsatkichi qayd etilgan. Qolaversa, Tegusigalpada poraxo‘rlik va guruh jinoyatchiligi ham avj olgan.

5. Maseyo, Braziliya

Alagoas shtatidagi Maseyoda har yili taxminan 100 ming aholi hisobiga 135 qotillik sodir etiladi. Bu Rio-de-Janeyroning jin ko‘chalaridan ham yuqori ko‘rsatkichdir.

4. Mogadisho, Somali

Mogadisho bir qancha vaqt al-Shabaaba bosqinchilari bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lgan. Bu yer nafaqat turistlar, balki oddiy fuqarolarga ham xavf tug‘diradi.

3. Nayrobi, Keniya

Afrika – uzoq tarixiga ko‘ra ham zo‘ravonlik va urushlar o‘rnidir. Tunda faoliyat olib boruvchi o‘g‘rilar, qotillar va bosqinchilar to‘dasi turistlarga xavf soladi. Nayrobiga tashrif buyurganlar oxirgi yillarda bunday jinoyatlardan katta jabr ko‘rayapti.

2. Chixuaxua, Meksika

Chixuaxuada doimiy ravishda kokain kontrabandasi amalga oshiriladi. Narkojinoyatchilar bu yerda turistlarni ko‘rishdan hursand bo‘lishmaydi, ular ko‘chaning o‘rtasida ham otishmalar sodir yetaverishadi.

1. Kali, Kolumbiya

Lotin Amerikasi shaharlari ichidagi eng xavfli joy. Har kuni bu yerda 80 ta qotillik sodir yetiladi.

Kolumbiya hech qachon turistlar uchun yaxshi maskan bo‘lmagan va yaqin orada bunday bo‘lishiga ishonch bildirish qiyin

Manba: Xabardor

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *