Bu qiziq, Foydali

Bu davlatlarda oilalar tez buziladi

Dunyoning ko‘plab rivojlangan mamlakatlarida oilaning darz ketishi odatiy holga aylanmoqda. Ajrashishlarning sabablari ko‘p. Masalan, iqtisodiy, ma’naviy, diniy. Sabab qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, oilaga bo‘lgan munosabatning yomonligi tahlikalidir. An’anaviy oilalar soni tinimsiz kamayib bormoqda. Bundan tashqari, ro‘yxatdan o‘tmasdan yashab keyin ajrashayotgan juftliklar ham yo‘q emas. Quyida ajrashishlar soni eng yuqori bo‘lgan 10 mamlakat bilan tanishtiramiz.

10. Vengriya

Yevropa statistikasining 2010 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, Vengriya ajralish foizlariga ko‘ra dunyoda 3-o‘rinda turuvchi mamlakat bo‘lgan. Vengriyadagi 67 foiz nikoh ajralish bilan yakunlangan. Har o‘ninchi vengriyalik erkak ajrashgan va 12, 4 foiz ayollar omadsiz turmush tajribasiga ega.

9. Shvesiya

Skandinaviya mamlakatlari ajralishlar bo‘yicha doimo yuqori ko‘rsatkichni qayd etadi. Bu borada yetakchi mamlakat bo‘lgan Shvesiyada 2013 yilda rekord ko‘rsatkich qayd etilgan. 100 nikohga 25 ta ajralish to‘g‘ri kelgan. Ajrashuvchilarning ko‘pchiligi bir yildan kam vaqt birga yashagan er-xotinlardir.

Bugungi statistik ma’lumotlarga ko‘ra, bu mamlakatda nikohlarning 47 foizi ajralish bilan tugaydi. Tadqiqotchi Glenn Sandstryom buning sabablaridan biri sifatida ayollarning iqtisodiy erkinligi va ular erkaklarsiz ham oson va farovon umr kechirishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

8. Chexiya

1960 yilda Chexiyada ajrashishlar koeffitsiyenti 16 foizni tashkil etgan. 2005 yilgi ko‘rsatkich esa 50 foizga teng bo‘ldi. Bugungi vaziyat yanada achinarli bo‘lib, ko‘rsatkich 66 foizga oshib ketdi. Karlovom universiteti demografiya bo‘yicha professori Jitya Richtarikova (Jitya Rychtarikova)ning aytishicha, Ikkinchi jahon urushidan keyin ayollar yoppasiga uy bekasi bo‘lishni rad etib, erkaklar bilan yelkama-yelka ishlashga harakat qilmoqda.

7. Portugaliya

Milliy institut mutaxassislari ma’lumot berishicha, Portugaliyada ajrashishlar soni oshishi tug‘ilishning ham kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Bugun mamlakatdagi ajrashishlar koeffitsiyenti 68 foiz bo‘lib, bu ko‘rsatkichi bo‘yicha Portugaliya Yevroittifoqda 2-o‘rinda turadi. Mazkur mamlakatda har kuni 70 dan ortiq oila barbod bo‘ladi.

6. Ukraina

Ukrainada 42 foiz oila ajrashish bilan yakunlanadi. Bu yerdagi ajrashishlar Yevropa mamlakatlariday yuqori bo‘lmasa-da, misli ko‘rilmagan tez muddatda sodir bo‘ladi. Oilalarning barbod bo‘lishiga, asosan, alkogolli ichimliklar sababchidir. Iqtisodiy yetishmovchiliklar ham arzirli sabablardan biri.

Ajrashishlar hisobiga to‘liq bo‘lmagan oilalar umumiy oilalarning 20 foizini takshil etadi. Ukrainada bir bolaga 50 yevro aliment to‘lanadi. Alimentning kamligi ham ajrashishlar sonini oshirayotgan bo‘lsa, ajab emas.

5. AQSH

AQSHda ajrashishlar koeffitsenti 53 foizga teng. Bu ko‘rsatkich yil sayin o‘sib bormoqda. O‘tgan asrning 40-70 yillarida ham ajrashishlar soni yuqori bo‘lgan edi. Yangi mingyillik boshidagi statistika ko‘rsatkichi yanada ayanchli. AQSHdagi ajrashishlar sababi iqtisodiy yetishmovchilik, jismoniy va ruhiy zug‘um, er-xotinlarning bir-biriga bo‘lgan qiziqishi so‘nishi, xiyonat va boshqalardir.

4. Rossiya

Rossiyada ajrashish koeffitsiyenti 51 foizga teng. O‘n yil oldin har uchinchi oila barbod bo‘lgan bo‘lsa, bugun har ikkinchi juftlik ajrashib ketayapti. Rossiya 2012 yilda ajrashish bo‘yicha lider edi.

Turar-joy yo‘qligi, moliyaviy qiyinchiliklar va alkogolizm ajrashishlarning asosiy sabablaridir. Yomon yashash sharoiti mustahkam tuyg‘ularni ham barbod etmoqda.

3. Belgiya

Yevroittifoq davlatlari ichida belgiyaliklar eng boy fuqarolardan biri hisoblanadi. Yashash joyi bo‘yicha muammolar kam bo‘lsa-da, bu davlat ajrashishlar bo‘yicha yuqori o‘rinlaridan birida turibdi. Ya’ni, ajrashishlar koeffitsenti 71 foizga teng. Eng qizig‘i, o‘tgan asrning 70-yillarida ko‘p sonli ijtimoiy dasturlar mavjud bo‘lmasa-da, ajrashishlar 9,2 foizni tashkil etgan.

2. Belarus

Ko‘plab statistik ma’lumotlar Belarus 68 foiz koeffitsenti bilan ajrashishlar bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turganini ko‘rsatdi. Bu yurtda 40 foizdan oshiq aholi o‘zini ateist deb hisoblaydi. Shuning uchun ulardagi cherkovlar oilani saqlab qolishga intilsa-da, abortlarni rad etishga turtki bersada, bu aholiga ta’sir ko‘rsatmayapti.

1. Maldiv

Aholi soniga ko‘ra bu davlat dunyoda 175 o‘rinda turadi. Biroq ajrashishlar soni bo‘yicha birinchilikni egallagan. Ayniqsa, hozir ajrashishlar har qachongidan yuqori. Mamlakat aholisi islom diniga e’tiqod qiladi.  Ma’lumki, islom davlatlarida oilaga hurmat bilan qaralib, ajrashishlar qoralanadi. Biroq Maldivda bunday holat kuzatilmayapti.

Manba: Xabardor

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *