Bu qiziq, Foydali

Bryus Lidan yetti maslahat

Bryus Li nafaqat jangovar san’at ustasi, balki faylasuf bo‘lgan. U asos solgan Jit Kun Do kurashi tamoyillarini oddiy hayotga ham tatbiq etish mumkin.

Chegaradan chiqish

“Agarda bajarayotgan ishingizga chegara qo‘ysangiz, hech qachon yuqori cho‘qqiga erisholmaysiz”. U bu so‘zlarni mashg‘ulotlarning og‘irligidan noligan shogirdlariga aytgan. Ammo hayotda ham shunday: o‘zi uchun cheklov qo‘yishdan yomonroq narsa yo‘q.

Ko‘pchilik xavfsiz doira tashqarisidagi xavflarni ko‘rgach, chegaradan chiqishni istamaydi. Bunday doira ichida esa hech qanday rivojlanish, o‘sish, oldinga siljish bo‘lmaydi.

Erishib bo‘lmaydigan maqsad

Bryus Lining fikricha, maqsad bu inson erishib bo‘lgach harakatdan to‘xtaydigan nuqta emas. Bu oldinga intilish jarayonidir. Yo‘l bormi, demak, maqsad ham bo‘ladi. Ayrimlar o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishgach, to‘xtab qoladilar.

Butun sayyorani zabt etgan bo‘lsangiz ham harakatlanishda davom eting. Koinot ulkan.

Bilim

“Kerakli narsanigina ishlating. Ustozlardan o‘rganing”. O‘zingizni o‘z sohangizdagi barcha narsani biladigandek his qila boshlashingiz bilan navbatdagi ustozni qidirib toping. Hayot beshafqat, bilimingizni oshirib ormasangiz, ertami-kechmi o‘zingizdan ko‘ra bilimliroq raqibga duch kelasiz.

Omadsizlik

Omadsizlik emas, betayin maqsad insonni sindiradi. Har bir kishi xato qiladi va donolargina xatosini tan olib, uning sababini aniqlaydi.

Kutilmagan xavfga tayyor turish

Dushman kutilmaganda paydo bo‘lishi mumkin. Jangovar san’at ustasi doimo hujumni kutib yashamasligi kerak – bu uni ojiz, qo‘rquvdan ezilgan insonga aylantirib qo‘yadi. Xavfni oddiylik bilan qabul qilish lozim.

Ehtimoliy noxushliklardan cho‘chib to‘siq yaratish o‘rniga o‘z yo‘lingizda davom eting, yolg‘on ishlatmang va muhim pallada o‘tgan galgi xatolarni bartaraf qilishga vaqt sarflamaslik uchun ayyorlik yo‘liga o‘tmang.

O‘zlikni anglash

Komillikka intilish o‘z harakatlarini nazorat qilishdan boshlanadi. Inson bir narsani tushunishi shart: pul uning haqiqiy maqsadini tashkil etuvchi aysbergning uchi xolos. Hayotning asosiy mazmuni o‘zlikni anglab yetishdir.

Tashqi ko‘rinish hech narsani anglatmaydi

Ko‘pchilik o‘z tashqi ko‘rinishiga haddan ortiq e’tibor qaratadi. Boshqalar oldida tashqi ko‘rinishingiz yaxshi bo‘lishi muhim. Lekin bu muhim maqsadlardan ham yuqoriroqda turmasligi kerak.

Bryus Lining aytishicha, o‘z quvvatini zeb-oroga emas, zakovatni oshirishga sarflagan ma’qul.

Manba: Xabardor

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *