Bu qiziq, Foto reportaj

Bar deymizu biroq

Biz bar deganda og‘ir ish kunidan keyin hordiq chiqarish mumkin bo‘lgan joyni tushunamiz. Biroq bugun barga o‘xshamaydigan, biroq nomi bar bo‘lgan joylarni e’tiboringizga havola etmoqchimiz.

1. “Tiger Leaping Gorge Bar”, Xitoy.

Sakrayotgan yo‘lbars darasi kanoni (suv yuvib hosil qilgan yoki sun’iy uzun vodiy, dara) Butunjahon merosi obe’ktlaridan biridir. “Tiger Leaping Gorge Bar” o‘z joylashuv o‘rniga ko‘ra, tabiatdan bahramand bo‘lishning eng qulay o‘rni hisoblanadi.

2. “Safe House”, Miluoki, Viskonsin.

“Safe House” – ayg‘oqchilarning maxsus bari. Unga yashirin qizil eshik orqali kiriladi. Bu yerga kirish uchun sizdan maxfiy so‘zni bilish talab etiladi.

3. “H.R. Giger Alien Bar”, Gryuyer, Shveysariya.

Bar Ridl Skottning “Begona” kinotasmasidan keyin yaratilgan. Ilmiy fantastika ixlosmandlarining sevimli joyi.

4. “Alux Caverna Lounge”, Mexiko.

Dunyodagi katta bar-g‘orlardan biri bu “Alux”dir. Bu g‘or tizmasi 18 ming yildan beri mavjud. Ayni kunda uni minglab chiroqlar yoritib turadi.

5. “Hotel Edelweiss”, Myurren, Shveysariya.

Samodagi barda Yerdan 1920 metr balandda turib, Alplar yuragi bo‘lgan ajoyib manzaralarni tomosha qilishingiz mumkin.

6. “Ozone Bar”, Gonkong, Xitoy.

“Ozone Bar”ga borish asalari uyasiga tushib qolish bilan teng. U Gongkongdagi eng baland mehmonxonaning yuqori qavatida joylashgan.

7. “The Water and Wind Bar”, Bin Duong, Vyetnam.

“The Water and Wind Bar” suv hujumini qaytarish o‘rnida barpo etilgan joyda qurilgan. Devorlari qoyilmaqom yoritgichlar bilan bezatilgan. Bu yerga kelgan odam ko‘proq qolishni istaydi.

8. “The Red Sea Bar”, Isroil.

Bar Qizil dengiz yuzasida joylashgan. Unda o‘tirib baliqlarning noyob turlari va marjonlarni tomosha qilish mumkin.

9. “Rock Bar”, Bali, Indoneziya.

“Rock Bar” Bali qoyalarida joylashgan. Bu yerda Hind okeanining sehrli va azim qiyofasi namoyon bo‘ladi. Oqshom payti quyosh bilan suv tutashib ketgan mahal bu yerni fusunkor manzara o‘rab oladi.

10. “Bicycle Bar”, Buxarest, Ruminiya

Bardagi barcha stol va stullar eski velosipedlardan yasalgan.

11. “Dabbous Bar”, London.

Terilgan g‘isht, tunuka metall, tabiiy yog‘och bu barning g‘aroyib dizaynidir. Shirin kokteyl taassurotlarni yanada to‘ldiradi.

12. “Hemingway’s Lounge”, Gollivud, AQSH.

Kitoblarda yozilganiday noodatiy oqshomlar mana shu yerda o‘tadi. “Hemingway’s Lounge”ning devorlari o‘qish uchun maqolalarga to‘la

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *