Bu qiziq, Foto reportaj

“Amazon”dan “Apple”gacha

Moliyaviy inqiroz hali-hamon hukm surayotgan davrimizda ham shunday kompaniyalar borki, ularning aksiyalari o‘z sohibiga daromad keltiradi. Quyida ana shu kompaniyalar bilan tanishasiz.

“H&M”

Brend qiymati: 21,083 mln dollar
​Aksiyalar o‘sishi: +16 foiz
Kompaniya muntazam ravishda kengayib bormoqda. “H&M” magazinlari soni yiliga 10-15 foizga ko‘paymoqda. Birgina 2014yilda kompaniya 375 ta yangi savdo nuqtalarini tashkil etdi. “H&M”ning butun dunyo bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi internet-magazini ham mavjud.

“Honda”

Brend qiymati: 21,673 mln dollar​
Aksiyalar o‘sishi: +17 foiz
“Honda” 20 yillik tanaffusdan so‘ng “Formulu-1”ga qaytdi. Bu esa kompaniyaning ishlari joyida ekanligini anglatadi. “Honda”ning marketing faoliyati ham yaxshi ketmoqda.

“Amazon”

Brend qiymati: 29,487 mln dollar​
Aksiyalar o‘sishi: +25 foiz
“Amazon” muvaffaqiyatining siri uning har bir mijozning ko‘nglini olishida. Shuningdek, kompaniya o‘z mahsulotlarini ham ishlab chiqaradi. Masalan, elektron kitoblar va smartfonlar.
“Amazon” yaqinda AQSH fuqaro aviatsiyasi federal boshqarmasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Endi Amerika laynerlari bortida yo‘lovchilar “Amazon” qurilmalarini o‘chirishlariga hojat yo‘q.

“Disney”

Brend qiymati: 32,223 mln dollar
​Aksiyalar o‘sishi: +14 foiz
“Disney”ning daromadi o‘sishi yangi mahsulotlarni yaratishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishi bilan izohlanadi.2014 yil natijalariga ko‘ra, bu kompaniya dunyoning eng qimmat brendlaridan biri bo‘ldi.

“McDonalds”

Brend qiymati: 42,254 mln dollar
​Aksiyalar o‘sishi: +1 foiz
Dunyodagi eng ommabop fast-fud tarmog‘i. “McDonalds” har kuni dunyoning 100ta mamlakatidagi 70 milliondan ortiq mijozga xizmat qiladi. Kompaniya daromadi shuning uchun ham yuqori.

“Samsung”

Brend qiymati: 45,462 mln dollar​
Aksiyalar o‘sishi: +15 foiz
Hi-Tech bozorining eng kuchli qatnashchilaridan biri. Ayni paytda “Samsung” “Apple” bilan jiddiy kurashga kirishgan. Koreya kompaniyasi elektronika olamida turli yangiliklarni joriy etayotganligi bois uning o‘sish sur’ati hali-beri pasaymaydi.

“Microsoft”

Brend qiymati: 61,154 mln dollar​
Aksiyalar o‘sishi: +3 foiz
Kompaniyaga Satya Nadella bosh ijrochi direktor bo‘lgach, “Microsoft” yangi hayotga qadam qo‘ydi. Kompaniya mobil va “bulut” ilovalar ishlab chiqarishga katta e’tibor qaratmoqda. Ko‘pchilik “Microsoft”ning yangi davri boshlanganini e’tirof etmoqda.

“Coca-Cola”

Brend qiymati: 81,563 mln dollar
​Aksiyalar o‘sishi: +3 foiz
Yer yuzida ushbu ichimlik haqida eshitmagan odamni topish qiyin bo‘lsa kerak. Keyingi paytda kompaniya ekologiyaga ahamiyat bermoqda. 2020 yilga kelib ichimliklar idishlarini ishlab chiqarishda “PlantBottle” deb nomlanuvchi ekologik toza texnologiyadan foydalanishi kutilmoqda.

“Google”

Brend qiymati: 107,439 mln dollar​
Aksiyalar o‘sishi: +15 foiz
“Google” — dunyoning eng tirishqoq kompaniyalaridan biri. Ko‘pchilik “Google” deganda faqat qidiruv tizimini ko‘z oldiga keltirsa-da, aslida kompaniya juda ko‘plab turdagi mahsulotlarni ishlab chiqaradi. Keyingi paytda kompaniya biotexnologiya va sun’iy ong yaratishga katta pul tikmoqda.

“Apple”

Brend qiymati: 118,863 mln dollar
​Aksiyalar o‘sishi: +21 foiz
“Apple” yangi “iPhone”dan tashqari aqlli soat ishlab chiqardi hamda o‘z to‘lov tizimini yo‘lga qo‘ydi. Kompaniya insonlar hayotini yengillashtirishga harakat qilmoqda va buni uddalayapti ham. “Apple” 2014 yilda “Interbrand” talqini bo‘yicha yilning eng qimmat brendi deb e’tirof etildi.

Manba: vidimo.rustoria.ru xabardor.uz

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *