Bu qiziq, Dunyo ajoyibotlari, Foto reportaj

Afrika qabilasining Olimpiada o‘yinlari

Afrika qit’asidagi masai qabilasi har yili o‘ziga xos mahalliy Olimpiada o‘yinlarini o‘tkazadi. Ular ilgari sher ovlash bilan shug‘ullanishgan bo‘lsa, hozirda o‘z iste’dodlarini sport bellashuvlarida sinab ko‘rishmoqda. Ushbu qabila Janubiy Keniya va Shimoliy Tanzaniyada istiqomat qiladi.

Bu Olimpiadaning homiysi 800 metrga yugurish bo‘yicha Olimpiya chempioni, ushbu qabila vakili asli keniyalik David Rudish hisoblanadi.

Masai jangchilari o‘zlarining jasurligi va ovchilik mahoratlari bilan nom qozonishgan.

Qabila ayollari juda ko‘p taqinchoq taqishadi. Masailar odatda sher ovlash bilan shug‘ullanishgan, lekin hozirda bu mashg‘ulotdan voz kechishmoqchi.

Ovchilar an’nasi butkul yo‘qolib ketmasligi uchun qabila erkaklari orasida musobaqalar tashkil etishga qaror qilingan.

Mana uchinchi yildirki ovchilar masai Olimpiadasida ishtirok etish uchun Kilimanjaro qo‘riqxonasi yaqinida to‘planishdi.

Musobaqalar dasturiga turgan joyidan balandlikka sakrash ham kiritilgan

An’anaviy yog‘och to‘qmoqlarni otish musobaqasi.

Ilgarilari nayzalar sherlarga qarata otilgan bo‘lsa, hozirda uzoq masofaga va aniqlikka e’tibor qaratiladi.

Yugurish musobaqasi eng chaqqon va bardoshlilarni aniqlab beradi.

Oddiy Olimpiadadan masailar musobaqalari unda faqat erkaklar qatnashishi bilan ajralib turadi.

Manba: Xabardor

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *