Bu qiziq, Dunyo ajoyibotlari, Foto reportaj

Oxirgi 40 yil ichida yana 2 barobarga kamaygan jonzotlar

Yaqin kelajakda sher, fil va begemotlarni faqat hayvonot bog‘i va multfilmlarda ko‘rishimiz mumkin. Bunday ko‘ngilsiz xulosa Butundunyo yovvoyi tabiat fondining ma’ruzasida bayon qilingan. Unda keltirilishicha, ayni kundagi yovvoyi jonzotlar 1970 yilga qaraganda 52 barobarga kamaygan. Mazkur ma’ruza “Global Footprint Network” fondi va London zoologiya jamiyati tomonidan tayyorlangan. Tadqiqot jarayonida 3038 hayvon, qush va baliq turlarining 1970 va 2010 yilgi soni solishtirilgan. Eng qizig‘i, bu vaqtda odamlar soni 3,7 milliarddan 7 millardga yetgan.
Muammo tropik va mo‘’tadil iqlimli hududlarga ham birday tegishli bo‘lib, asosiy tanazzul, ya’ni 63 foiz qisqaruv tropik hududlarda qayd etilgan. Jonzotlar kamayishi bo‘yicha eng jiddiy yo‘qotish (83 foiz) Markaziy va Janubiy Amerikada kuzatilgan. Yovvoyi tabiatning bir necha kamyob vakillarini e’tiboringizga havola yetar ekanmiz, ular zamonaviy taraqqiyotga qanday salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin ediki, yo‘qlikka mahkum bo‘lmoqda, deya mulohaza yuritasiz.

Afrika sheri. Ayni kunda ularning soni 30-35 mingni tashkil etadi.

Gana Mole milliy parkidagi arslonlar soni o‘tgan davrda 90 foizdan ham ko‘proqqa tushib ketgan. Buning sababi deya mahalliy aholi va arslonlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik tufayli intiqom olish maqsadida insonlar arslonlarni o‘ldirishi ko‘rsatilmoqda.

O‘rmon fili. Ayni kunda fillarning umumiy soni 600 mingtani tashkil etadi.

O‘rmon fillari 2002-2011 yillar oralig‘ida qariyb 60 foizga qisqargan. Buning bosh omili fil suyagini ko‘zlagan brakonyerlardir. O‘rmonlarning kesilishi  va yerlarning inson tomonidan o‘zlashtirilishi natijasida fillar tarixiy yashash joylarining bor-yo‘g‘i 7 foizidagi “istiqomat yetishmoqda”.

Bengal yo‘lbarsi. Taxminan 3200 ta vakili saqlanib qolgan.

Yo‘lbarslarning so‘nggi yuz yillikdagi sonini solishtirishning o‘zi ham tushunarli va yaxlit manzarani chizib beradi: 1910 yilda butun dunyoda 100 mingdan ortiq yo‘lbarslar yashagan bo‘lsa, bugun ularning soni 3200 tani tashkil etadi. Bu kabi keskin pasayishning ham sababi  brakonyerlik harakatidir.

Delfin. Ba’zi o‘rinlarda, masalan, Peru qirg‘oqlarida, to‘g‘rirog‘i, Qora dengizda delfinlar ov obyektlari bo‘lib xizmat qilgan. Bundan tashqari, dunyoning ko‘plab mintaqalarida uni ataylab o‘ldirishmasa ham, delfinlar baliq tutishga mo‘ljallangan to‘rlarga tushib yoki kema parraklariga o‘ralib qolishadi.

O‘rta yer dengizidagi delfinlarning keskin kamayishi 1960 yillarda boshlangan va nega bunday bo‘layotgani haligacha noma’lum. Ioni dengizidagi delfinlar 1996-2007 yillarda 150 dan 15 foizga qisqargan.

Oq va qora karkidon (shoxli qo‘ng‘iz). Oq va qora karkidonlar 1980-2006 yillar oralig‘ida o‘rtacha 63 foizga kamaygan. Ularga qiron keltirishning eng katta sababi ularning shoxiga bo‘lgan talabdir.

Janubiy Afrikadagi brakonyerlik aynan shunga yo‘naltirilgan. Karkidonlarni ovlash  bir necha yil ichida 13 tadan  (2007 y) 1000 tagacha (2013 y) yetgan.

Dengiz toshbaqasi( yoki terili toshbaqa). Hozirgi kunda dengiz toshbaqalari ichida eng kattasi hisoblangan bu tur ham Anlantika va Tinch okeanidan g‘oyib bo‘lmoqda. Shuningdek, Las-Baulas milliy dengiz parkidagi toshbaqalar soni ham 1989 yildan 2002 yilgacha bo‘lgan vaqtda 95 foizga kamaygan.

Ularning halok bo‘lishlarining asosiy sababi baliq ovlari va uyali plyajlar tumanidagi qurilishlar deya ko‘rsatilmoqda.

Tyulen (kurakoyoqlilar oilasiga mansub sut emizuvchi dengiz hayvoni. Bu beozor dengiz jonivorlari viruslar, tabiiy epidemiyalardan tashqari, baliqchi va fermerlar qo‘lida ham o‘lim topishadi.

Bunday qotilliklar Shimoliy dengizning Mori-Fert qo‘ltig‘idagi losos baliqlarini yetishtiruvchi fermalarda sodir bo‘lgan. 2001 va 2006 yillar oralig‘ida Orkney va Shetland tyulenlar soni 40 foizga qisqargan.

Gippopotam(begemot yoki suv oti). 2006 yilda Afrikadagi bu jonzotlarning umumiy soni 125-150 mingni tashkil etgan. Ularga asosan ovchilar xafv solgan.

Kongodagi Virunga milliy parkidagi begemotlar soni 1970 yilda 29 000 tani tashkil etgan bo‘lsa, 2003 yilga kelib bor-yo‘g‘i 1515 ta begemot qolgan.

Cho‘l qora iloni. (yapaloq boshli, zaharli ilon) Oxirgi 10 yillikda Yevropada ilonlarning 11 turi kamayib ketgan.

Ularning 8ta turining 1990-2009 yillar o‘rtasidagi qisqaruvi 50 foizdan oshiqni tashkil etadi. Buning aniq sababi noma’lum.

Sayyor albatros. Albatroslarning ham soni qisqarishiga baliq to‘rlari sabab bo‘lmoqda.

Atlantika okeanining janubiy qismidagi Berd orolining o‘zida 1972-1910 yillarda albatroslar soni 50 foizga qisqargan.

Manba: Xabardor

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *