Bu qiziq, Foto reportaj

Xijolatning suratdagi “siyrat”lari

uratda aks etgan liderlarning barchasi diplomatik qoidalarni yaxshi bilishadi. Nahotki, bu boradagi ko‘nikma va hayotiy tajribalar davlat yuzi bo‘lgan shaxslarni shunday noqulay vaziyatlardan asramagan bo‘lsa?

Shahzoda Uilyam, Keyt Middlton va Lebron Jeyms.

2014 yilning dekabri.

Shahzoda Uilyamning rafiqasi, gersoginya Keyt Middlton Milliy basketbol assotsiatsiyasidagi o‘yindan keyin amerikalik basketbolchi Lebron Jeyms bilan suratga tushishni xohladi. Middlton kulib turibdi, Shahzoda Uilyam esa bunga munosabat bildirmasdan, hech narsani payqamagan holatda.

Barak Obama, Pen Liyuan va Vladimir Putin.

2014 yilning noyabri.

Pekinda o‘tgan ATESning kuzgi sammitida kun salqin edi. Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin Xitoy Xalq Respublikasi birinchi xonimi Pen Liyuanning yelkasiga nakidka (yelkaga tashlab yuriladigan yengsiz kiyim) tashlab qo‘ymoqda. Pen Liyuanga xushomad ko‘rsatilayotgan bir paytda uning umr yo‘ldoshi Xitoy Xalq Respublikasi rahbari Si Szinpin AQSH prezidenti Barak Obama bilan suhbatlashayapti. Ayol nakidkani kulib qabul qilayapti. Bu holat dunyo ommaviy axborot vositalarida keng muhokamaga sabab bo‘ldi.

Qirolicha Yelizaveta II va Mishel Obama.

2009 yilning apreli.

Bukingem saroyidagi qirolicha Yelizaveta II bilan bo‘lgan uchrashuv paytida AQSH prezidenti rafiqasi Mishel Obama protokolni buzdi. Bu holat qabul so‘nggida, muhit biroz erkinlashgan paytda yuz berdi. Qirolicha va Mishel Obama bir-biriga yaqinlashganida ularning bo‘ylari o‘rtasidagi tafovut ko‘zga tashlanib qolgan. Qirolicha vaziyatga hech qanday norozilik bildirmagan, hazillashish va tabassum etishda davom etgan.

Lora Bush, Vladimir Putin, kichik Jorj Bush va Lyudmila Putina, 2006 yil.

2006 yilda Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin o‘z rafiqasi bilan “Katta sakkizlik” sammitida ishtirok etish uchun AQSHga keldi. “Danbar xaus”da o‘tgan uchrashuv paytida AQSH prezidenti Jorj Bush salomlashish alomati sifatida Rossiyaning birinchi xonimini o‘pib qo‘ygan. Putin ea protokoldan chetga chiqmasdan Lora Bushning qo‘lini siqib salomlashish bilan cheklangan.

Barak Obama, 2014 yilning sentyabri

BMTning Bosh Assambleyasi yig‘ilishiga yetib kelgan prezident Barak Obama dengiz harbiylari bilan qo‘lida kofeli stakan tutgan holda harbiycha salomlashmoqda. AQSH prezidentining bu tarzdagi harakati namoyon bo‘lgan video “Instagram”dagi Oq uyning rasmiy akkauntida chiqishi bilan kulguga sabab bo‘la boshladi. Armiya qoidalari ko‘ra, chest faqat ikki qo‘li bo‘sh bo‘lgan holdagina beriladi.

Kichik Jorj Bush, 2001 yil, iyun

1981 yilgacha AQSH rahbari harbiy chestlarga javob berishi shart emas edi. Birinchi chestni Ronald Reygan bergan. Ushbu suratda Jorj Bushga chest berilgan paytda uning qo‘llari band bo‘lgani ko‘rinib turibdi.

Angela Merkel va Vladimir Putin, 2007 yil, yanvar.

Vladimir Putinning Koni laqabli iti Angela Merkel bilan uchrashuvda ishtirok etayapti. Germaniya kansleri itdan qo‘rqmoqda. Fotomuxbirlar tomonidan it kirib kelganida kansler “Hozir u jurnalistlarni tishlaydi” deydi. Putin esa olmoniyalik mehmonni “u tishlamaydi”, deya tinchlantiradi. Kulminatsiya it kanslerning oldigacha kelganda yuz berdi. Putin tinchlik saqlash uchun itga shapaloq tushirishiga to‘g‘ri keladi.

AQSH prezidenti Barak Obama, Yaponiya imperator Akixito va rafiqasi Mishiko, 2009 yil noyabr

Tokioga tashrif paytida yuz bergan bu holat tanqidga sabab bo‘lgan. Yaponiya imperatori Akixitoga ta’zim qilish bu AQSHning kuchsiz davlatligini bildiradi, deyishdi tanqidchilar. Shu taxlit Obamaga qirol va imperatorlarning obro‘sini e’tirof etish shart emasligini eslatib qo‘yishdi. E’tiborlisi, Obama uchun bu tarzda qulluq qilish vaziyati birinchi marta yuz berayotgani yo‘q. Shuningdek, u 2009 yilning aprelida Saudiya Arabistoni qiroli Abdullaga ham ta’zim bajo qilgan edi.

Germaniya kansleri Angela Merkel va Singapur bosh vaziri Li Syanlun, 2005 yil, dekabr

Tantanali rasmiy tadbirlardan biri paytida Singapur bosh vaziri Li Syanlun Germaniya kansleri Angela Merkeldan o‘zib ketgan. Protokolga ko‘ra esa bunday tadbirda gilamli yo‘lakda harbiy orkestr sadosi ostida yonma-yon yurish kerak edi. Syanlun bu qoidani bilmagan yoki unutgan.

Muza bint Naser

2002 yilda Muza bint Naser, Qatar amirining ikkinchi xotini birinchi marta islomiy qoidalarni buzib, yuzi ochiq holda odamlar oldiga chiqqan. 7 farzandning onasi bo‘lgan bu ayol xotin-qizlar ozodligi va huquqlari uchun kurashadi va hatto ko‘pnikohlilikni tanqid qiladi.

Yelizaveta II va Lyudmila Putina, 2003 yil, iyun

Rossiyaning birinchi xonimi Lyudmila Putina va qirolichaning bu holatini faqat diplomat va ekspertlar baholashi mumkin.

U Londondagi tadbirda katta hajmli shlyapada namoyon bo‘lgan.

Nikolya Sarkozi, Karla Bruni-Sarkozi, Svetlana Medvedeva va Dmitriy Medvedev, 2010 yil, mart

Yelisey saroyiga Rossiya prezidenti Dmitriy Medvedov va uning rafiqasi kechki ovqatga taklif etilganda, ularni kutib olishda ishtirok etgan Fransiyaning birinchi xonimi Karla Bruni-Sarkozi siynaband taqishni unutib qo‘ygan.

Silvio Berluskoni va Angela Merkel, 2008 yil

Italiya bosh vaziri Silvio Berluskoni Triyestdagi sammitda Germaniya kansleri Angela Merkelga hazil qildi. U avtomobildan simyog‘och oldiga sakrab tushgan hamda bino tomon harakatlanayotgan Merkelga “Ku-ku!” deb qichqirdi. Merkel unga qarab, “Silvio!”, deya xitob qiladi.

Manba: Xabardor

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *