1911chehov

Xameleon. A.P. Chexov

1911chehovUstida yangi shinel, qo‘lida tuguncha, politsiya nazoratchisi Ochumelov bozor maydoni o‘rtasidan yurib kelmoqda. Uning orqasidan qo‘lida musodara qilingan krijovnik to‘ldirilgan g‘alvir ko‘tarib afti-angori sap-sariq gorodovoy qadam tashlab kelayotir. Tevarak jimjit… Bozor maydonida qimirlagan jon ko‘rinmaydi… Do‘kon va qovoqxonalarning eshiklari och yirtqichning og‘ziday ochilib, mung‘ayib turar edi; ularning oldida hatto gadoy ham yo‘q.
Ochumelovning qulog‘iga birdan:
Xameleon. A.P. Chexov

Ustida yangi shinel, qo‘lida tuguncha, politsiya nazoratchisi Ochumelov bozor maydoni o‘rtasidan yurib kelmoqda. Uning orqasidan qo‘lida musodara qilingan krijovnik to‘ldirilgan g‘alvir ko‘tarib afti-angori sap-sariq gorodovoy qadam tashlab kelayotir. Tevarak jimjit… Bozor maydonida qimirlagan jon ko‘rinmaydi… Do‘kon va qovoqxonalarning eshiklari och yirtqichning og‘ziday ochilib, mung‘ayib turar edi; ularning oldida hatto gadoy ham yo‘q.
Ochumelovning qulog‘iga birdan:
— Sen hali odam tishlaysanmi, mal’un! Birodarlar, qochirib yubormanglar! Hozir birovni tishlashga ijozat yo‘q! Ushla! A… e!— degan tovush eshitildi. Kuchuk vangilladi. Ochumelov atrofiga alanglab, savdogar Pichuginning o‘tinxonasidan bir it uch oyoqlab, orqa-o‘ngiga qarab, qochib chiqib kelayotganini ko‘rib qoldi. Kuchukni chit ko‘ylak kiygan va jeletkasining tugmalari yechilgan bir kishi quvlab kelmoqda edi. U kuchukning ketidan choparkan, o‘zini yerga tashlab kuchukning keyingi oyog‘idan ushlab oldi. Kuchuk yana vangilladi va «qochirib yubormang!», degan ovoz eshitildi. Do‘konlardan mudroq bosib o‘tirgan kishilar kallalarini chiqazib qarashdi va bir damda o‘tinxonaning oldiga, xuddi yer ostidan chiqqandek, xaloyiq yig‘ildi.
— Janobi oliylari, bu tartibsizlik…— dedi gorodovoy.
Ochumelov so‘lga burilib, odamlar yig‘ilgan joyga qarab yurdi. O‘tinxona darvozasi oldida, yuqorida tasvir qilingan, jeletkasining tugmalari yechilgan kishi o‘ng qo‘lini ko‘tarib, qonga bo‘yalgan barmog‘ini odamlarga ko‘rsatardi. Uning shirakayf basharasi go‘yo: «Seni qarab tur, la’nati!», deb turar va barmog‘i ham g‘alaba tug‘iga o‘xshar edi. Ochumelov bu kishini tanidi: u zargar Xryukin edi. O‘rtada oldingi oyoqlarini kerib, vujudi titrab, to‘polonning sababchisi — tumshug‘i uzun ola tozi turardi. Uning yoshlangan ko‘zlari javdirardi.
Ochumelov odamlar orasiga yorib kirarkan:
— Nimaga yig‘ildilaring, nima gap? Barmog‘inggl nima qildi? Kim. qichqirdi?— deb so‘radi.
Xryukin mushtumini og‘ziga qilib, yo‘talib qo‘yib so‘z boshladi:
— Men, janobi oliylari, o‘z yo‘limga ketayotgan edim… Mitriy Mitrich bilan o‘tin to‘g‘risida gaplashmoqchi edim, birdan mana bu mal’un barmog‘imni tishlab oldi. Siz meni kechiring, men ish qiladigan odam. Mening ishim mayda ish, menga tovon to‘lasinlar, chunki kim biladi, balkim bu barmog‘imni bir hafta qimirlatolmasman. Janobi oliylari, zakonda mundaqa maxluq kishiga ozor bersin, deyilgan emas… Agar har narsa tishlayversa, u vaqtda dunyoda turmaslik yaxshiroq…
— Hm… hm… yaxshi…— dedi Ochumelov jiddiyat bilan yo‘talib va qoshlarini qimirlatib,— yaxshi… Kimning kuchugi? Men buni shunday qo‘ymayman! Men sizlarga kuchuklarni bo‘sh qo‘yib yuborish nima ekanini ko‘rsatib qo‘yaman! Qarorlarga itoat qilishni xohlamagan janoblarga diqqat qilish vaqti keldi. Bu ablahga shtraf solinsa, u vaqtda kuchuk va boshqa tentirab yurvdigan hayvon nima ekanini bilib qo‘yadi! Men unga ko‘rsatib qo‘yaman! Yeldirin,— dedi nazoratchi gorodovoyga qarab,— sen bu kuchukning egasini topib protokol yoz! Kuchukni yo‘qotish kerak. Tezdan! Quturgan kuchuk bo‘lsa ehtimol… Bu kimning kuchugi o‘zi!
— General Jigalovniki shekilli,— dedi kimdir.
— General Jigalovniki? Hm… hm… Yeldirin, qani mening paltomni yechib ol: juda ham kun isib ketdi! Yomg‘ir yog‘sa kerak!.. Lekin men bir narsaga tushunolmadim, u seni qanday qilib tishlab oldi?— deb Ochumelov Xryukinga murojaat qildi.— Qanday qilib barmog‘ingga bo‘yi yetdi? U kichkina, sen bo‘lsang kap-katta odamsan! Sen balki barmog‘ingni mix bilan teshgandirsan, undan keyin kuchukni bahona qilib tovon olish fikri boshingga kelgandir. Sening kim ekaning hammaga ma’lum. Men siz la’natilarni bilaman.
— Bu, janobi oliylari, kulgi uchun, yonmb turgan papirssni kuchukning tumshug‘iga tutdi, kuchuk ham ah-moq emas, g‘irch etib tishlab oldi… Bu odamning o‘zi tentak ekan, jaqobi oliylari.
— Yolg‘on aytasan, ko‘r! Ko‘rmaganingdan keyin nimaga yolg‘on gapirasan? Janoblari aqlli odamlar, kim yoyag‘on gapirganimi, kim xudo oldida turgakdek rost aytayotganini—hammasini biladilar… Agarda men yolg‘on gapirgan bo‘lsam, sud hukm qilsin… Uning zakonida aytilganki… Hozir hamma baravar… Mening birodarim jamdarmda ishlaydi… Agar bilgingiz kelsa…
— Tilingni tiy!
— Yo‘q, bu generalning kuchugi emas. Generalning bunaqa iti yo‘q: uning itlari ovchi itlar,—: dedi gorodovoy ma’nolik qilib.
— Sen buni aniq bilasanmi?
— Aniq bilaman, janobi oliylari.
— O‘zim ham bilaman. Generalning itlari qimmatbaho zotli itlar, shu ham itmi? Buning aftini qara… Rasvo bir narsa… Shuni ham it deb saqlaydimi kishi?! Sizdya aql bormi o‘zi? Bunaqa it Peterburg yoki Moskvada ko‘rinib qolsya, bilasizlarmi, nima bo‘ldr edi? Shu yerda zakonga qarab o‘tirmasdan, o‘ldirib qo‘yaqolar edilar. Sen Xryukin, jafo ko‘ribsan, bu ishni shunday ko‘yib ketaverma!.. Adabini berish kerak! Vaqt keldi.
— Ehtimol generalnikidir…— deya gorodovoy ovozini chiqarib qo‘ydi.— Uning tumshug‘iga yozib qo‘ymagan-ku!.. Bir kun generalning hovlisidz shunday itni ko‘rgan edim.
— Albatta, generalniki bo‘lsa kerak,— dedi kimdir.
— Hm… hm… Yeldirin, birodar, paltoni yelkamga tashla… Shamol turgandek bo‘ldi… Badanim uvishib ketdi… Sen itni generalning oldiga oborib so‘ra. Itni men topib yuborganligimni ayt… Ko‘chaga chiqarmasinlar. Aytib qo‘y. Balki u qimmatbahodir, har bir to‘ng‘iz uning tumshug‘iga papiros tekkizaversa, it aynib qoladi. Kuchuk degan narsa nozik maxluq bo‘ldi… Senga aytaman, laqma, qo‘lingni tushir! Ahmoqlik qilib, barmog‘ingni ko‘rsatib turmshga hech hojat yo‘q! Ayb o‘zingda!..
— Generalning oshpazi kelyapti, o‘shandan so‘ray-miz… Hay, Proxor! Azizim, qani bu yoqqa kel! Itii ko‘r-chi… Sizlarmikimi?
— Shu ham gap bo‘ldimi?! Biz hech qachon bunaqe it tutganimiz yo‘q!
— Bu yerda so‘rab o‘tirishning hech hojati yo‘q,— dedi Ochumelov.— Bu o‘zi sayoq it! Gapni cho‘zish nima-ga kerak? O‘zim sayoq it, deb aytdim-ku, sayoq-da! O‘ldirish kerak, vassalom!
— Bu bizniki emes,— dedi oshpaz,— bu generalning yaqinda kelgan ukasiniki. Bizda bunana itni yoqtirishmaydi. U kishining ukalari bunaqa itni yaxshi ko‘radi…
— U kishining ukalari keldimi? Vladimir Ivanich-a?—deb so‘radi Ochumelov, iyib ketib og‘zi qulog‘iga yetdi.— Uni qara-ya. Men bilganim yo‘q, mehmon bo‘lib keldilar, degin?
— Mehmon bo‘lib keldilar.
— Uni qarang… Akalarini sog‘inib qoliptilar-da… Men bilganim yo‘q edi. Bu o‘sha kishining itlari degin? Ko‘p xursandman… Ol, iti tushkur, yomon emas, ziyrakkina… Ol, mana buning barmog‘ini tishla, ha-ha-ha… Nega gitraysan? Ol, kish-kish! Ko‘rdingmi jahli chiqadi-ya…
Oshpaz Proxor itni chaqirib olib ketadi… To‘planib turgan odamlar Xryukinni masxara qilib, qahqaha uradilar.
— Shoshmaytur, men senga ko‘rsatib qo‘yaman!—deb Ochumelov Xryukinga do‘q qiladi va shinelini yopinib, bozor maydonidan yo‘lda davom etadi.

Abdulla KAHHOR tarjimasi

Manba: kitob.uz

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *