2050default

CHUG‘URCHIQLAR

2050defaultMart oynning o‘rtalari edi. Bu yil bahor kechikmay keldi. Ahyonahyonda sharros yomg‘ir yog‘ib, ketidan havo ochilib ketardi. Loy yo‘llardan aravalar qatnay boshladi. Urmonlarda va jarliklarda hali ham oppoq qor uyumlarini uch-ratish mumkin. Dalalarda esa qor eriy boshlagan, loy bilan aralashib qora tusga kirgaidi. U yer bu yerda hatto yer ko‘rinib qolgan, qop-qora bo‘lib bo‘riqib, quyosh tig‘i ostida bug‘lanib yotardi. Qayin daraxtlari kurtak chiqara boshla-g‘andi. Sambit tollarning oppoq tusi o‘zgarib, sarg‘ayib, mayin tolalar chiqara boshladi.

CHUG‘URCHIQLAR
Mart oynning o‘rtalari edi. Bu yil bahor kechikmay keldi. Ahyonahyonda sharros yomg‘ir yog‘ib, ketidan havo ochilib ketardi. Loy yo‘llardan aravalar qatnay boshladi. Urmonlarda va jarliklarda hali ham oppoq qor uyumlarini uch-ratish mumkin. Dalalarda esa qor eriy boshlagan, loy bilan aralashib qora tusga kirgaidi. U yer bu yerda hatto yer ko‘rinib qolgan, qop-qora bo‘lib bo‘riqib, quyosh tig‘i ostida bug‘lanib yotardi. Qayin daraxtlari kurtak chiqara boshla-g‘andi. Sambit tollarning oppoq tusi o‘zgarib, sarg‘ayib, mayin tolalar chiqara boshladi. Majnun tollar ko‘m-ko‘k bo‘lib bezandi. Asal arilar ilkdaf’a rizqaxtarib uyalaridan uchib ketdilar. Urmondagi yalangliklarda boychechaklar sekin bosh ko‘tardi.
Biz esa, ilk bahorning aziz xushxabarchilari, quvnoq, dilkash birinchi qushlari — chug‘urchiqlar qachon bog‘imizga uchib kelishar ekaya, deb zoriqib kutar edik.
Ular qishlash uchun uchib ketgan issiq mamlakatlaridan— Yevropaning janub tomonlaridan, Kichik Osiyodan, Afrikaning shimoliy oblastlaridan yuzlarcha kilometr yo‘l bosib bu yerga uchib kelishlari kerak. Ba’zilari hatto uch ming kilometrdan ham uzoqroq yerlardan uchib keladilar. Ko‘plari Urta yer dengizi kabilar ustidan uchib o‘tishadi. Yo‘llarida qancha-qancha sarguzashtlar, xavfu xatarlar bor ularning: yomg‘ir, bo‘ron, g‘oyat qalin tuman, do‘l bo‘lib yog‘uvchi qora bulutlar, yirtqich qushlar, berahm ovchilarning o‘qlari!.. Bu xil og‘ir yo‘l azoblariga bardosh bermoq uchun atigi sakson-yuz
grammgina keladigan bunday nozik qushchalarga qancha-qancha kuch, g‘ayrat sarf qilmoq kerak. Haqiqatan ham, tabiat qonuniga bo‘yin egib ilk daf’a tuxumdan yorib chiqib, dunyoni, quyosh nurini, yam-yashil maysalarni ko‘rgan joyiga talpinib uchib kelayotgan bunday qushchalarni otgan kishilarda rahm-shafqat bo‘lmaydi.
Bu qushlar havoning o‘zgarishini avvaldan sezadilar. Lekin, ba’zan shunday hollar ham bo‘ladiki, uzoq-uzoq manzillardan kelayotgan bu qushlar qirg‘og‘i ko‘rinmayidgan dengizlar ustidan uchib o‘tishayotgan, aypiqsa, dengiz o‘rtasiga yetgan paytlarida, birdan kuchli dovul turib, hatto ahyon-ahyonda qorli bo‘ronlar qo‘zg‘alib qoladi. Qushlar uzoq safardan charchagan, sohilgacha esa hali ancha uzoq. Shunday paytlarda butun qushlarning galalari qirilib ketadi. Jon saqlab omon qolganbaquvvatroqlari esa juda kamchilikni tashkil kiladi.
Ba’zida qushlarning baxtiga dengizda kema uchrab qoladi. Ular o‘zlarining tahlika ostida qolgan hayotlarini inson qo‘liga topshirmoqchi bo‘lgandek, to‘p-to‘p bo‘lishib kemaga: kapitanning hujrasiga, kema arkonlariga, chetlariga qo‘nadilar. Ko‘ngli qotib ketgan dengizchilar ham qushlarni xafa qilmaydilar. Hatto dengizchilar o‘rtasida: «boshpana tilab qo‘ngan qushcha o‘ldirilgan kema—muqarrar baxtsizlikka uch-raydi» degan gap bor!
Ba’zan sohil bo‘yidagi mayak chiroqlar ham qanchadanqancha qushlarning bekorga o‘lib ketishiga sababchi bo‘ladi. Masalan, mayak qorovullari ba’zida ertalab tumanli kechalarda mayakka urilib yo‘laklarda, fonuslar atrofida, imoratlar tevaragida o‘lib yotgan yuzlab, minglab qushlarni ko‘radilar. Uzoq yo‘l toliqtirgan, nam dengiz tapti urib og‘irlashib qolgan qushlar, kechqurun sohilga yetib kelib, ularni chorlayotgandek ko‘ringan chiroqlar tomonga ko‘r-ko‘rona shoshiladilar va shaxt bilan uchib kelayotib qalin-qalin oynalarga, temir va toshlarga uriladilar. Ammo tajribali keksa yo‘lboshlovchisi esa, yo‘lni boshqa tomonga burib, o‘z galasini hamisha bunday ofatlardan saqlab qoladi. Ba’zan qushlar qandaydir sabablar bilan, ayniqsa kechalari va tuman tushgan paytlarda pastlab uchib, telegraf simlariga urilib ham halok bo‘ladilar.
Chug‘urchiqlar xavfli ochiq dengizdan uchib o‘tishib, o‘zlarining har yili qo‘naverib o‘rganib qolishgan ma’lum joylariga yetib, kun bo‘yi o‘sha yerda dam olishadi. Bunday joylardan birini bir gal bahor payti, Odessada ko‘rganman. Ushanda chug‘urchiqlar qo‘ngai uy ko‘zimga qop-qora bo‘lib ko‘ringandi. Ularning shu qadar ko‘pligidan va bo‘g‘otlar, boloxonalar, darchalar, deraza tokchalari, soyabon va hatto naqsh berib bezatilgan boshqa joylargacha g‘uj-g‘uj bo‘lib qo‘nib olishganidan uy, nazarimda, chayqalib turgandek bo‘lib ko‘-ringandi. Telefon va telegraf simlariga ham xuddi ipga tizilgan kabi qator-qator bo‘lib qo‘nib olishgandi. Tag‘in ularning quloqni kar qiladigan darajadagi chug‘ur-chug‘ur
qilib sayrashlarini, gala-gala bo‘lib uchib-qo‘nib, chiyillab shovqin-suron ko‘tarishlarini, janjallashishlarini ko‘rsan-giz!.. Uzlari yaqindagina horib charchab kelib qo‘ngan bo‘lishlariga qaramay, bir lahzagina xotirjam o‘tirib, dam olisha olmas edi. Bo‘lar-bo‘lmasga bir-birlarini turtib, yo yuqoriga, yo pastga qarab ko‘tarilib-sho‘ng‘ib qolishar, gir aylanib uchishar va uzoq yoqqa ketib qolib so‘ng yana qaytib kelishardi. Faqat keksa, tajribakor, ko‘pni ko‘rgan, dono chug‘urchiqlargina yolg‘iz qolishib, sipolik va g‘urur bilan patlarini cho‘qilab, tozalab o‘tirishardi.
Chug‘urchiqlar ko‘chib kelayotganlarida soatiga sakson kilometrga yaqin yo‘l bosib, juda tez uchadilar. Ular bunday paytlarda o‘zlariga tanish bo‘lgan joylarga kechki paytda yetib kelib qo‘nishadida, tamaddi qilishib, so‘ng kechasi bir ozgina mizg‘ib olib, erta saharda picha nonushta qilgach, kechgacha ikki yo uch martadan dam olishni mo‘ljallab, yana yo‘lga tushadilar.
Shunday qilib, biz chug‘urchiqlarni kutardik. Chug‘urchiqlarning qpshda qor yomg‘irda qolib qiyshaygan eski uyalarini tuzatib, yangi uyachalar ham yasab, osib qo‘ydik. Bundan uch Gshl ilgari faqat ikkitaginasini osgan edik. Utgan yili ularning soni beshtaga, bu yil o‘n ikkitaga yetdi. Biroq chumchuqlar bu narsalarni bizlar uchun qilishyapti deb o‘ylab, kun ilishi bilanoq chug‘urchiqlarning inini egallab olishgani bizga rosa alam qildi. Bu chumchuqlar juda ham g‘alati qush bo‘lishar ekan. Norvegiyaning shimolmda ham, Azor orollarida ham hammasi bir xil juda dog‘uli, o‘g‘rivachcha, jan-jalkash va urnshqoq, chaqimchi va o‘ta ketgan bezbet. Chumchuqlar butun qish bo‘yi yo‘l ustidan topilgan narsalarni terib yeb, bo‘g‘otlar va qalin-qalin archalar orasida jon saqlasha-di, bahor keldi, degunchayoq, shu tevarak-atrofdagi uylar yaqiniga solingan chug‘urchiqlarningmi yoki qaldirg‘ochlarningmi inlariga kirib olishadi. Ularni haydab chiqarishsa, go‘yo hech narsa bo‘lmagandek, indamay ketishaveradi… Patlarini hurpaytirib, u yoqdan bu yoqqa irg‘ishlab, ko‘zlarini yiltillatib: «Chirq, chirq, chirq!» etib o‘zlarining hayotligidan darak berishadi. Go‘yo ularning hayotligi olamni xursand qiladi-ya!..
Nihoyat o‘n to‘qqizinchi mart kuni kechqurun, hali qosh qoraymasdan ilgariroq, kimdir: «Qaranglar-a, chug‘urchiqlar uchib kelishibdi!»—deb qichqirdi.
Haqiqatan ham, chug‘urchiqlar teraklarning uchlaridagi shoxlariga g‘uj-g‘uj bo‘lib qo‘nib o‘tirishar va kishi ko‘ziga chumchuqlardan keyin ancha katta va haddan tashqari qop-qora bo‘lib ko‘rinishar edi. Biz ularni sanay boshladik: bitta, ikkita, beshta, o‘nta, o‘n beshta…
Qo‘shnimizning endi barg chiqargan daraxtlarida g‘uj-g‘uj bo‘lib qimirlamay o‘tirgan qop-qora chug‘urchiqlarning og‘irligidan shoxlar egilib, ohista tebranib turardi. Shu oqshom chug‘urchiqlar chug‘ur-chug‘ur qilib shovqin ko‘tarishmadi.
Ikki kungacha ular go‘yo kuch to‘plashayotgandek bulturgi tanish joylarini aylanib chiqish bilan mashg‘ul bo‘lishdi. Ana shundan keyin, chumchuqlarni ko‘chirish boshlandi. Lekin men chug‘urchiqlar bilan chumchuqlar o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lganini payqamadim. Chug‘urchiqlar ikkita-ikkitadan bo‘lishib, chumchuqlar kirib olishgan o‘z uyalarining tepasida — daraxtlarning uch-uchlariga qo‘nib olishadi-da, o‘zlaricha nima tug‘risidadir chug‘urlashib o‘tirgandek bo‘lib ko‘rinishadi.
Ammo ko‘zlarining qirini tashlab, uyada nimalar bo‘layotganini kuzatishadi. Uyadagi chumchuq har zamonda o‘tkir hamda makkor tumngug‘ini uyachaning yumaloq teshigidan bir zumgina chiqaradi-yu, yana darhol ichkariga tortib oladi. Nihoyat uni ochlik, yengiltaklik, balki ehtimol vahima yenga boshlasa kerak. Shundan keyin u: «Bir zumginaga lip etib uchib chiqaman-u, darhol yana qaytib kiraman,— deb o‘ylay boshlaydi.
— Ehtimol, ko‘zlarini shamg‘alat qilib chiqib kelarman. Ehtimol, chiqib kirganimni payqamay ham qolishar». Shunday deb uyadan ikki-uch metr nariga uchib chiqishga ulgurmayoq, xuddi shuni poylab o‘tirgan chug‘urchiqlardan biri o‘qdek otilib o‘z uyasiga kirib oladi. Shunday qilib desangiz, chumchuqlarning vaqtincha xo‘jayinligi tugaydi. Chug‘urchiqlar uyada navbatma-kavbat poyloqchilik qilishadi: bittasi uyada o‘tirsa, ikkinchisi ovqat izlagani ketadi. Bunaqa narsa chumchuqlarning xayoliga sira ham kelmaydi: chunki ular noshud va yengil tabiat qush bo‘lishadi. Shundan keyin chumchuqlar alamlariga chiday olmay, bir-birlari bilan qirg‘in-barot jang boshlashadi: yeru-ko‘kni paru-pat bosib ketadi. Chug‘urchiqlar esa daraxtlarning uchiga qo‘nib olib, ularni bir-birlariga qarshi gij-gijlaydilar: «Hey, qora bosh! Baribir sen huv anovi ko‘kragi sariq chumchuqni sira yengolmaysan!» «Men-a? Nima uchun yengilmas ekanman? Sen qarab tur, men hozir unga ko‘rsatib qo‘yaman!» «Qani, bo‘lmasa ko‘rsatchi kuchingni!» Shunday qilib, to‘s-to‘polon bo‘lgani bo‘lgan.
Chug‘urchiq uyasiga joylashib olgach, keyin unga yo‘sin, paxta, par, pat, latta-putta va quruq o‘t-cho‘plarni tashiy boshlaydi. U uyasini mushuk panjasini bemalol tiqa olmaydigan yoki qarg‘alar o‘zlarining uzun, yirtqich tumshuqlarini suqa olmaydigan darajada chuqur qilib o‘rnashtiradi.
Shu orada yerlar ham qurib, qayin daraxtlari muattar kurtaklarini yoza boshlaydi. Dalalar haydalib, ekin tikinlar ekila boshlaydi. Yer yuziga shilliq qurt, chuvalchang, qo‘ng‘iz kabi har xil jonivorlar chiqa boshlaydi. Ana senga tayyor rizqi-nasiba. Chug‘urchiqlar bahor kezlari, qaldirg‘ochlarga o‘xshab ko‘kda uchib yurganlarida yemish axtarmaydi. Shuningdek daraxtlardan yemish axtaradigan popishak va qi-zilishtonga ham o‘xshamaydi. Chug‘urchiqlarning yemishi yerda va yer ostida bo‘ladi. Ular og‘irlik o‘lchovi bilan hisoblaganda, yoz bo‘yi dov-daraxtlarga va ekin-tikinlarga zarari tegadigan qanchadan-qancha qurt-qumursqalarni qirib tashlashiny bilasizmi? Uz og‘irliklariga qaraganda uch yuz martaga to‘g‘-ri keladi. Lekin o‘zlari ham kun buyi tinib-tinchimaydilar.
Ayniqsa chug‘urchiqlarning jo‘yaklar orasidan yoki yo‘l yoqalab yurib, o‘ljasini tutishini kuzatish juda qiziq. Ular juda chaqqon yurishadi, ikki tomonga lapanglashi, ularning harakatini sal beso‘naqay qilib ko‘rsatadi. Ular kutilmaganda taqqa to‘xtab, dam u tomonga dam bu tomonga qayrilib, so‘ng u yoqqa-bu yoqqa bo‘ynini cho‘zib qaraydi. Ko‘ziga ilingan o‘ljani cho‘qib olib, yana ilgari qarab yo‘rg‘alab ketadi. Keyinyana va yana xuddi shu taxlitda davom etaveradi…
Uning qop-qora yag‘rini quyosh shu’lasida xuddi bir parcha yashil yoki binafsha rang metall kabi, ko‘kraklarida esa qo‘ng‘ir xollar ko‘rinadi. Uning o‘lja qidirishdagi ishchanligiga, besaran-jomligiga qarab turib-turib, beixtiyor jilmayib qo‘yasiz.
Yaxshisi, chug‘urchiqlarni ertalab quyosh chiqmasdan tomosha qilgan ma’qul. Buning uchun o‘rindan ham vaqtliroq turish kerak. Aytgancha, qarilarning: «Erta turgan kishining rizqi ortiq» degan ajoyib bir naqli ham bor. Agar siz har kuni ertalab bog‘da yoki ekinzorda jimgina, harakat qilmay o‘tir sangiz chug‘urchiqlar ham sekin-asta o‘rganib, kundan-kun sizga yaqinroq kela boshlaydi. Shunday paytlarda siz ularning oldiga, mayli, dastlab uzoqroqdan, keyin esa borgan sari orani qisqartirib chuvalchangmi yoki non ushog‘inimi tashlab ko‘ring. Nihoyat, borib-borib chug‘urchiqlar ozuqani naq qo‘lingizdan oladigan va hatto yelkangizga kelib qo‘nadigan bo‘ladi. Yanagi yiliga uchib kelganlarida siz bnlan o‘zlarining bulturgi do‘stona munosabatlarini tezda o‘rnatadigan bo‘ladi. Biroq siz uni hech qachon alday ko‘rmang. Chunki chug‘urchiq zoti aqlli, kuzatuvchan va favqulodda xotirasi juda kuchli qush bo‘ladi.
Ayniqsa chug‘urchiqlarning haqiqiy sayrashini saharlab, tong o‘zining nim pushti rangi bilan daraxtlar tepasini va shu qatorda tuynukchasi hamisha kun chiqish tomonga qaratilib ilinadigan chug‘urchiqlar uyachasini yorita boshlagan bir paytda tomosha qilish kerak. O‘fq yuziga salgina issiq yugu-ra boshladi deguncha, chug‘urchiqlar daraxtlarning yuqori shox-lariga qo‘nib olib, konsertlarini boshlaydilar.
May oyining o‘rtalariga kelib ona chug‘urchiq, zangori rangdagi yaltiroq to‘rtta-beshta kichkina-kichkina tuxum qo‘yib, uni ochish uchun o‘tiradi. Ota chug‘urchiqning zimmasiga esa endi yangi vazifalar yuklanadi: u to makiyoni bosgan tuxum-lar ochib chiqquncha, ya’ni ikki hafta davomida, ertalab va kechqurun sayrab beradi va ona chug‘urchiqni zeriktirmaslikka harakat qiladi. Yana shuni ham aytish kerakki, bu vaqt ichida ota chug‘urchiq hech kimni mazax qilmaydi va g‘ashigategmaidi. Aksincha, endi uning sairashi maiin, juda sodda va yoqimli bo‘ladi.
Iyun oyining boshlariga kelib, palaponlar tuxumlaridan yorib chiqa boshlaydi. Chug‘urchiq palaponlari shunday ajoyib bo‘ladiki, buni ko‘rgan kishi uning hamma yog‘i faqat kalladangina iborat ekan, deb o‘ylashi mumkin. Bu kallasi esa tevarak-atrofiga sariq hoshiya tortilgan haddan tashqari katta, yeb to‘ymas og‘izdan tashkil topgan bo‘ladi. Endi ularning mehribon ota-onalarining ishi ko‘payib yetadi. Ular palaponlarini to‘ydirishga qancha harakat qilmasin, lekin palaponlari hech qachon to‘ymaydi. Buning ustiga chug‘ur-chiqlar mushuk va zag‘chalardan qo‘rqib, uyalaridan uzoqroqqa ketolmaydilar.
Ammo chug‘urchiqlar bir-birlari bilan juda inoq bo‘lishadi. Ular o‘zlarining uyalari atrofida zag‘cha yoki qarg‘a aylanayotganini ko‘rib qolishsa darhol soqchi tayinlashadi. Soqchi chug‘urchiq baland daraxtning bir uchiga qo‘nib oladida, sekin chirqillab, tevarak-atrofga sergaklik bilan ko‘z yugurtirib o‘tiradi. Yaqin o‘rtada yirtqich qushlar ko‘rinishi hamon, u bu haqda xabar qiladi. Ko‘ribsizki, birpasda butun chug‘urchiqlar zoti o‘zlarining palaponlarini himoya qilish uchun uchib kelishadi. Bir kuni shunday bir voqeannng guvohi bo‘ldim: hovlimizdagi daraxtlarda yashayotgan chug‘urchiqlarning hammasi bir bo‘lib, uchta zag‘chani bir chaqirimcha joygacha quvib borishdi. Bu, juda darg‘azab quvish edi, albatta! Chug‘urchiqlar zag‘chalar tepasida yengil va tezlik bilan uchishar, ularga yuqoridan hujum qilishar, so‘ng tarqalib ketishar, keyin yana birgalashib zag‘chalarni quvib borib, ularga qay-tadan zarba berish uchun yana osmonga ko‘tarilishar edi. Zag‘chalar bunday uchish paytlarida qanchalik beso‘naqay, qo‘pol va himoyasiz bo‘lib ko‘rinsa, chug‘urchiqlar havoda uchib ketayotgan yaltiroq urchuqqa o‘xshardi.
Nihoyat, iyul oyining oxiri ham bo‘ldi. Siz bir kuni boqqa chiqib quloq solasiz, lekin endi bog‘da chug‘urchiqlar yo‘q. Siz hatto chug‘urchiqlar o‘sganini va qanday uchirma bo‘l-ganini ham sezmay qolasiz. Ular endi o‘zlarining tug‘ilibo‘sgan qarorgohlarini tashlab, o‘rmonlar bag‘rida, kuzgi bug‘doyzor dalalarda, uzoq-uzoq botqoqliklar atrofida yashaydilar. Bu yerlarda ular uncha katta bo‘lmagan galalarga bo‘linishib, kuzgi ko‘chishga tayyorgarlik ko‘rib, uzoq vaqt osmonda uchib yurishga o‘rgana boshlaydilar. Bu yil uchirma bo‘lgan qushchalar tezda buyuk imtihondan o‘tadilar va shubhasizki, qaysilaridmr bu imtihondan omon chiqolmasligi turgan gap.
Chug‘urchiqchalar ahyon-ahyonda, bir zumga bo‘lsada, o‘zlari tug‘ilib o‘sgan, keyin tashlab ketgan uyachalariga kelib turadilar. Ular uchib kelib, osmonda aylanib-aylanib, so‘ng uyachalari yonidagi shoxlarga qo‘nishadida, yangi o‘rgangan allaqanday qo‘shiqlarini yengiltaklik bilan bir-ikki takrorlab, yengil qanotlarini yaltiratib uchib ketishadi.
Mana, sovuq kunlar ham boshlandi. Io‘lga otlanmoq kerak. Shunday qilib qudratli tabiatning hukmi irodasi bilan chug‘urchiqlar yo‘lboshchisi bir kuni ertalab safar xabarinn beradi. Shundan keyin osmoniy otliqlar eskadron-eskadronlarga bo‘linishib, ko‘kka ko‘tarilishadida, shiddat bilan janub tomonga yo‘l olishadi.
Xayr, aziz qushchalar! Bahorda qaytib kelinglar. Uyala-ringiz sizlarga muntazir.

A.I. Kiprin

Manba: kitob.uz

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *