IMG_20131207_153617

BOLALAR KITOB DOKONIDAN FOTOREPORTAJ!

Xitoyda shanba va yakshanba kunlari dars bo’lmaydi. Dam olish kunlari esa biz uchun doim odatda bir hil o’tadi. Tushga yaqin uyqudan turish va tushlikni qilib bo’lgach esa butun shahar bo’ylab aylanib, o’zimiz uchun notanish bo’lgan, hududlarni kashf qilish bilan o’tadi. Bu galgi tanlovimiz biror bir kitob dokoni topib, u yerdagi kitoblar savdosi bilan tanishmoqchi bo’ldik. Universitetimizga eng yaqin bo’lgan kitob do’koniga bordik. 5 qavatli binoni 4 qavati kitob bilan liq to’la. Kitob dokonini kattaligini tasavur qilish uchun bizni O’zbekistondagi eng katta kitob dokoni agar “Sharq ziyokori” dokoni bo’ladigan bo’lsa, bu kitob dokonining har bir qavatini kattaligi “Sharq ziyokori”dan 10 barobar katta. :) Bu yerdagi kitoblar tirajiyu odamlarga yaratilgan qulayliklar alohida mavzu. Bu yerda nafaqat xitoy va uyg’ur tilidagi adabiyotlarni balki ko’pgina tillarda: ingliz, rus, qozoq, qirg’iz tilidan tortib mangol tilida chiqqan adabiyotlar uchun ham alohida bo’limlar qilingan ekan. Lekin o’zbek tilidagi adabiyotlarni topa olmadim.  Men bilan borgan sherigim Ozod akani xitoy tili darajasi ancha yuqori bo’lganligi uchun uni xitoy adabiyotlari qurshovida qoldirib, men o’zim uchun qiziqroq bo’lgan narsalarni qidira boshladim. Buni qarangki 3-qavatdan buni topdim. Bu yer bolalar kitoblari, bolalar adabiyoti bo’limi ekan. Butun bir qavat bolalarga bag’ishlangan. Tabiyki bu yer shirindan shakar bolajonlar bilan to’lgan. Men uchun bolakaylarni kitob dukonlariga kelishi uyoqda tursin, bunday bo’limni borligi ham yangilik edi. O’zim tushub qolgan manzaradan hayratlanib ulgurmasimdan, yon atrofdagi bolajonlarni miriqib kitoblarni ko’rayotgani va shu yerni o’zida huddi kattalardek o’tirvolib mutoala qilayotganini ko’rib “shok” xolatiga tushib qoldim. :) Hayratdan zavqimni yashira olmay sekin telifonimni chiqardim va rasmga ola boshladim. Lekin manzara shunchalik odamni zavqini oshirar ediki rasmga bildirmasdan, o’ta sekinlik bilan olishga harakat qildim. Chunki bolajonlarni cho’chirvorishdan qo’rqardim. Quyida o’sha holatlar aks etgan rasmlarni ilova qilaman.

IMG_20131207_153847 IMG_20131207_154233 IMG_20131207_154216 IMG_20131207_154107 IMG_20131207_154027 IMG_20131207_153945 IMG_20131207_153905 IMG_20131207_153814 IMG_20131207_153714 IMG_20131207_153644 IMG_20131207_153617 IMG_20131207_153533 IMG_20131207_153522 IMG_20131207_153457 IMG_20131207_153221 IMG_20131207_153027 1111 333 222 55 44

Bu yerdagi manzaradan hayratlanib Ozod aka(@Mardiyevich)ga to’lqinlanib gapirdim. U bu manzarani ko’rib yig’lagisi kelganini aytdi. Men unga javoban qalbimda yangi orzu va niyatlar tug’ulganini bizning yurtimda ham bunday joylarni tashkil qilish kerak ekanligini aytdim. Ezgu tilaklar ijobati uzoqqa bormaydi degan gap rost ekan. Shu kuni kechqurin O’zbekistonda 2014 yilni «Sog’lom bola» yili deb e’lon qilinganini eshitdim va quvondim. Sog’lom farzandlarimizni sog’lom fikrli, teran aqil sohiblari qilib tarbiyalashimizda bunday joylarni ko’plab barpo etish kerakligi haqida o’yladim…

Mana ta’lim tarbiyani nimadan boshlash kerak….

8.12.2013

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *