4989572983_37ef17403d_z

Ajoyib havo, Kechki sayr, Ikki hamroh yo’lga chiqdi. Men va Hayollarim.!

Ajoyib havo, Kechki sayr, Ikki hamroh yo’lga chiqdi. 

Men va hayollarim.!

Ushbu satrlar Twitter ijtimoiy tarmog’I shaxsiy sahifamda paydo bo’ldi. Bu esa mening odatdagi ish kunim tugab, qadrdon uyim tomon oshiqayotganimni bildirardi. Ushbu tanish holat hayotimning ajralmas bir qismiga aylanishga ham  ulgurdi. Chunki, kun bo’yi davom etgan  ish jarayonlari, hayot tashvishlaridan biroz chalg’ish maqsadida yo’lning ma’lum bir qismini piyoda bosib o’tish odati menga juda yoqardi. Butun yo’l mobaynida menga hamroh bo’lgan xayollarim, fikrlarimni esa ijtimoiy tarmoqlar orqali do’stlarim bilan baham ko’rishga harakat qilardim. Ularning yozgan qiziqarli gaplarini, hayotlarida bo’layotgan o’zgarishlarni bilishga qiziqardim.  Go’yoki, virtual do’stlarim ham men bilan birgadek. Bugun ham huddi shunday bo’ldi. Buni qarangki, shu kuni  Twitter tarmog’i orqali shartli ravishda #Asabga_teguvchi_savollar rukni ostida ajoyib,  qiziqarli muhokama bo’lib o’tdi. Unda odamlar tomonidan kundalik hayotimizda tez-tez uchrab turadigan, biroz kulguli, bazi o’rinlarda chuqur o’ylab ko’rishga, fikrlashga, majbur qiladigan savol va gaplar yozila boshlandi. Yozilayotgan har bir savolga twitter foydalanuvchilari tomonidan “Asabga tegadigan savol”, deya tarif berilardi. Muhokamalar shu darajada qizib ketdiki, xatto avtobus bekatiga qanday yetib kelganimni ham sezmay qoldim. Yo’lning qolgan qismini transportda davom ettirishga qaror qilib, avtobusga chiqdim. Eng qizig’i shundaki, avtobus kelgan vaqtda ham, unga chiqqanimdan keyin ham telefonimdan deyarli bosh ko’tarmasdim. Faqat qaysidir foydalanuvchi tomonidan yozilgan “Nega odamlar o’qimay qo’ydi?”, “Nega yoshlarimiz o’zgarib ketayapti?”, degan savollarni o’qib rostdan jaxlim chiqdi. Chunki, oxirgi vaqtlarda tashvishli bo’lsada, ushbu savol OAV lari tomonida shu darajada ko’p ishlatilmoqda ediki, haqiqatdan ham asabga tegadigan darajaga borib yetishga ulgurdi. Etiborimni tortgan mazkur savoldan so’ng boshimni telefonimdan ko’tarib atrofga qaradim. Yo’lovchilar soni har qachongidan ancha kam, asosan yoshlar va o’rta yoshlilardan iborat bo’lib, avtobusda bemalol o’tirib ketish uchun joylar yetarli edi. Lekin men ko’rgan yo’lovchilarning  50/60 foizga  yaqini,  o’qir edi. Balki, ishonmassiz, lekin bu jarayon xuddiki «Shurik filmidagi» imtixonga tayyorgarlik ko’rayotgan talabalarni avtobusga chiqish sahnasiga o’xshardi.

15

Ha, haqiqatdan ham ko’pchilik o’qish bilan band edi. Faqat buning o’sha filmdan yagona farqi — odamlar qo’lida biror — bir kitob,  gazeta emas, balki, mobil telefon yoki internetga chiqa oladigan boshqa qurulmalar bor edi. Jarayonni kuzata turib, odamlarda o’qishga, o’rganishga bo’lgan extiyoj hech qachon yo’qolmaganini balki, bu narsa turli davrlarda turlicha ko’rinish olganini ko’rdim.  Vaqt va zamon, taraqqiyot va sivilizatsiyani hech qachon to’xtatib bo’lmaganidek, odamlarni ham hech vaqt  o’qimay qo’yganlikda ayblay olmaymiz.

17

Alabatta internet orqali ma’lumot o’qish bilan badiy adabiyot o’rtasida osmon bilan yercha farq bor.  Buni solishtirishning o’zi axmoqlikdan boshqa narsa emas. Ayniqsa bugungi yoshlarimizni aksaryati internet deganda — faqat ijtimoiy tarmoqlarni tushunishi ancha achinarli xol. Lekin fan tili bilan aytganda texnika rivojlangan bugungi axborot asrida, odamlar uchun eng muxim narsa hali ham ma’lumotlar, raqamlar va yangiliklar bo’lib qolmoqda.

Talabalik davrimda ustozimning aytgan bir gaplarini esladim.

«Dunyodagi jamiyki narsalarni  rivojlanishida, taraqqiy etishining asosida, inson tabiati uning extiyojlari yashirin».

Bu gapni qanchalik    to’g’ri ekanligi allaqachon o’z isbotini topgan. Insoniyat  o’qishga extiyoji borligidan yozuvni, qog’ozni, kitob bosish uskunasini yaratdi. Yaqinda Amerikada o’tkazilgan ijtimoiy so’rovlar natijasiga ko’ra Guttenbergni ixtirosi butun insonyat tarixi mobaynida qilgan eng buyuk kashfiyotlar qatoridan joy oldi. Faqat yuqorida aytib o’tilganidek odamlar tabiatida qulaylikka, oson yo’ldan yurishga bo’lgan o’rni kelganda salbiy tomonga xizmat qiladigan xislatlari ham borki bu bir jixatdan taraqiyotga xizmat qilsa boshqa tarafdan insonlarni kitob o’qishdan aniqrog’i ko’proq kitoblar o’qishdan maxrum qilmoqda. Shuning uchun ham ko’pchiligimiz shu onson yo’lni tanlayapmiz yaniy biror bir kitobni o’qigandan ko’ra u haqdagi qisqa sharxni internet orqali o’qishni maqul ko’ramiz agar shunga ham erinmasak. Bu esa bizning tabiatimizga hos narsa.

Aytmoqchi bo’lganim kitob o’qimay qo’yganligimiz haqida bosh qotirgandan ko’ra kitob o’qishni tabiy har kungi extiyojga aylantirsak to’g’rirog’I aylantira olsakgina ko’zlangan o’sha buyuk maqsadlarga yetishishimiz mumkin.

Buning uchun esa turli manbalarda turli maslahatlar berilgan. Men esa shunchaki talabalik davrimizda guruhimiz bollari bilan xar stependiya olganimizda kitob magazilariga borishni odat qilganimizni. Kursdoshlarimizda bir do’stim yaxshi ko’rgan qiziga hammani oldida kitob sovg’a qilganligini o’rnak qilib ko’rsatishim mumkin. Yani shunday xarakatlar bilan uyingizda kutubxona tashkil qilsangiz uyda turgan kitoblarni bir kunmas bir kun albatta o’qiysiz. Hech bo’lmaganda telifoningizda  pul tugab qolgan paytlarda J Bu haqda ko’proq fikr yuritmoqchi edim lekin “Qani sizda nima ekan.?”degan konduktorning ovozi meni xushyor bo’lishga majbur qildi. Pulini to’lab bo’lgach o’z o’zidan  Twitterdagi Asabga tegadigan savollar rukniga konduktirni ushbu gaplarini yozib qo’ydim.  :)

Yana o’z xayollarim bilan yo’lni davom etmoqchi edim qarama qarshi o’rindiqda birqizni kitob o’qib o’tirganligiga ko’zim tushdi. Aytish kerakki u kitobni shunday berilibo’qirdiki bazan uni yuzida miyig’ida tabassum bazan esa qoshlari chimirilgan xoldavajoxatni ko’rish mumkin edi. Uning yuzida mimikani ko’rib o’qiyotgan kitobixaqiqatda juda qiziqday tuyulardi. Bu holatni ko’rib endi men butunlay telifonimni unutgan u qizdan esa sira ko’zlarimni uzolmas edim. Uning shu  samimiyat bilan kitob o’qib o’tirishida o’zimga allaqanday ma’nolar qidirardim. Meni etiborimni shu darajada tortgan qizni darrov atrofdagilar bilan solishtira boshladim. Aftobusdagi  boshqa qizlarni internetdan bir — biriga rasmlarini ko’rsatib xandon otib kulayotganlarini ko’rib o’zimga o’zim savol berdim. Savol bo’lganda ham asabga tegmedigan savol. “Kitob o’qigan qizlar baribiram boshqacha tog’rimi?” :)

Uyga yetib kelganimda shunga amin bo’ldimki o’ylaganimdek ish charchog’laridan forig’ bo’lish o’rniga miyamni har xil keraksiz ma’lumotlar bilan to’ldiribman. Va o’ylab qoldim shuncha ketgan vaqtimda bir kitobni qanchadir qismini o’qib chiqishim mumkin eduku. Hech bo’lmaganda ma’naviy jihatdan ancha ozuqa olgan bolardim. Men qaror qildim. Va ertaga aynan shu vaqtda Twitterdagi sahifamda quyidagi so’zlar paydo bo’ldi;

 Ajoyib havo, kechki sayr!, Ikki hamroh yo’lga chiqdi. 

Men va sevimli Kitobim…!

14 aprel 2013 yil

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *