3159111

A.I. Kiprin Yu-yu

3159111Agar aytib beradigan bo‘lsam, Nika, yaxshilab quloq sol. Sharti shu… Qo‘y, oppoq qizim, dasturxonni o‘ynama, popugini ham sochga o‘xshatib o‘rma!..
Unyaig oti Yu-yu edi. Uii biror xitoy mandarini sharafi yokp, Yu-yu papirosi xotirasi uchun emas, shunchaki Yu-yu deb atashar edi. Uch yoshlar chamasidagi bir bola bu mitti mushukchani birinchi ko‘rganida hayron bo‘lganidan ko‘zlarini jovdiratib, lablarini cho‘chchaytirib, hushtak chalgandek Yu-yu dedi. Shu-shu mushukchaning oti Yu-yu bo‘lib qoldi.
A.I. Kiprin
Yu-yu
Agar aytib beradigan bo‘lsam, Nika, yaxshilab quloq sol. Sharti shu… Qo‘y, oppoq qizim, dasturxonni o‘ynama, popugini ham sochga o‘xshatib o‘rma!..
Unyaig oti Yu-yu edi. Uii biror xitoy mandarini sharafi yoki, Yu-yu papirosi xotirasi uchun emas, shunchaki Yu-yu deb atashar edi. Uch yoshlar chamasidagi bir bola bu mitti mushukchani birinchi ko‘rganida hayron bo‘lganidan ko‘zlarini jovdiratib, lablarini cho‘chchaytirib, hushtak chalgandek Yu-yu dedi. Shu-shu mushukchaning oti Yu-yu bo‘lib qoldi.
Dastlab u ikki ko‘zi yarqirab turgan va tumshug‘i oq-pushti, mushtumdakkina momiq bir narsa edi. Bu mushukcha deraza tokchasiga chiqib quyosh nurida pinakka ketardi. Taqsimchadagi sutni ko‘zini qisib xur-xur qilib yalar edi. Panjasi bilan derazaga qo‘ngan pashshalarni tutar, qog‘oz, koptok ipni, o‘zining dumini o‘zi tishlab, polda u yoqdan bu yoqqa yugurib, yumalab o‘ynar edi… Shunday qilib yurib, kichkinagina, mayin, qora qo‘ngir-oq mushukcha qanday qilib katta, kelishgan, mag‘rur hamda hammaning havasi keladigan juda chiroyli mushuk bo‘lib qolganini o‘zimiz ham sezmabmiz.
Lo‘ndasini aytganda, ajoyib mushuk bo‘lib o‘sdi. Cho‘g‘dek yarqiragan xollari bor, dolchin rangli, yumshoq ko‘kragi oq, mo‘ylovi chorak gaz, yunglari o‘siq va tovlanib turadi, orqa oyoqlari jundor. Dumini aytmaysizmi, xuddi chiroq shisha tozalaydigan cho‘tkadek!..
Nika, Bobikni tizzangdan tushir. Nahotki kuchukchaning‘ qulog‘i hadeb burayveradigan sharmankaning qulog‘idaya farq qilmasa? Agar birov sening qulog‘ingdan shunday qilib burasa, nima qilarding? Qo‘y, deyman senga, bo‘lmasa ertak aytib bermayman…
Ana ish bundoq bo‘bdi. Uning eng yaxshi tomoni — odati edi. Jonim Nika, o‘ylab ko‘r-a: biz atrofimizda yashaydigan ko‘pgina hayvonlar to‘grisida hech narsa bilmaymiz. Bu faqat qiziqmaganligimizdan. Masalan, o‘zimiz ko‘rgan itlarni olaylik. Hammasining ham o‘zyga yarasha qilig‘i, xulq-atvori bor. Mushuklarda ham xuddi shu narsani ko‘ramiz. Otlarda ham, hatto qushlarda ham xuddi shunday.
Ammo, ayt-chi, Nika, sen o‘zingga o‘xshagan jonsarak va tinib-tinchimaydigan qizni hech ko‘rganmisan? Nega tek o‘tirmay jimjilog‘ing bilan qovog‘ingni bosyapsan? Qovoqlaring senga ikkita fonar bo‘lib ko‘rinyaptimi? Yeki bo‘lmasa, goh bitta bo‘lib, goh ajralib ikkita bo‘lib ko‘rinyaptimi? Esingda bo‘lsin, qo‘lingni hech vaqt ko‘zingga tekkizma…
Birov senga hayvonlarni yomon desa, hech ishonma. Masalan, senga eshakni ahmoq deb aytishadi. Uzing o‘ylab ko‘r, aksincha, eshak fakat aqlligina emas, balki u juda itoatkor, judayuvosh hamda mehnatsevar hayvondir. Ammo lekin uning ustiga haddan tashqari og‘ir yuk ortib qo‘ygudek bo‘lsang, yoki uni chopqir ot deb o‘ylasang, u darhol taqqa to‘xtaydi-da:
«Buningni men ko‘tara olmayman. Bilganingni qil», deb turib oladi. Uni xohlaganlaricha ursalar ham u turgap yeridan qo‘zg‘almaydi. Otni olsak—tamom boshqacha. U betoqat, asov hamda salga jahlp chiqadigan hayvon. U hatto kuchi yetmagan narsani ham qiladi, hatto chiranib o‘lib ham qoladi…
Yana, g‘ozlan ham ahmoq, degan gap bor… Aslida esa duneda undan aqlliroq parranda yo‘q. G‘oz o‘z egasini qadam tashlashi-dan biladp. Masalan, uyga yarim kechada qaytib kelasan, dar-vozani ochib, ichkari kirasan. Go‘yo bu xonadonda gozlar yo‘qdek. birortasi ha.m churq egmaydi. Bordi-yu, hovliga yot odam kiri.1 qolguday bo‘lsa, larhol g‘ozlarning: «G‘a-g‘a-g‘a! G‘a-g‘a-g‘a! Qim bu birovning hovlisida sanqib yurgap?» — degan vag‘ir-vug‘uri boshlanadi.
Ularning… Nika, qog‘oz chaynama, tupurib tashla… Ular-ning bolalariga mehribonligini bilsang edp! Hali ona goz, hali ota g‘oz — galma-gal tuxum bosib jo‘ja ochadi. Ota goz ona g‘ozdan ancha xushfe’l bo‘ladi. Agar ona goz bo‘sh vaqtlarida suv ichadigan jomashov yonida qo‘shni ona gozlar bilan ayol-larga xos ezmalnk qilib qolgudek bo‘lsa — muhtaram ota g‘oz kelib, tushmug‘i bilan uning bo‘ynidan tutib oladi-da, mehri-bonlik bilan iniga onalik burchini o‘tagani olib kelib qo‘yadi. Bildingmi!
Hammadan ham g‘ozlarning jo‘jalari bilan o‘ynab kelgani chiqishlari qiziq. Oldinda — xo‘jayin, himoyachi ota goz yuradi. U salobat va mag‘rurlik bilan tushmug‘ini osmonga ko‘tarib oladi. Hamma parrandalarga kekkayib qaraydi. Lekin biror o‘yinqaroq kuchukcha yoki, Nika, senga o‘xshagan sho‘x qizcha unga yo‘l bsrmasa, sho‘ri quriydi: u bir zumdayoq bo‘ynini cho‘zib, yer bag‘irlab yugurib, pishqirib, qattiq tushmug‘i bilan cho‘qib oladi. Ertasiga qarabsanki, Nika chap obgining tizzasidan pastini ko‘kartirib yuribdi. Kuchukcha bo‘lsa, 1yuz cho‘qib olgan qulog‘ini silkitgani-silkitgan…
Ota g‘oz ketidan esa gullagan sambit tol momiqlarigao‘xshagan sariq-ko‘kish jo‘jalari bir-biriga g‘uj bo‘lishib chiyq-chiyq qilib borishadi. Ularning bo‘yinlarida hali pat yo‘q. Oyoqlarini zo‘rg‘a-zo‘rg‘a bosishadi — buni ko‘rib, ular ham ota g‘ozdek katta bo‘lishiga ishonmaysan kishp. Ona g‘oz esa— orqada yuradn. To‘g‘risi, buni tasvirlash qiyin — shu qa-dar xushvaqt, shu qadar tantanavor. «Ajoyib erim, do‘mboq bolalarimpi olam tomosha qilsin va hayron qolsin. Men xo-tin, ona bo‘lsam ham, rostini aytaman: dunyoda bulardan yaxshi-rog‘ini topish qiyin!..»—deyayotgandek tuyuladi.
Yana bir narsani yodingda tut, Nika. Avtomobil g‘oz ham-da oyoqlari qiynshq va timsohga o‘xshagan kichkpna itlarni boshqalariga qaraganda kamroq bosadi. Ko‘rinishdan bu it beso‘naqaymi yoki gozmi — buni ajratish ham qiyin.
Yeki, masalan, otni olaylik. Uning to‘g‘risida nimalar deyishmaydi?
Ot—befarosat bo‘ladi, deyishadi. Uning ko‘rki, yugurdakligi va yo‘l tanishligi yaxshi, xolos deyishadi. Agar shu tomonlari bo‘lmasa ot ahmoqning xuddi o‘zginasi emish. Bundan tashqari, u uzoqni ko‘ra olmaydi, injiq, kek saqlaydi hamda kishiga el bo‘lmaydi, deyishadi. Lekin bunday bo‘lmag‘ur gaplarni otni faqat qorongn otxonada boqadigan, ushshg qulunligidan boshlab parvarish qilishning nash’asini bilmaydigan, ot o‘zini yuvib-tarashlab, vaqtida taqalatib, vaqtida suvini, yemini berib turadigan odamni qanday yaxshi ko‘rishini hatto his ham qila olmaydigan kishilargina gapiradi. Bunday kishilar otga minsa, uning miyasida: «Tag‘in tepib olmasmikin, tishlamasmikin, yiqitib ketmasmikin…» degan fikr bo‘ladi. Otning suvlig‘ini chiqarib qo‘yish, yo‘lga chiqqudek bo‘lsa—tekisroq yerdan yurish, vaqtida sug‘orib turish, qantarib qo‘ygan vaqtda ustiga yopqu tashlash yoki o‘zining choponini yopib qo‘yish esa xayoliga kelmaydi ham… Xo‘sh, ot undan nimaga minnatdor bo‘ladi, o‘zing aytchi, Nika?
Undan ko‘ra ot haqida biror chavandozdan so‘rab ko‘r, u senga hamma vaqt: «Ot qadrshsh biladigan odamning ko‘liga tushsa, dunyoda undan aqlliroq, undan mehribonroq va shaf-qatliroq hayvon yo‘q», deb javob beradn.
Arablarda esa ot oila a’zosi hisoblanadi. Ular yosh bolalarini ishonchli enagalariga tashlab ketgandek, otga tash-lab keta beradilar. Xotirjam bo‘l, Nika, bunaqa ot chiyon ko‘rsa tuyog‘s bilan ezgilab o‘ldiradi, yirtqich hayvonni esa tyopkilab yo‘latmaydi. Bordi-yu, irkit go‘dak duch kelgan tomonga, yoki ilon bor tikanzorga qarab emaklab qolgudek bo‘lsa, ot uni sekingina ko‘ylagining yoqasidan, yoki bo‘lmasa ishtoni-dan tishlab: «esi yo‘q, u yoqqa emaklama», degandek chodirga ko‘tarib olib kelib qo‘yadi.
Ba’zan hatto ot o‘z egasini qo‘msab ko‘z yoshi to‘qib, odamlardek yig‘laydi va hatto o‘lib qoladi.

Mana, masalan, zaparojyelik kazaklar ot haqida hamda uning o‘lib ketgan egasi to‘g‘risida shunday ashula aytishadi. Ot egasi keng dalada o‘lib yotgan
bo‘ladi-yu, ammo:

Oti jonivor aylanar edi
Atrofida haydab pashshasin;
Ko‘zlariga tikilar edi,
Yuzlariga suv purkab uning…

Xo‘sh? Qaysi birining gapi to‘g‘ri? Shunchaki ot mingan odamning gapi to‘g‘rimi yoki haqiqiy chavandozning gapimi?..
Obbo sen-ey, haliyam mushukni unutganing yo‘qmi? Yaxshi, unday bo‘lsa, men senga yana o‘sha mushuk haqida gapirib beraman.
Afsus. Senga yana juda ko‘p narsalarni hikoya qilib bermoqchi edim: tahqirlangan cho‘chqalarning ozoda va aqlli ekanlik-larini, qarg‘alarning zanjirdagi itning og‘zidagi suyagini ham har maqomga solib aldab olib qochib ketishlarini, tuyalarning…
Ha-ha, mayli, tuyalarni gapirmay mushuk haqida aytib bera qolay bo‘lmasa.
Yu-yu uyda xohlagan yerida uxlayverardi. Uni ko‘pincha divanda, yoki gilamda, yoki stulda, yoki piapinodagi nota daftari ustida yotganini ko‘rardik. U taxlab qo‘yilgan gazetalarning eng ustidagisining orasiga kirib uxlashni yoqtirardi: chunki bosmaxona bo‘yoqlarida mushukka yoqadigan qandaydir bir xushbo‘y hid bo‘ladi, bundan tashqari, qog‘oz o‘zida issiqni yaxshi saqlaydi.
Uydagilar uygonishdi deguncha, u eng avval mening oldimga kirib kelardi. Ammo har gal ham uning ziyrak quloqlariga qo‘shnm xonada yetadigan bolalarning ertalabki mayin va yoqimtoy tovushlari eshitilgandan keyingina kslardi.
Yu-yu zich yopilmagan eshikni tumshug‘i hamda oyoqlari bi-lan uyga ochib ko‘rar, akrab to‘shagimga chiqar, pushti rang burni bilan qo‘lpmga yoki yuzimga turtkilar va qisqagina qk-lib «xurrr» deb qo‘yardi.
U umrida biror marta ham miyovlamagan. Faqat «xurrr» deb qo‘yardi. Biroq uning bu tovushida hali erkalanish, hali hayajon, hali talab, hali rad etmsh, hali tashakkur, hali xafalik, hali o‘pkalash kabi turli-tuman ma’no bo‘lardi. Qisqagina qilib «xurrr» degani hamma vaqt: «Mening ketimdai yur» degani edi.
Yu-yu sakrab pastga tushardida, hech qayoqqa qaramay to‘g‘ri eshik tomonga yurardi. Men uning izmidan chiqmay orqasidan borayotganimga shubha qilmasdi.
Mep doim uning xohishini bajarardim. Tez-tez kiyinardimda, nim qorongp no‘lakka chiqardim. Yu-yu to‘rt yashar o‘gilcham onasi bilan uxlaydigan uy eshigi yonida ajoyib ko‘zipi jovdiratib, meni kutib turardi. Men eshikni qiya qilib ochardim. U bundan mamnun bo‘lib «xurrr» derdi-da, momiqday dumlariii egribugri qilib hilpiratib, bolalar yetgan xonaga kirib ketardi.
Ichkarida — odat bo‘lib qolgan ertalabki salomlashish boshlanardi. Avval, Yu-yu sakrab bekaning to‘shagi ustiga chiqar edi. Bu uning rasmiy salomi edi. Keyin «xurrr! Salom, bekach!» derdi-da tumshug‘i bilan onaning qo‘lini, yuzini siypalardi, tamom. Keyin pastga tushardi va sakrab to‘r tutilgan kichkina karavotga chiqib olardi.
«Xurrr, xurrr! Salom, o‘rtoqjon! Yaxshi uxlabturdingmi?»
Yu-yushajon! Yushajon! Oppoq Yushajon!—deb bir-biri bilan salomlashardi.
Shu zahotiyoq narigi karavotdan boshqa ovoz eshitilardi: — Qolya, mushukni o‘pma deb senga yuz marta aytdik! Mushukda mikrob ko‘p…
Yu-yu hech qachon tilanchilik qilmasdi. Aksincha, ko‘rsatgan marhamatlari uchun qisqagina qilib, samimiy tashakkur bildirardi. Ammo bolaning go‘shtxonadan qaytar paytini, uning qadamini mushuk yaxshi bilardi. Agar u tashqarida bo‘lsa, ostonada go‘sht tashlashlarini kutib turardi. Bordi-yu uyda bo‘lsa, go‘sht yeyish uchun oshxonaga yugurardi. Oshxona eshigini esa, juda epchillik bilan o‘zi ochib kirardi. Eshikning dasta-si bolalar yotadigan xonaning eshigidagi kabi suyakdan bo‘lmay, uzun misdan edi. Yu-yu sakrab ana shu dastaga osilib olardida, uni oldingi ikki oyog‘i bilan mahkam ushlab, orqa oyoqlarini devorga tirardi. So‘ng ixcham tanasi bilan ikki-uch marta itarsa, eshik ochila qolardi.
Ba’zan bola qo‘lidagi go‘shtni tilishlash yoki tortish bi-lan ko‘proq ovora bo‘lib qolardi. Bunday paytlarda Yu-yu chidab tura olmay, stolning bir chekkasiga tirmashib chiqibolardida, dorga chiqqan dorbozdek, dam oldinga, dam orqaga bo‘ynini cho‘zib tebranardi. Lekin tovushini chiqarmasdi.
Bola bo‘lsa qip-qizil yuzli, xushchaqchaq, qiziqchi va sho‘x edi. Hamma hayvonlarni yaxshi ko‘rardi, ayniqsa Yu-yuni joni dilidan sevar edi. Ammo Yu-yu hatto yoniga yo‘latmas, qo‘l tekkizishga ham qo‘ymas edi. Unga mensimagandek bir qarardi-yu, so‘ng chetga sakrardi. Yu-yu shunaqa mag‘rur mushuk edi. Bola uning nazarida shunchaki go‘sht tashuvchigina edi, xolos. Yu-yu uyidan, himmati muruvvatidan tashqarida bo‘lgan va unga bog‘liq bo‘lmagan hamma narsaga loqaydlik bilan qarardi. Bizga esa alohida lutf-ikrom ko‘rsatardi.
Men uning buyurganini qilishni yaxshi ko‘rardim. Mana, masalan, bir kuni parnikka ekilgan qovun ko‘chatlarini o‘tayotgandim. Kun tandirdek qizigan, lovullab yerning tapti urib turardi. Bir vaqt Yu-yu oldimga tovushsiz keldi:
«Xurrr»
Bu uning: «Yuring, chanqadim», degani edi.
Men qaddimni zo‘rg‘a ko‘tardim. Yu-yu bo‘lea allaqachonoq oldinga tushib olgan edi. Menga biron marta ham qayrilib qaramasdi. Shunday paytda men yo‘q deya olarmidim yoki loa-qal hayallashim mumkinmidi? U meni polizdan hovliga, hovlidan oshxonaga, oshxonadan yo‘lakka, keyin mening xonamga boshlardi. Men unga hurmat yuzasidan eshiklarni ochib, o‘zimdan ilgari ichkarp kirishini kutib turardim. Nihoyat uyga kirgach, u lip etnb sakrardi-yu, suv kelishi uchun jo‘mrak o‘tkazilgan bet-qo‘l yuviladigann joyga chiqib, uning marmar qirg‘oqlariga uch oyoqlab tarmashib olardi, bir oyog‘ini langar qilib, menga qiya boqardida: «Xurr! Suv oqizing», derdi.
Men jo‘mrakni burab, jildiratib suv oqizardim. Yu-yu bo‘ynini g‘alati qilib cho‘zib ingichka, pushti rang tili bilan uni tez-tez chapillatib yalay boshlardi.
Mushuklar suvni ahyon-ahyonda ichadi-yu, ammo birakayiga ichadi. Men ba’zan jo‘rttaga, qani sinab ko‘raychi, deb hazillashib, sirlangan, to‘rt quloqli jo‘mrak dastasini sekin «burab qo‘yardim. So‘ng suv bitta-bitta tomchilab tusha boshlardi. Yu-yu norozi bo‘lardi. Noqulay turgan joyida hurpayib qarardi. Kahrabodek sap-sariq ko‘zlarini menga tikib, rostakamiga o‘pkalanardi:
«Xurrr! Qo‘ysangiz-chi bema’ni hazilingizni!..»
So‘ng burni bilan bir necha marta jo‘mrakka surkalardi.
Men o‘z qilmishimdan o‘zim uyalib ketardim. Undan uzrso‘ragandek jo‘mrakni burab suvni keragicha oqizardim.
Yeki masalan:
Yu-yu yerda, keng va yumshoq divan yonida o‘tirardi; oldida gazeta. Men uyga kirib Yu-yuni ko‘rib to‘xtar edim. U menga chaqchayganicha kiprik qoqmay tikilib qarardi. Men ham unga qarardim. Shu zaylda bir lahza vaqt o‘tardi. Men Yu-yuning ko‘zlaridan:
«Menga nima kerakligini bilib turib, jo‘rttaga shunday qilyapsiz, baribir hech ham so‘ramayman», degan ma’noni uqib olardim.
Men engashib endi gazetani ko‘tardim degunimcha, u sekingina lip etib yumshoq divanga chiqardi. Menga qarashlari ham muloyim bo‘lib qolardi. Men gazetadan ikki qavatli kapa yasab Yu-yuning ustiga yopardim. Gazetadan faqat uning momiq dumi chiqib qolardi. Lekin sekin-sekin u dumini ham qog‘oz
tagiga tortib olardi. So‘ng bir-ikki marta qog‘oz shitirlagan, qimirlagan bo‘lardi-yu, shu bilan Yu-yu uyquga ketardi. Men oyoq uchida yurib tashqariga chiqardim.
Men ba’zan Yu-yu bilan vaqtimni juda xush o‘tkazardim. Bunday damlar, ayniqsa kechalari yozib o‘tirgan chog‘larimda bo‘lib turardi: yozish ko‘p mashaqqatli ish-u, unga kirishib, ishni o‘zingniki qilib olganingdan keyin,kishiga juda ajoyib zavq-huzur baxsh etadi.
Qitir-qitir qilib yozganing-yozgan. Bir yeriga kelib to‘satdan, qandaydir o‘zingga kerakli so‘zni topa olmay qolasan. So‘ng beixtiyor to‘xtaysan. Qanchalik og‘ir sukunat! Qulog‘ingga chiroqdagi lampa moyining juda sekin shig‘illab yonayotgani-yu dengiz mavjining jonsiz shovqinigina sal-pal eshitilib tu-radi, xolos. Bundan esa qop-qorong‘i tun qo‘yniga yana ham og‘irroq jimlik cho‘kadi. Butun borliq; odamlar ham, otlar ham, qushlar ham, bolalar ham, narigi xonadagi Kolyaning o‘ynchoqlari ham — hamma-hammasi uyquda. Hatto itlar ham hurimaydi — uyquga ketgan. Ko‘zlaring yumilib-yumilib ketadi. Uyqu bosganidan miyangga kelgan fikrlar tarqab, uchib ketadi. Qayerda o‘tirganingni ham bilmaysan kishi: qalin, zimiston o‘rmondami yokiqandaydir bir baland minora tepasidami? So‘ng bir nimaning sekin lip etib sakrashidan cho‘chib uyg‘onib ketasan. Bu — Yu-yu. U yerdan stolga yentil irg‘ib chiqadi. Hatto qachon kelganini bilmay qolasan kishi.
U, stolga chiqib ag‘anaydi, erkalanib, surkalib, joy tanlaydi va o‘ng tomonimga kelib bukchayib o‘tirib oladi: biram momiqdek yumshoqki, asti qo‘yavering; to‘rt oyog‘ini bir yerga yig‘ib, berkitib oladi, faqat oldingi ikki oyog‘ining panjala-rigina baxmal qo‘lqopchaga o‘xshab salpal ko‘rinib turadi.
Men yana tez-tez va juda berilib yoza boshlayman. Ahyon-ahyonda, boshimni burmay, unga bir nazar tashlab qo‘yaman: u ‘Menga sal o‘girilib o‘tirgan bo‘ladi. Uning ko‘ndalangiga o‘r-nashgan pichoq tig‘idek qorachiqli katta-katta zumrad ko‘zlari pechkada yonayotgan o‘tga tikilgan bo‘lardi. Ammo Yu-yu xuddi shu-ni poylab turgandek, mening bu bir zumlik kiprik qoqishim-ni darhol payqardi-yu, o‘zining ixcham tumshug‘ini menga o‘girardi. Uning ingichka «o‘z qorachiqlari birpasda kengayib, qop-qora halqalar tashkil qilardi, atrofini esa kahrabodek sap-sariq jiyak qoplab olardi. Mayli, Yu-yu, shunday qilib, yozishda yana davom etamiz, deyman.
Pero qitir-qitir etgani-etgan. Kerakli so‘zlar o‘z-o‘zidan quyilib kela boshlaydi. Birin-ketin itoatkorlik bilan rang-barang jumlalar tuzpladi. Biroq, sekin-sekin boshing g‘ovlaydi, beling og‘riydi, so‘ng barmoqlaring titray boshlaydi. Bo‘ldi qilsakmikin?
Yu-yu ham vaqt bo‘ldi, deb o‘ylaydi. U allaqachon o‘ziga ermak topib olgan: qog‘ozga tushayotgan har bir jumlani diq-qat bilan kuzatib, peromga tikiladi. Go‘yo men perodan qog‘ozga qandaydir kichkina va qop-qora mayibmayriq pashshalar tushirayotgandek faraz qiladi. Ko‘ribsizki, birdan panjasi bilan eng so‘nggp pashshani tappa bosadi- Zarba nishonga to‘g‘ri va tez uriladi: qogoz betiga siyoh qop-qora qon bo‘lib yoyiladi. Yur, uxlaymiz, Yu-yushka. Mayli, papshalar ham ertalabgacha uxlasha qolsin.
Tong yaqinlashib qolgani uchun, derazam tagidagi men yaxshch ko‘radigan shumtolning quyuq soyasini ajratsa bo‘lardi. !Yu-yu sekin kirib, oyoq tomonimga ko‘rpa ustiga g‘ujanak bo‘lib oladi.
Bir kuni Yu-yushkaning do‘sti va uni qiynaydigan Kolya betob bulib qoldi.
Mushukni kasal bolaning oldiga kiritmay qo‘ydik. Ammo, to‘g‘rp ish qildik. Chunki Yu-yu bir nimani qulatibyoki tushirib yuborib, bolani uyg‘otpb qo‘yishi yoki cho‘chitib yuborishi mumkin edi. Shu sababdan bir muncha vaqt Yu-yuni bolalar xonayeiga yo‘-latmadpk. U tezda gap nimadaligiga tushundi va xuddi itga o‘xshab, tumshug‘ini eshikning tirqishiga tirab, polga yotib olib, butun tashvishlp kunlarni shu yo‘sinda o‘tkazdi; faqat har zamon har zamondagina ovqat yegani, yoki bo‘lmasa bir oz aylanib kelgani chiqpb ketar edi, xolos. Haydab yuborishning iloji bo‘lmadi. Bundan tashqari rahmimiz ham keldi. Bolalar xonasiga uni bosib o‘tilardi; u bechora oyoq ostida yotib turtki yerdi: dumini va panjalarini bosib olishardi, ba’zan esa shoshilishib yoki toqatsizlik qilib itqitib yuborishardi. U faqat «mag‘g‘g‘» etardi-yu, o‘tuvchiga yo‘l berib, yana boyagi-boya-gicha qaysarlik bilan o‘z joyiga qaytib kelib yotar edi. Mushuk zotining bunaqa fe’lini men shu vaqtgacha hech qachon eshitmagan ham, o‘qimagan ham edim. Hatto uncha buncha narsalardan taajjublanmaydigan daktorlar ham hayron qolishdi. Bir kuni doktor Shevchenko kulyb:
— Juda ajoyib mushugingiz bor ekan. Qorovullik qila-di-ya! Tavba, juda qiziq…
— dedi menga.
Eh, Nika, uning qilig‘i menga qiziq ham, kulgili ham tuyulmas edi. Bolaga bo‘lgan hamdardligi uchun hozirgacha dilimda unga minnatdorlik saqlab kelaman…
Hammadan ham mana bunisiga ajablanasan kishi: Kolya-ning kasalida xatarli kunlar o‘tgach, u sekin-asta tuzala boshladi. Unga ko‘ngli tusagan ovqatini xohlagancha yeyishga, o‘tirgan joyida o‘ynashga ruxsat berishdi. Shundan so‘nggina Yu-yu o‘z postidan ketdi. U karavotimga chiqib olib, uyalmasdan alla mahalgacha uxlaydigan bo‘ldi. Kolyabirinchi marta chaqirganida hayajonini sezdirmadi. Kolya uni mijgaladi, siladi-siypadi, hatto quvonganidan negadir «Yushkevich!» deb yubordi. Yu-yu bo‘lsa, uning halikuchsiz qo‘llaridan epchillik bilan buralib chiqdida, «xurrr» etib polga sakrab tushib, ketib qoldi.
Endi senga, qizginam Nika, shunday voqealarni aytib beramanki, hatto o‘zing ham ishonmaysan. Chunki, bu hikoyamni kimlarga aytib bergan bo‘lmayin biri — bir oz ishonqiramay, biri — bir oz istehzo bilan kulib, biri
— noilojlikdan bir oz andishaga borib tinglashar edi. Hatto do‘stlarim ham ba’zan betimga to‘g‘ridan-to‘g‘ri: «Yezuvchi xalqining hammasi xayolpa rast bo‘ladimi deyman-da! Hatto hasad ham qilasan, kishi. Mushukning telefonda gapirmoqchi bo‘lganini kim, qayerda E1pitibdi yoki ko‘ribdi ekan! Shu ham gap bo‘ldimi endi!..»
— deyishardi.
Lekin Yu-yu telefonda gapirmoqchi bo‘lgani rost. Mana ishonmasang quloq sol, Nika, men senga buning qanday bo‘lganini aytib beraman.
Kolya tuzalib to‘shakdan turgaida ozib ketgan, rang-ro‘yi bir ahvolda edi; lablaridan qoni qochgan, ko‘zlari ichichiga botib ketgan, qo‘llarini aytmaysanmi, cho‘pdek qiltirab qolgan edi. Men senga, kishi qalbi qanchalik bitmas-tuganmas kuch-quvvatga, g‘ayratga ega bo‘lishini aytgan edim. Kolyani bir oz dam olib, semirib kelsin deb onasi bilan birga ikki yuz chaqirim naridagi yaxshi sanatoriyga jo‘natdik. Sanatoriy telefon simi orqali Petrograd bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanar, agar qat’iyroq talab qilinadigan bo‘lsa, bizning shaharchamiz bilan ham aloqa bog‘lash mumkin edi. U yog‘i esa yana oson
— chunki uyimizda telefsnimizbor edi. Bunga tezda Kolyaning oyisining fahmi yetdi shekilli, bir «uni telefon jin-g‘irlab qoldi. Juda xursand bo‘lib, hatto taajjublanib telefondan menga aziz bo‘lgan kishilarning avval xotinimning, bir oz charchagan, lekin dadil gaplarini, keyin quvnoq bola ovozini eshitdim.
Yu-yu katta-kichik—ikkita oshnasining uyda birdan yo‘q bo‘lib qolganidan uzoq vaqt hayron bo‘lib, tashvishlanib yurdi. U, uyda u yoqdan-bu yoqqa yurar, burchak-burchakka borib burni bilan surkalar edi. Surkalardi-yu so‘ng ma’noli qilib: «Mik! deb qo‘yardi. Yu-yuni qancha vaqtdan beri bilardim-u, lekin undan bunday so‘zni birinchi marta eshitishim edi. Men bu so‘zning mushukchasiga nima ekanligini aytib berolmayman-u, ammo o‘zimizchasiga aniq: «Nima bo‘ldi? Qani ular? Qayoqqa berkinishdi?» — degani bo‘lsa kerak deb o‘ylayman.
Yu-yu shunday derdi-yu, kahrabodek katta-katta, sap-sariq, bir oz moviy ko‘zlarini menga tikib qarardi. Men uning bunday ko‘z qarashlaridan hayronlik va shu bilan birga qat’iy savolni o‘qir edim.
U yana yotadigan joyini o‘zgartirib mening yozuv stolim bilan karavot o‘rtasidagi torgina joyga, quruq pol ustiga makon qurib oldi. Men uni yumshoq kursi ustiga yoki kara-votga qancha chaqirmayin, u bunga hech ko‘nmadi, aksincha, men uni ko‘tarib olib kelib qo‘ysam, bir lahzagina o‘tirardi-yu, so‘ng yana iltifot bildirib, sekingina sakrab tushardi-da, yana boyagi o‘zining qorong‘i, qattiq, zax burchagiga yotib olardi.
Telefon apparati kiraverishdagi kichkinagina xonada bo‘lib, yoniga orqa suyanchig‘i yo‘q poxol kursi qo‘yilgan yumaloq stol ustida turardi. Esimda yo‘q, ammo bir gal sanatoriy bilan telefonda gaplashayotib, oyog‘imning tagida quloq solib utirgan Yu-yuni ko‘rib qoldim. Dastlabki gaplashganimizda shunday qilgani yodimda. Yu-yu har gal telefon jiringladi degunchayoq, yugurib uning oldiga keladigan bo‘lib koldi, hatto, oxiri, yotadigan joyini ham shu telefon o‘rnatilgan xonaga ko‘chirdi.
Men uni juda kech tushundim. Bir kuni Kolyani erkalab gapirayotsam, u tovushsiz poldan irg‘ib kiftimga chiqib oldi va joylashib, qulog‘ini dikkaytirib, momiqday yumshoq tumshug‘ini telefonga cho‘zdi.
Shundan keyin men, mushuklarning eshitish qobiliyati a’lo darajada bo‘lishini, hatto bunday o‘ylab qaraganda, itlarnikidan ham yaxshi, odamlarnikidan-ku mutlaqo ziyrak ekanini o‘ylab ketdim. Biz ko‘p vaqt mehmondorchilik-dan juda kech qaytar edik. Yu-yu bizning kelayotganimizni
uzoq-uzoqlardan qadam bosishimizdanoq bilib, yugurib chiqib, uch muyulish narida kutib turardi.
Demak, u o‘zining egalarini yaxshi bilardi.
Mana, masalan, yana bir misol. Bir tanishimizning Jor-jik degan to‘rt yashar, yerga ursang osmonga sapchiydigan o‘g‘li bor edi. U biznikiga birinchi kelgan kuni mushuk bechorani juda qiynab yubordi: uning qulog‘idan, dumidan ushlab sudradi, uy ichida u yoqdan-bu yoqqa ko‘tarib, ezg‘ilab yurdi. Lekin Yu-yu garchand o‘zini hamma vaqtdagidek juda sipo tutib, uni timdalamagan bo‘lsa ham, ammo Jorjikning bu qiliqlaridan juda-juda xafa bo‘lib, uni yomon ko‘rib qoldi.
Shundan keyin qachon Jorjik biznikiga kelsa — xoh ora-dan ikki hafta o‘tgan bo‘lsin, xoh bir oy yoki undan ham ko‘proq o‘tgan bo‘lsin, baribir, Yu-yu Jorjikning qo‘ng‘iroq-dek ovozini eshitishi bilanoq berkinishga harakat qilar-di: yoz kunlari —ochiq turgan derazadan sakrab qolardi, qish kunlari esa divanning yoki javonning tagiga kirib ketardi. Demak, uning xotirasi yaxshiligi aniq edi.
«Xo‘sh, buning nimasi hayron qolarlik?—deb o‘ylardim men—Demak Yu-yu Kolyaning tanish, yoqimtoy ovozini tani-ganu, so‘ngra: ajab, mening sevimli do‘stim qayerda ekan? — deb uni ko‘rgani, ovozini eshitgani kelgan».
Shunday bo‘lsa ham men o‘ylaganimni sinab ko‘rmoqchi bo‘ldim. Shu kuni kechqurunoq sanatoriyga Yu-yuning qilgan ishlari, o‘zini tutishi haqida batafsil xat yozdim, oxirida, Kolyaga: kelgusi safar telefonda men bilan gaplashganingda albatta
Yu-yuga uyda erkalab gapiradigan gaplaringni qaytar, deb qayta-qayta tayinladim. Men telefonning dastasini Yu-yuning qulog‘iga tutaman, dedim.
Tez kunda xatimga javob oldim. Kolya Yu-yuni eslab xat yozganim uchun o‘zida yo‘q xursand bo‘lib, unga salom ayti-shimni iltimos qilibdi. Ikki kundan keyin men bilan te-lefonda gaplashajagiod va uchinchi kuni esa uyga qaytishlarini aytibdi.
Haqiqatan ham, ikki kundan keyin ertalab telefon jiringlab, menga hozir sanatoriy bilan gaplashishimni aytishdi. Yu-yu ham shu yerda edi. Men uni ko‘tarib tizzamga o‘tqazdim. Birdan telefonda Kolyaning tanish, yoqimtoy ovozi jaranglab qoldi…
Qanchadan-qancha tassurotlaru yangi tanishlari haqida gapira boshladi. Qanchadan-qancha savol-lar-u, so‘roqlar-u, topshiriqlar!..
Men o‘zimning iltimosimni eslatishga zo‘rg‘a ulgurdim:
— Kolya, Kolyajon! Men hozir telefoining dastasini Yu-yuning qulog‘iga tutaman. Mana, hozir! Sen unga uyda erkalab gapiradigan gaplaripgdan gapir.
— Qanaqa gaplarimni? Hech qaysisi esimda yo‘q,—deb xomush javob berdi Kolya.
— Kolya, o‘g‘lim, Yu-yuning ikki qulog‘i senda. Bir nima deb erkalab chaqirib qo‘y. Bo‘l tezroq!..
— Nima deyishimni bilmayman, esimda yo‘q. Siz menga qushcha solib boqadigan sim qafas olib berasizmi? Bu yerda shunaqa qafaslarni derazalarga osib qo‘yishar ekan…
— Kolyajon, menga qara, qo‘zichog‘im, erkatoyim, axir o‘zing Yu-yu bilan gaplashishga rozilik bergan eding-ku.
— Io‘q, men mushukchasiga gaplashishni bilmayman, de-dim, bilmayman. Hammasi esimdan chiqib ketdi…
Telefonning qulog‘ida birdan nimadir shaqirladi-yu, so‘ng undan telefonchi qizning jerkib gapirgan tovushi eshitildi:
— Bema’ni gaplarning nima keragi bor. Osib qo‘ying telefonning qulog‘ini. Boshqalar kutib turishibdi.
Telefon qulog‘ining yengilgina taq etib qo‘yilgan tovu-shi eshitildi va shig‘illagan ovoz tindi.
Shunday qilib, Yu-yu bilan o‘tkazmoqchi bo‘lgan tajribam amalga oshmadi. Men bunga hali-hali afsus qilaman. Bizning aqlli mushugimiz do‘sti Kolyaning tanish, erkalab aytadigan so‘zlarini anglarmidi va unga mayingina qilib «murrm» deb javob qaytararmidi, yo‘qmi—men buni juda bilgim kelardi.
Mana, shunday qilib, Yu-yu haqidagi hikoya tamom bo‘ldi.
Jonivor Yu-yu yaqindagina qarib o‘ldi. Uning o‘rniga «xurrr-xurrr» etib xurillayveradigan, junlari baxmal kabp chiroyli erkak mushuk boqib olganmiz. Bo‘ to‘g‘rida esa, qizginam Nika, boshqa gal hikoya qilib beraman.

Manba: kitob.uz

Leave a Reply

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *