Archives: Blog

Men havas qiladigan juftliklar

Men havas qiladigan juftliklar

Bo’ydoq odamning hayot va turmush tashvishlari, oila bilan bog’liq muammolar haqida yozishi sal g’alatikuya lekin meni o’ylashimcha turmush quradigan juftliklarning dunyoqarashi, tanlagan sohasi, tushuncha va ma’naviy saviyasi, qiziqishlari bir biriga o’xshash yoki yaqin bo’lsa ulardan nafaqat baxtli oila balki kishini havasini keltiruvchi juftliklar paydo bo’ladi. Bunday juftliklarni tarixdan juda ko’plab topish mumkin. Nobelchilar Piyer va Mariya Kyuridan tortib o’zimizning Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimlargacha. Lekin men havas qiladigan

Continue reading

Istamayman…

Istamayman…

O‘tgan yilning ayni shu paytlari Xitoyning Shinjon avtonom viloyati Urumchi shahrida bir necha teraktlar sodir etilgan edi. Ushbu xunrezliklar Xitoy Xalq Respublikasining amaldagi raisi Si Jin Pingning Shinjon o‘lkasiga tashrifi vaqtiga to‘g‘ri keldi. Bu xunrezliklarni kim tashkil qilgani ahamiyatsiz. Ammo ushbu fojeada xitoy va uyg‘ur millatidan ko‘plab odamlar halok bo‘ldi. Si Jin Ping Pekinga qaytgach, butun Shinjonni teraktlardan holi mintaqaga aylantirish va bu yo‘lda izchil ishlarni amalga oshirish uchun maxsus farmon chiqardi. Unga ko‘ra, butun Shinjonning barcha shaharlarida komendantlik soati e’lon qilindi. Eng qizig‘i, bu komendantlik soatining vaqti naqd 13 oy qilib belgilandi (may 2014 — iyun 2015). Buni komendantlik yili desa ham bo‘ladi. Boshqacharoq qilib aytganda, kuchaytirilgan xavfsizlik deyilsa to‘g‘riroq bo‘lar. O‘sha kundan boshlab men yashayotgan Urumchi shahrining barcha davlat ahamiyatiga molik yerlarida (bozorlar, yirik bank va hokimiyat idoralari, jamoat transporti «BRT» bekatlari kiraverishlari, qo‘yingki hamma joyda) harbiylarga ko‘zingiz tushadigan bo‘ldi. Nima bo‘libdi shunga deysizmi?

Continue reading

Gan ban

Gan ban

— Obetga nima yeding? Cho’chqa go’shtimi?

— Kechga nima yeysan? qurt qumursqalardan sho’rvami?

Mana qaryib 2 yildirki O’zbekistondagi tanishlarim men bilan so’rashish jarayonida tez tez yuqoridagi jumlaga o’xshash gaplar bilan hazl qilib turishadi. Chunki ular biladi men Xitoylarni mamlakatidaman. Bunday savollarga o’rganib ham ketdim.

Bundan 2 yil avval

Continue reading

Blogerlar tanlovi qoidalariga ayrim o‘zgarishlar kiritildi

Blogerlar tanlovi qoidalariga ayrim o‘zgarishlar kiritildi

21 mart kuni boshlangan Ikkinchi o‘zbek blogerlari chempionatining birinchi bosqichi davom etayotgan mahalda, turnir tashkilotchilari tomonidan qoidalarga ba’zi o‘zgartirishlar kiritildi.

Tashkilotchi Xushnud Xudayberdiyevning o‘z saytida ma’lum qilishicha, chempionatda ishtirok etish xohishini bildirganlar soni kutilganidan ko‘proq bo‘layotgani uchun, birinchi bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tuvchi blogerlar miqdori 20 nafarga ortadi.

Natijada,

Continue reading

Mayli mayli

Mayli mayli

Bolakaylik vaqtlaridan «Quyoshjon» deb laqab olgan, oq sariqdan kelgan, ko’zlari ko’k bu bolaning tabiati tushunarsiz. Lov etib yonib puf etib o’chish unga xos.

Bolaligida sevimli koptogi yonib ketganida o’tirib yig’ladi. Lekin dadasi yig’lama bolam, yig’lashingga arzimaydi. Ertaga boshqasini olib beraman dedi. Ertasiga yap-yangi koptokni o’ynagan bola qaytib narsa buyum uchun achinib yig’lamaydigan bo’ldi. Maylida derdi u o’ziga o’zi.

1-muhabbati

Continue reading

Back to top