Archives: Xitoy (中国)

Gan ban

Gan ban

— Obetga nima yeding? Cho’chqa go’shtimi?

— Kechga nima yeysan? qurt qumursqalardan sho’rvami?

Mana qaryib 2 yildirki O’zbekistondagi tanishlarim men bilan so’rashish jarayonida tez tez yuqoridagi jumlaga o’xshash gaplar bilan hazl qilib turishadi. Chunki ular biladi men Xitoylarni mamlakatidaman. Bunday savollarga o’rganib ham ketdim.

Bundan 2 yil avval

Continue reading

Pasport ham milliy g’urur

Pasport ham milliy g’urur

Chet elga o’qishga kelmasimdan oldin ayrimlar menga -«chet elga chiqma. Chiqsang fikring o’zgarib qoladi. O’zbekistonga qaytsang birorta yaxshiroq tashkilotga ishga olishmaydi. Chunki chet elda bo’lganlarga nisbatan alohida munosabat qiladi ular. Ayniqsa Jurnalistikani tugatib chetda bo’lib kelsang bu unchalik ham yaxshi emas» deb menga ko’p marotaba aytishgan. Albatta bu fikrlar kalta o’ylovchi fikran tor odamlarning gapi ekanligiga o’sha paytda ham aqlim yetgan va chetda o’qish, dunyo ko’rish niyatimdan qaytara olmagan. Xitoyni, ustiga ustak Shinjonni balki unchalik ham chet el deb bo’lmas; sababi muhit, odamlar o’zimiznikidan unchalik ham katta farq qilmaydi. Har holda fikr va qarashlarni reaksion tarzda o’zgartirib yuboradigan biror narsa ko’rmadim hali. Lekin bu yerda 30-40 dan ortiq davlatlardan kelgan talabalar bilan bir oiladek yashab o’qir ekansan albatta qalbingni tub tubida berkinib yotgan «Patriotizm»- Vatanparvarlik ko’p momentlarda alanga olishini his qilar ekansan. Chunki boshqa millat vakili

Continue reading

Ajoyib tasodif

Ajoyib tasodif

Odatdagi kunlardan biri edi. Xorijiy talabalar yotoqxonasidagi o’z xonamda internetda vaqt o’tkazib o’tirgandim. Xonadoshim (qirg’iz tilini bilmaydigan qirg’iz bola) qanaqadir do’stini yetaklab kirib keldi. Salomlashdim. Lekin unaqa e’tibor qilmadim. Chunki uni bunaqa ko’rinishi sal g’alatiroq bo’lgan inglizzabonlarni yetaklab kelishi odatiy xolga aylangan. Lekin ular inglizcha bilan bir qatorda ayrim gaplarni ruschada gaplasha boshladi. Shundagina uning do’sti qanaqadir xorijiy talaba emas, balki turist ekanini va aynan velosopet vositasida sayohat qilayotgani qulog’imga chalinib qoldi. O’z o’zidan qiziqishim ortdi. Kompyuterimni bir chetga surib qo’yib suhbatga qo’shildim. Faqat bitta noqulay tomoni

Continue reading

Chegarasiz Internet

Chegarasiz Internet

Bugun Dedlayn ekanini (umuman 3-bosqich boshlanganini ham) Pekin vaqti bilan 16:00 lar atrofida bilib qoldim. Bu paytda men endi uyqudan turgan va choy ichayotgandim.(07:00 da uxlab 15:00 larda turishimga kanikul sabab) Choy ichib twit o’qish sevimli mashg’ulotlarimdan. Men negadir 3-bosqichda biror mavzu beriladi. Yana alohida guruhlarga taqsimlanadi deb yurarkanman. Bilmay qolganim uchun o’zim aybdor ekanman. Buni Hamza aytdi. Ho’p dedim. Chunki

Continue reading

Men Jinniman! :)

Men Jinniman! :)

Men Jinniman! :)

(Nomi blog yozib bo’lgandan keyin qo’yildi)

 Nihoyat, 15 minutlar nari-beri asabbuzarlikdan so’ng, blogim ochildi. (sherzodabc.blogspot.com nazarda tutilgan edi) Bu yerda shu ham problema. Endi nimadir yozish kerak. Kecha birinchilar haqida yozudim. Bugun shuni davom ettirsammikan yoki ikkinchilar haqida yozsammikan? :) Raqamlardan boshqa mavzu qurib qolibdimi deydigan odam yo’q. Nima ham derdim hamma topganini yozadi. Bugun 2014 yilning 8-yanvari. Hayron qolmang. Shunchaki kalendarga qaradim. Nimadir boshlamoqchi bo’lsam, yoki shunday boshlay olmasam, shunaqa qilaman. Raqamlarga qarayman. Bugun esa yangi yil kelganiga bir hafta bo’libdi. Aniqrog’i 8 kun. Mavzu topilmay turgan bir paytda balkim shu ham mavzu bo’lar? Ehtimol shundan ham biror nima chiqar? Demak bugun ham yana raqamlar haqida… :) Shu yergacha erinmay o’qiganlarga raxmat. Bu yog’iga ham sabr tilayman.

Continue reading

Back to top