Archives: Kuzatuvlarim

Yozilmay qolgan Twitlar

Yozilmay qolgan Twitlar

Yaqinda Xitoy bo’ylab sayohat qildim. Xitoyning 4 ta yirik shahrida bo’ldim. Bular: Xitoyning qadimiy poytaxti “Sian” (西安),  Zamonaviy poytaxti Pekin (北京) va Iqtisodiy poytaxtlaridan biri Shanhay va eng ohirida “Dunyo bo’ylab 80 kun” filmidagi budda haykalchasi o’g’irlangan Lanjou (兰州) shahrida ham 1 kun yashadim. Aslida hozir yozadiganlarim blogpost emas balki yo’l-yo’lakay yozilishi kerak bo’lgan lekin vaqt va telefon quvvatini iqtisod qilish maqsadida yozilmay qolgan twitlar va ularga izohlar jamlanmasidan iborat.

Continue reading

G’alati Xitoy

G’alati Xitoy

Kecha bankka bordim. Dollar sotib olish uchun. Bu yerda ham boshqa normal davlatlar qatori horijiy valyutani (dollarni) bevosita bankdan olish va bankka sotish mumkin. Faqat 1 odamga bir kunda 500 dollargacha olish mumkin ekan. Jismoniy shaxslarga. Navbatim kelishini 2 soatcha kutdim. Xitoyning aholisi qanchalik ko’p bo’lsa uning banklardagi mijozlarga hizmat ko’rsatish tezligi shunchalik sekin. Hujjatbozligi ko’p. Buni ishi tushganlar yaxshi biladi. Hech qanday muammo bo’lmadi oldim. Lekin bu kam edi. Boyagi norma sabab bugun ham yana borishga tog’ri keldi. Bugun eshikdan kirishim bilan

Continue reading

Istamayman…

Istamayman…

O‘tgan yilning ayni shu paytlari Xitoyning Shinjon avtonom viloyati Urumchi shahrida bir necha teraktlar sodir etilgan edi. Ushbu xunrezliklar Xitoy Xalq Respublikasining amaldagi raisi Si Jin Pingning Shinjon o‘lkasiga tashrifi vaqtiga to‘g‘ri keldi. Bu xunrezliklarni kim tashkil qilgani ahamiyatsiz. Ammo ushbu fojeada xitoy va uyg‘ur millatidan ko‘plab odamlar halok bo‘ldi. Si Jin Ping Pekinga qaytgach, butun Shinjonni teraktlardan holi mintaqaga aylantirish va bu yo‘lda izchil ishlarni amalga oshirish uchun maxsus farmon chiqardi. Unga ko‘ra, butun Shinjonning barcha shaharlarida komendantlik soati e’lon qilindi. Eng qizig‘i, bu komendantlik soatining vaqti naqd 13 oy qilib belgilandi (may 2014 — iyun 2015). Buni komendantlik yili desa ham bo‘ladi. Boshqacharoq qilib aytganda, kuchaytirilgan xavfsizlik deyilsa to‘g‘riroq bo‘lar. O‘sha kundan boshlab men yashayotgan Urumchi shahrining barcha davlat ahamiyatiga molik yerlarida (bozorlar, yirik bank va hokimiyat idoralari, jamoat transporti «BRT» bekatlari kiraverishlari, qo‘yingki hamma joyda) harbiylarga ko‘zingiz tushadigan bo‘ldi. Nima bo‘libdi shunga deysizmi?

Continue reading

Gan ban

Gan ban

— Obetga nima yeding? Cho’chqa go’shtimi?

— Kechga nima yeysan? qurt qumursqalardan sho’rvami?

Mana qaryib 2 yildirki O’zbekistondagi tanishlarim men bilan so’rashish jarayonida tez tez yuqoridagi jumlaga o’xshash gaplar bilan hazl qilib turishadi. Chunki ular biladi men Xitoylarni mamlakatidaman. Bunday savollarga o’rganib ham ketdim.

Bundan 2 yil avval

Continue reading

Shaxsiy kuzatishlarim yoki mashhur shaxslarning menga yoqadigan so’zlari

Men oq yoki qora bo’lishim mumkin, lekin hech qachon kulrang bo’la olmayman. (D.Maradona)

Yaxshi avtomobil-bu yangi avtomobil (G.Ford) bunga birinchi bora 1987 yilda ishlab chiqarilgan Volkswagen Golf olganimda amin bo’lganman.

Agar meni birinchi bor aldashsa u odamni firibgar ekan deyman ikkinchi bor shu odamga ishonganimda esa o’zimni axmoq ekanimga amin bo’ldim.

Continue reading

O’zbekistonga qayta o’rganish qiyinmi?

O’zbekistonga qayta o’rganish qiyinmi?

Va nihoyat jonajon yurtimga qaytib kedim . Birinchi aeroportda e’tborimni tortgan narsa  chekish mumkin emas degan yozuv ostida bemalol sigareta tutatib o’tirgan aeroport hodimi bo’ldi. Qiziq jarimani ish haqidan chegirisharmikan? Aeroportdan chiqib taksislar qurshovida qoldim. Qarasam yuklarim yo’q.  Baraka topkur taksist  mashinaga yuklab, meni yuklash uchun qaytib kelibdi. Menimcha internet ham bunchalik tezkor emas. Har doimgidek manzilga yetib borgandan kegin kira narxini kelishik :).  Yana Farg’onaga ketuvchi taksislar qurvoshi,  odamlar muncha besabr ?

Continue reading

Ommaviy madaniyat alomatlari

Ommaviy madaniyat alomatlari

Oxirgi paytlarda tvitterda «Ommaviy madaniyat» mavzusida ko’plab tvitlar o’qidim. Bu mavzuda qanchalik ko’p gapirilgan bo’lsa ham, aslida o’ylashimcha shunchalik tushunarsizligicha qolmoqda.  Agar googlega «ommaviy madaniyat» deb poisk bersangiz bir dunyo ma’lumotlarga ega bo’lasiz. Bular orasida o’zbekcha Wekipediada aytilishicha, Ommaviy madaniyat deb berilgan madaniyatning bosh oqimiga kiruvchi gʻoyanuqtai nazarkoʻrsatmamem,[1] imij va boshqa ijtimoiy fenomenlar toʻplamiga aytiladi. Bu jumlani o’qib o’zim ham hech baloni tushunmadim. Lekin asosiy maqolada bu haqda qiziqarliroq ma’lumotlar berilgan ekan.  Masalan, rassom Salvador Dali Leonardo da Vinchining „Mona Liza“ („Jakonda“) asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga moʻylov chizgan va „Moʻylovli Jakonda“ asarini yaratgan. Mana shunday „achchiq istehzoli, qora mazmunli kulgi“ — „ommaviy madaniyat“ faoliyatining eng yetakchi belgilaridan biridir deb talqin qilingan ekan o’sha maqolada. Boshqa rasmiy Ommaviy Axborot vositalarida esa asosan ushbu tushunchani g’oyaviy taraflariga urg’u berib, yoshlar ongiga ta’siri haqida juda ko’plab aqilli gaplar gapirilgan. Lekin ularni ko’pchiligida aynan nimani «Ommaviy madaniyat» deb tushunish kerak ekanligi aytilmagan, nazarimda. Men shunaqa tushundim har holda. Internetni kovlashtirar ekanman bu mavzuda yozilgan ayrim maqolalar, bloglarga ham ko’zim tushdi. Jumladan, «Yana o’sha mavzu haqida» deb boshlanuvchi manabu linkda. Bundan tashqari birinchi milliy ijtimoiy tarmoq deb atalgan Muloqot.uz tarmog’idagi ushbu blog postda (balki tarjimadir) juda yaxshi faktlar keltirilgan ekan. Ayniqsa shu postda yozilgan faktlar menga ko’proq yoqdi. Har holda mavzuni yaxshiroq tushunish uchun ancha ma’lumotlar berilgan. Post muallifi menga shunchaki adash ekan, uni tanimayman. :)

Continue reading

Back to top