Archives: Kino

Salam Nyu York

Seshanba bizda dars yo’q va o’z o’zidan Dushanba kech men uchun internetdan kino ko’radigan payt hisoblanadi, Bugun «Xalqaro talabalar kuni» sababliьш yoki xonadoshlarim qirg’iz ekanligi sabablimi ishqilib gapdan gap chiqib qirg’izlar ishlagan «Salam Nyu York» kinosini ko’rishga qaror qildim. Bu kino haqida birinchi bor o’tgan yili eshitgandim. O’shanda Urumchidagi universitetimizga shu film bosh rol ijrochisi (Batir) kelib bu yerdagi qirg’izlar va va umuman markaziy osiyo talabalari uchun film primyerasini o’tkazgandi. O’shanda taqdimotga kirishga qiziqqan bo’lsamda nimadir sabab bo’lib kira olmagandim. Ertasi kuni albatta film xaqida talabalarni yaxshi fikrlarini eshitdim. Oradan ma’lum vat o’tgandan keyin esa Twitterda To’lqin aka va boshqalarni shu film haqida ijobiy gaplarini o’qidim. Xullas shu faktorlar meni shu kinoni topib ko’rishga majbur qila oldi. Film haqida qisqagina fikrim-Ketgan vaqtimga achinmadim. Balki bu filmni o’z uyimda(vatanda) olam bexabar oyoqni uzatib shunchaki tomosha qilganimda meni tasirlantira olmas edi extimol. Lekin musofirlikda boshqacha bo’larkan. Axir meni ham ilk marotaba chet elga kelganimda 50 yuanlik joyga 110 yuan pulimni olib kamiga boshqa adresga tashlab ketishgan :) Lekin meni xozirgi vaziyatimda kinoni ko’rib mazza qildim. Kulguli joylarida  kuldim. Ayniqsa Amerikalik advokatni umuman Qirg’iziston qayerda o’zi deb Batir bilan qilgan dialogi menga juda tanish hol edi. Faqat farqi undan Amerikanist so’ragani uchun u Xitoyni oldida deb javob beradi. Mendan esa odatda Xitoylar so’rashadi va men ularga O’zbekiston Amerikani yonida deb xazllashaman. :) (Ozod akadan o’rganvolgandim) (Ishoning xitoylarni aksariyati baribir geografiyadan no’l :) ) Qahramonni uydagilari ko’rsatilganda esa sog’inchdan ko’zim namlandi. Gapni ochig’i bu meni shahsiy hissiyotlarim yaxshisi o’zingiz filmni tomosha qilganiz maqul.

Film rus tilida

Eslatma: Asosiy video boshlanmasidan oldin 10-15 sekund reklama berilishi mumkin sabr tilayman :)

Issiz Adam

Bundan 5 yilcha oldin 2-kursligimizda Toshkentda Turk kinolari haftaligi bo’lganda kursdoshlarimiz Muhrim Men Yusuf Shoira va rejissior Donyor Shokirov bilan birga kino ko’rishga borgandik. O’shanda 1-film 2008-yilda ishlangan «Issiz adam» filmi edi. Kino tugagach Muhrim har birimizdan fikr so’raganda men «Kino ko’rishga ketgan vaqtimga achinmadim» degandim o’shanda. Xullas bu filmda ishlatilgan bir gap bu kinoni haligacha eslab yurishimga asos bo’lgan.

Continue reading

Back to top