Archives: Без рубрики

Блокланган Блоггер

Блокланган Блоггер

    Тўрт йил аввал вейбода (weibo твиттернинг хитойча аналоги) ўз фолловерлари сонини ошириш мақсадида эгнидаги оқ футболкасига “Мен Чэн Хуохуоман, илтимос мени фоллов қилинг” деган ўзига хос реклама билан аҳоли гавжум жойларда кўпчиликни эътиборини тортган Чэн Джихуй тўрт йил ўтиб суд залида бутун дунё эътиборига тушишни хаёл қилмаганлиги аниқ.

Continue reading

Issiz Adam

Bundan 5 yilcha oldin 2-kursligimizda Toshkentda Turk kinolari haftaligi bo’lganda kursdoshlarimiz Muhrim Men Yusuf Shoira va rejissior Donyor Shokirov bilan birga kino ko’rishga borgandik. O’shanda 1-film 2008-yilda ishlangan «Issiz adam» filmi edi. Kino tugagach Muhrim har birimizdan fikr so’raganda men «Kino ko’rishga ketgan vaqtimga achinmadim» degandim o’shanda. Xullas bu filmda ishlatilgan bir gap bu kinoni haligacha eslab yurishimga asos bo’lgan.

Continue reading

Kechikuvchi bo’lmastlikka majbur qilishayapti

Kechikuvchi bo’lmastlikka majbur qilishayapti

Nimadir.uz ning «Men haqimda» bo’limida yozilganidek doimo kechikib yurish men uchun odatda aylangan. Bu narsa shunchalik ko’p takrorlaganimdan bunga o’zim ham o’rganib ketganman. Hatto oxirgi paytlarda buni bir illat sifatida biladiganlar safida ham chiqib qoldim :)  Bu odatim adashmasam maktab paytlarimdan boshlangan. O’shanda o’smirlikning o’tish davrida har xil bahonalarni vaj-karson qilib, darslarga kechga qola boshlagandim. Bu narsaga hamma o’qtuvchilar har xil munosabat bildirishgan.  Odatda «Nega kechga qolding?, Boshqa kechikma, o’tir joyinga» degan javob bo’lardi. Lekin bu boshqa kech qolmastligim uchun o’shanda yetarli bo’lmagan. )) Men matematika o’qtuvchimiz Mirg’iyozov Mahmud akani juda yaxshi eslayman u kishi darsga kech qoluvchilarni antiqa usulda jazolar edi. Agar o’g’il bolalardan kimdir kechiksa uni hammani oldida qulog’iga chertardi :) Har shunaqa qilardilar. Har bir kechga qolgani uchun

Continue reading

Bloggerlar chempionati haqida

Bloggerlar chempionati haqida

Bundan 2 yilcha oldin Muhrimni «Muhrim unaqa» «Muhrim bunaqa» deb — ijtimoiy tarmoqlar haqida yozgan postiga javob berish uchun blogspot.com’dan blog ochgandim. O’shanda yozgan gaplarimni yozmasam bo’lmay ketganidan blog ochishga to’g’ri kelgandi. Lekin bu blogni davom ettirish niyatim bo’lmagan. O’sha paytlari Muhrimdan tashqari Visola Qarshiboyevani o’qirdim.  Aborni Jakartada yozgan «Yomg’irga termulib» postini Davron Tuhtaboyev(@UzDavr) ni Hindiston haqida yozgan bloglarini o’qib men ham chet elga chiqsam shunaqa postlar yozaman deb havas qilganim rost. Post yozish uchun chet elga chiqish shart emasligini bilaman. Lekin menda oxirgi postlar aynan o’zga yurtda yozildi. Gap xozir bu haqda emas. Hamma joyda

Continue reading

Nimadir.uz haqida Nimadir

Nimadir.uz haqida Nimadir

   Assalomu Alaykum! Meni (Nuqta) Uz domenidan sayt yoki blog ochish niyatim avvaldan bor edi. Lekin imkonyat va hafsala bo’lmagani sabab, har safar orqaga surib kelaverdim.  blogspot.com’da ochilgan blogim esa Xitoyda bloklangan saytlar tarmog’iga kirarkan. Shu sabab unga har safar yo’lini qilib kirganimda, asablarimga rahmim kelardi. Sabr kosamni chelakka almashtirsam ham foydasi bo’lmadi. Chunki ayni paytda O’zbekistonda o’tkazilayotgan bloggerlar chempionatida qatnashayotganim uchun har bir bosqichda yangi post topshirishim kerak edi. Oxirgi postlarimdan birini joylashtirishim uchun esa deyarli bir kun vaqtim ketdi. Shunda blogimni (nuqta) uz’ga o’tkazishga qat’iy qaror qildim. Bu chempionatni menga bergan eng katta foydasi ham aynan shu qarorim bo’lsa, ajab emas.

   Xullas, sayt uchun

Continue reading

Online Xotira

Online Xotira

2009-yil iyul oyida talabalik stependiyalarimni yig’ib o’sha payda 270 ming so’mga qo’l telefon sotib olgandim. Bu meni ilk telefonim bo’lmagan bo’lsa ham, studentlik stipendiasiga olingani uchun ham qadrli edi. Nomi Nokia 6300 – Choko :)  O’zimga juda yoqardi. O’sha paytdagi oldi telefonlardan hisoblanardi har holda. Bu telefonni 2013-yilni 16- may kunigacha ishlatdim. Shu kuni esa Surhandaryoning Denovida “baxtsiz hodisa” ro’y berdi va men o’sha telefonimni yo’qotdim (yo’qotib qo’ydim emas) Tavsilotlari biroz kulguli,

Continue reading

PASPORTOFOBIYA

Aslida xozir yozmoqchi bo’lganlarimni bir ikkitagina gap qilib, Muhrimni “Dodam” deb yozgan postini oxiriga komentariy ko’rinishidagina yozib qoldirmoqchi edim. Lekin o’sha kuni postni telefondan o’qidim. Negadir telefondan koment yoza olmagandim. Shu bilan bir ikki kundan keyin, blogimda to’liqroq qilib ayrim narsalarni yozdimu, lekin uning «chornovik» qismida qolib ketgandi. O’shanda postni o’qib: Meni 8 yoshimdan keyingi hayotim kechgan bizni uy ham pishgan g’ishdan qurilganligini, bu uy ham deyarli haligacha mahallada yagonaligiyu, odamlar uni qizil g’ishtli uy deb mo’ljal olishi haqidagi gaplarni, Muhrim Toshkentchasiga aytganda , o’zining Dodasi

Continue reading

Oy va Sariqchaqa

Oy va Sariqchaqa

#Reklama: Agar Facebookda bor bo’lsangiz-u, Kitobxon guruhida yo’q bo’lsangiz albatta bu gruhga qo’shiling. Siz kitobsevarsiz, kitob o’qishni juda yaxshi ko’rasiz, men har qanday chorlov yoki guruhlarsiz ham kitob o’qishda davom etaveraman deysiz, buni bilaman. Lekin biror kitobni o’qib tugatganizda odatda shu kitob haqidagi fikrlaringizni o’zgalar bilan ulashgingiz kelib qolishi mumkin. Bundan tashqari navbatdagi kitob tanlovi uchun ham o’zgalar tavsiyasi ziyon qilmaydi. Shu maqsadlarni ko’zlagan ushbu guruh.

Xullas, men bu guruhda o’qish uchun tavsiya qilingan ilk asar, Somerset Moemning «Oy va Sariqchaqa» asarini o’zbek tilida o’qib chiqdim. Oqishni boshlaganimda

Continue reading

Chegarasiz Internet

Chegarasiz Internet

Bugun Dedlayn ekanini (umuman 3-bosqich boshlanganini ham) Pekin vaqti bilan 16:00 lar atrofida bilib qoldim. Bu paytda men endi uyqudan turgan va choy ichayotgandim.(07:00 da uxlab 15:00 larda turishimga kanikul sabab) Choy ichib twit o’qish sevimli mashg’ulotlarimdan. Men negadir 3-bosqichda biror mavzu beriladi. Yana alohida guruhlarga taqsimlanadi deb yurarkanman. Bilmay qolganim uchun o’zim aybdor ekanman. Buni Hamza aytdi. Ho’p dedim. Chunki

Continue reading

Yolg‘onga Allergiyam Bor

Yolg‘onga Allergiyam Bor

Tanlov uchun!

Yolg‘onga Allergiyam Bor

U doim “aldaydi”. U “aldash”ni yaxshi ko‘radi. Uning kasbi “aldash”dan iborat. U qancha ko‘p “aldasa”, xalq orasida uning obro‘si shuncha ortib boradi. Savol: u kim?

Ushbu savol bundan 7-8 yil avval “Zakovat” intellektual ko‘rsatuvida ekran orqali berilgandi. Men topa olmaganman. Sababi, futbolga qiziqmaganligim uchun emas (javob futbolchi edi), balki ekran o‘yinlarida savoldagi qo‘shtirnoqni ko‘rib bo‘lmasligida edi. Savolning mantig‘i ham aslida shunda edi. Lekin men ko‘pchilik qatori oddiy, o‘z manosida tushunganman. Ya’ni aldamchi — chalg‘ituvchi ekanligini tushunmaganman. Tushunishni xohlamaganman. Lekin xohlash kerak ekan. Hayotda to‘g‘ri nimaligini bilganimiz kabi yolg‘onning ham borligini his qilib turish kerak ekan.

7 yoki 8 yoshlarda edim.

Continue reading

Back to top