Archives: Без рубрики

Sayladim

Sayladim

Mart oyida (2015) bo’lgan ohirgi saylovga qatnashmagandim. Sababi Xitoyning Urimchi shahrida edim. Saylovga qatnashish uchun esa Pekinga borish kerak edi. Pekinga borib keladigan harajatga O’zbkistonga kelib ketsa bo’lardi)

Bu safar esa New Yorkdadaman, bu yerda O’zbekiston diplomatik vakolatxonasi kunsulligi joylashgan va shu yerda bemalol o’z huquqlarimdan foydalanib ovoz berishim mumkin edi. Bruklindan

Continue reading

Men havas qiladigan juftliklar

Men havas qiladigan juftliklar

Bo’ydoq odamning hayot va turmush tashvishlari, oila bilan bog’liq muammolar haqida yozishi sal g’alatikuya lekin meni o’ylashimcha turmush quradigan juftliklarning dunyoqarashi, tanlagan sohasi, tushuncha va ma’naviy saviyasi, qiziqishlari bir biriga o’xshash yoki yaqin bo’lsa ulardan nafaqat baxtli oila balki kishini havasini keltiruvchi juftliklar paydo bo’ladi. Bunday juftliklarni tarixdan juda ko’plab topish mumkin. Nobelchilar Piyer va Mariya Kyuridan tortib o’zimizning Hamid Olimjon va Zulfiyaxonimlargacha. Lekin men havas qiladigan

Continue reading

Eng uzun yil

Eng uzun yil

Moliya bo’yicha o’z davrida dunyodagi eng muvaffaqiyatli kitoblardan bo’lgan «Moliyaviy erkinlik yo’li» kitobining muallifi  Van Tharp o’zining maruzalaridan birida «Muvaffaqiyat daftari» haqida so’zlaydi. Unga ko’ra agar bir daftar tutib unga har kuni 5 ta o’zinggiz erishgan muvaffaqiyatliy voqeani yozib borsanggiz(nima bo’lishidan qatiy nazar xoh katta kichik voqeachalar bo’lsin) va buni 3 oy mobaynida qilsangiz daromadinggiz 20%ga, agar yil davomida qilsangiz sizning daromadinggiz 200%ga oshadi deydi. Qiziq mulohaza. Bir necha yillar avval aytilgan ushbu gaplar

Continue reading

Istamayman…

Istamayman…

O‘tgan yilning ayni shu paytlari Xitoyning Shinjon avtonom viloyati Urumchi shahrida bir necha teraktlar sodir etilgan edi. Ushbu xunrezliklar Xitoy Xalq Respublikasining amaldagi raisi Si Jin Pingning Shinjon o‘lkasiga tashrifi vaqtiga to‘g‘ri keldi. Bu xunrezliklarni kim tashkil qilgani ahamiyatsiz. Ammo ushbu fojeada xitoy va uyg‘ur millatidan ko‘plab odamlar halok bo‘ldi. Si Jin Ping Pekinga qaytgach, butun Shinjonni teraktlardan holi mintaqaga aylantirish va bu yo‘lda izchil ishlarni amalga oshirish uchun maxsus farmon chiqardi. Unga ko‘ra, butun Shinjonning barcha shaharlarida komendantlik soati e’lon qilindi. Eng qizig‘i, bu komendantlik soatining vaqti naqd 13 oy qilib belgilandi (may 2014 — iyun 2015). Buni komendantlik yili desa ham bo‘ladi. Boshqacharoq qilib aytganda, kuchaytirilgan xavfsizlik deyilsa to‘g‘riroq bo‘lar. O‘sha kundan boshlab men yashayotgan Urumchi shahrining barcha davlat ahamiyatiga molik yerlarida (bozorlar, yirik bank va hokimiyat idoralari, jamoat transporti «BRT» bekatlari kiraverishlari, qo‘yingki hamma joyda) harbiylarga ko‘zingiz tushadigan bo‘ldi. Nima bo‘libdi shunga deysizmi?

Continue reading

O’zbekistonga qayta o’rganish qiyinmi?

O’zbekistonga qayta o’rganish qiyinmi?

Va nihoyat jonajon yurtimga qaytib kedim . Birinchi aeroportda e’tborimni tortgan narsa  chekish mumkin emas degan yozuv ostida bemalol sigareta tutatib o’tirgan aeroport hodimi bo’ldi. Qiziq jarimani ish haqidan chegirisharmikan? Aeroportdan chiqib taksislar qurshovida qoldim. Qarasam yuklarim yo’q.  Baraka topkur taksist  mashinaga yuklab, meni yuklash uchun qaytib kelibdi. Menimcha internet ham bunchalik tezkor emas. Har doimgidek manzilga yetib borgandan kegin kira narxini kelishik :).  Yana Farg’onaga ketuvchi taksislar qurvoshi,  odamlar muncha besabr ?

Continue reading

Ajoyib tasodif

Ajoyib tasodif

Odatdagi kunlardan biri edi. Xorijiy talabalar yotoqxonasidagi o’z xonamda internetda vaqt o’tkazib o’tirgandim. Xonadoshim (qirg’iz tilini bilmaydigan qirg’iz bola) qanaqadir do’stini yetaklab kirib keldi. Salomlashdim. Lekin unaqa e’tibor qilmadim. Chunki uni bunaqa ko’rinishi sal g’alatiroq bo’lgan inglizzabonlarni yetaklab kelishi odatiy xolga aylangan. Lekin ular inglizcha bilan bir qatorda ayrim gaplarni ruschada gaplasha boshladi. Shundagina uning do’sti qanaqadir xorijiy talaba emas, balki turist ekanini va aynan velosopet vositasida sayohat qilayotgani qulog’imga chalinib qoldi. O’z o’zidan qiziqishim ortdi. Kompyuterimni bir chetga surib qo’yib suhbatga qo’shildim. Faqat bitta noqulay tomoni

Continue reading

Yordamni o’zingiz ishongan odamdan so’rang

-Qalesiz? sizdan bir narsa so’rasam maylimi?

-Salom, Yordamiz kerak.

-Iltimoooos

Xuddi shu mazmundagi sms yoki sot. setlar orqali xabarlarni har kuni ko’rasiz, yoki o’zinggiz ham ko’p marotaba yozgansiz. Chunki hayotimizning yarmi, bazilarda ko’proq ayrimlarda kamroq qismi vertual dunyoda o’tayapti. Buni xayron qoladigan joyi qolmagan. Real hayotda bo’lgani kabi vertualda ham kayfiyatingga qarab yashashga tog’ri keladi bazida. Farqi vertualda kayfiyatingni ko’taradigan ham tushuradigan ham odatda tashqi ko’rinishingni (mimika yoki ko’z qarashing)ni ko’rmaydi va senga qanday muomila qilishni oldindan bilmaydi. Bizni vaqtimiz realda o’tadimi vertualdami doim yordamga extiyoj sezamiz. Bilmagan narsalarimizni bilishga harakat qilamiz. Biladiganlardan so’rab o’rganamiz. Bu narsa tabiy jarayon. Lekin

Continue reading

Ommaviy madaniyat alomatlari

Ommaviy madaniyat alomatlari

Oxirgi paytlarda tvitterda «Ommaviy madaniyat» mavzusida ko’plab tvitlar o’qidim. Bu mavzuda qanchalik ko’p gapirilgan bo’lsa ham, aslida o’ylashimcha shunchalik tushunarsizligicha qolmoqda.  Agar googlega «ommaviy madaniyat» deb poisk bersangiz bir dunyo ma’lumotlarga ega bo’lasiz. Bular orasida o’zbekcha Wekipediada aytilishicha, Ommaviy madaniyat deb berilgan madaniyatning bosh oqimiga kiruvchi gʻoyanuqtai nazarkoʻrsatmamem,[1] imij va boshqa ijtimoiy fenomenlar toʻplamiga aytiladi. Bu jumlani o’qib o’zim ham hech baloni tushunmadim. Lekin asosiy maqolada bu haqda qiziqarliroq ma’lumotlar berilgan ekan.  Masalan, rassom Salvador Dali Leonardo da Vinchining „Mona Liza“ („Jakonda“) asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga moʻylov chizgan va „Moʻylovli Jakonda“ asarini yaratgan. Mana shunday „achchiq istehzoli, qora mazmunli kulgi“ — „ommaviy madaniyat“ faoliyatining eng yetakchi belgilaridan biridir deb talqin qilingan ekan o’sha maqolada. Boshqa rasmiy Ommaviy Axborot vositalarida esa asosan ushbu tushunchani g’oyaviy taraflariga urg’u berib, yoshlar ongiga ta’siri haqida juda ko’plab aqilli gaplar gapirilgan. Lekin ularni ko’pchiligida aynan nimani «Ommaviy madaniyat» deb tushunish kerak ekanligi aytilmagan, nazarimda. Men shunaqa tushundim har holda. Internetni kovlashtirar ekanman bu mavzuda yozilgan ayrim maqolalar, bloglarga ham ko’zim tushdi. Jumladan, «Yana o’sha mavzu haqida» deb boshlanuvchi manabu linkda. Bundan tashqari birinchi milliy ijtimoiy tarmoq deb atalgan Muloqot.uz tarmog’idagi ushbu blog postda (balki tarjimadir) juda yaxshi faktlar keltirilgan ekan. Ayniqsa shu postda yozilgan faktlar menga ko’proq yoqdi. Har holda mavzuni yaxshiroq tushunish uchun ancha ma’lumotlar berilgan. Post muallifi menga shunchaki adash ekan, uni tanimayman. :)

Continue reading

РЎМОЛЧА

РЎМОЛЧА

   Саккизтаси қўлини ювмади‑я. Рўмолча, яъни қўлрўмолча. Хитойга келган биринчи кунларимизданоқ бўйдоқ ҳамроҳларимни қаттиқ ташвишга солиб қўйган нарса, рўмолчаси йўқлиги эди. Нимаси ташвиш, дерсиз. Ташвишнинг ҳаммаси дўконларга рўмолча излаб киргандан бошланди. Яхшиямки, аёлим ёнимга рўмолча солиб юборган, шу намуна бўлмаганда дўкончиларни боши янада кўпроқ қотган бўларди. Сотувчилар бизга ҳар‑хил ойна, идиш‑товоқ, умуман чанг‑панг артишга мўлжалланган латта‑путталарни тавсия қиладими‑эй. Хуллас, йўқ! Энди,

Continue reading

Back to top