by sherzod

Online Xotira

Online Xotira

2009-yil iyul oyida talabalik stependiyalarimni yig’ib o’sha payda 270 ming so’mga qo’l telefon sotib olgandim. Bu meni ilk telefonim bo’lmagan bo’lsa ham, studentlik stipendiasiga olingani uchun ham qadrli edi. Nomi Nokia 6300 – Choko :)  O’zimga juda yoqardi. O’sha paytdagi oldi telefonlardan hisoblanardi har holda. Bu telefonni 2013-yilni 16- may kunigacha ishlatdim. Shu kuni esa Surhandaryoning Denovida “baxtsiz hodisa” ro’y berdi va men o’sha telefonimni yo’qotdim (yo’qotib qo’ydim emas) Tavsilotlari biroz kulguli,

Continue reading

PASPORTOFOBIYA

Aslida xozir yozmoqchi bo’lganlarimni bir ikkitagina gap qilib, Muhrimni “Dodam” deb yozgan postini oxiriga komentariy ko’rinishidagina yozib qoldirmoqchi edim. Lekin o’sha kuni postni telefondan o’qidim. Negadir telefondan koment yoza olmagandim. Shu bilan bir ikki kundan keyin, blogimda to’liqroq qilib ayrim narsalarni yozdimu, lekin uning «chornovik» qismida qolib ketgandi. O’shanda postni o’qib: Meni 8 yoshimdan keyingi hayotim kechgan bizni uy ham pishgan g’ishdan qurilganligini, bu uy ham deyarli haligacha mahallada yagonaligiyu, odamlar uni qizil g’ishtli uy deb mo’ljal olishi haqidagi gaplarni, Muhrim Toshkentchasiga aytganda , o’zining Dodasi

Continue reading

Oy va Sariqchaqa

Oy va Sariqchaqa

#Reklama: Agar Facebookda bor bo’lsangiz-u, Kitobxon guruhida yo’q bo’lsangiz albatta bu gruhga qo’shiling. Siz kitobsevarsiz, kitob o’qishni juda yaxshi ko’rasiz, men har qanday chorlov yoki guruhlarsiz ham kitob o’qishda davom etaveraman deysiz, buni bilaman. Lekin biror kitobni o’qib tugatganizda odatda shu kitob haqidagi fikrlaringizni o’zgalar bilan ulashgingiz kelib qolishi mumkin. Bundan tashqari navbatdagi kitob tanlovi uchun ham o’zgalar tavsiyasi ziyon qilmaydi. Shu maqsadlarni ko’zlagan ushbu guruh.

Xullas, men bu guruhda o’qish uchun tavsiya qilingan ilk asar, Somerset Moemning «Oy va Sariqchaqa» asarini o’zbek tilida o’qib chiqdim. Oqishni boshlaganimda

Continue reading

Chegarasiz Internet

Chegarasiz Internet

Bugun Dedlayn ekanini (umuman 3-bosqich boshlanganini ham) Pekin vaqti bilan 16:00 lar atrofida bilib qoldim. Bu paytda men endi uyqudan turgan va choy ichayotgandim.(07:00 da uxlab 15:00 larda turishimga kanikul sabab) Choy ichib twit o’qish sevimli mashg’ulotlarimdan. Men negadir 3-bosqichda biror mavzu beriladi. Yana alohida guruhlarga taqsimlanadi deb yurarkanman. Bilmay qolganim uchun o’zim aybdor ekanman. Buni Hamza aytdi. Ho’p dedim. Chunki

Continue reading

Yolg‘onga Allergiyam Bor

Yolg‘onga Allergiyam Bor

Tanlov uchun!

Yolg‘onga Allergiyam Bor

U doim “aldaydi”. U “aldash”ni yaxshi ko‘radi. Uning kasbi “aldash”dan iborat. U qancha ko‘p “aldasa”, xalq orasida uning obro‘si shuncha ortib boradi. Savol: u kim?

Ushbu savol bundan 7-8 yil avval “Zakovat” intellektual ko‘rsatuvida ekran orqali berilgandi. Men topa olmaganman. Sababi, futbolga qiziqmaganligim uchun emas (javob futbolchi edi), balki ekran o‘yinlarida savoldagi qo‘shtirnoqni ko‘rib bo‘lmasligida edi. Savolning mantig‘i ham aslida shunda edi. Lekin men ko‘pchilik qatori oddiy, o‘z manosida tushunganman. Ya’ni aldamchi — chalg‘ituvchi ekanligini tushunmaganman. Tushunishni xohlamaganman. Lekin xohlash kerak ekan. Hayotda to‘g‘ri nimaligini bilganimiz kabi yolg‘onning ham borligini his qilib turish kerak ekan.

7 yoki 8 yoshlarda edim.

Continue reading

Men Jinniman! :)

Men Jinniman! :)

Men Jinniman! :)

(Nomi blog yozib bo’lgandan keyin qo’yildi)

 Nihoyat, 15 minutlar nari-beri asabbuzarlikdan so’ng, blogim ochildi. (sherzodabc.blogspot.com nazarda tutilgan edi) Bu yerda shu ham problema. Endi nimadir yozish kerak. Kecha birinchilar haqida yozudim. Bugun shuni davom ettirsammikan yoki ikkinchilar haqida yozsammikan? :) Raqamlardan boshqa mavzu qurib qolibdimi deydigan odam yo’q. Nima ham derdim hamma topganini yozadi. Bugun 2014 yilning 8-yanvari. Hayron qolmang. Shunchaki kalendarga qaradim. Nimadir boshlamoqchi bo’lsam, yoki shunday boshlay olmasam, shunaqa qilaman. Raqamlarga qarayman. Bugun esa yangi yil kelganiga bir hafta bo’libdi. Aniqrog’i 8 kun. Mavzu topilmay turgan bir paytda balkim shu ham mavzu bo’lar? Ehtimol shundan ham biror nima chiqar? Demak bugun ham yana raqamlar haqida… :) Shu yergacha erinmay o’qiganlarga raxmat. Bu yog’iga ham sabr tilayman.

Continue reading

Men 85 % ni Ichida Borman!

Yangi yil yangilanib eski yil eskirib bo’ldi. O’tgan kunimiz tanix kelasi kunimiz kelajak bo’lib qolaveradi. Hayotimiz rejalar tuzish va shu rejalar ijobati uchun harakat qilishdan iborat. Lekin yangi rejalar maqsadlar tuzish uchun esa allbata oldingilariga qaraladi. Bu doimo takrorlanib turuvchi oddiy jarayon. Yil yakuni va yil boshi esa bunday sarhisob uchun juda qulay vaqt. Ko’pchilik qatori men ham o’tgan 2013 yilda ayrim ishlarni qildim ayrimlariga ulgura olmadim. Bugun ilk marotaba o’tkan yil sarhisobini blog qilib yozishim balki bu ham yangi yildan odatga aylanar. Lekin men buni sarhisob emas shunchaki o’tgan yilda hotiramda qolib ketgan voqea(voqeachalar) deb nomlagan bo’lardim. Demak 2013 yilda hayotimda ro’y bergan eng esda qolarni voqealar quyidagilar! Bularning ko’pchiligi ilk marotaba ro’y berishi.

Continue reading

BOLALAR KITOB DOKONIDAN FOTOREPORTAJ!

BOLALAR KITOB DOKONIDAN FOTOREPORTAJ!

Xitoyda shanba va yakshanba kunlari dars bo’lmaydi. Dam olish kunlari esa biz uchun doim odatda bir hil o’tadi. Tushga yaqin uyqudan turish va tushlikni qilib bo’lgach esa butun shahar bo’ylab aylanib, o’zimiz uchun notanish bo’lgan, hududlarni kashf qilish bilan o’tadi. Bu galgi tanlovimiz biror bir kitob dokoni topib, u yerdagi kitoblar savdosi bilan tanishmoqchi bo’ldik. Universitetimizga eng yaqin bo’lgan kitob do’koniga bordik. 5 qavatli binoni 4 qavati kitob bilan liq to’la. Kitob dokonini kattaligini tasavur qilish uchun bizni O’zbekistondagi eng katta kitob dokoni agar “Sharq ziyokori” dokoni bo’ladigan bo’lsa, bu kitob dokonining har bir qavatini kattaligi “Sharq ziyokori”dan 10 barobar katta. :) Bu yerdagi

Continue reading

Back to top