by sherzod

Yordamni o’zingiz ishongan odamdan so’rang

-Qalesiz? sizdan bir narsa so’rasam maylimi?

-Salom, Yordamiz kerak.

-Iltimoooos

Xuddi shu mazmundagi sms yoki sot. setlar orqali xabarlarni har kuni ko’rasiz, yoki o’zinggiz ham ko’p marotaba yozgansiz. Chunki hayotimizning yarmi, bazilarda ko’proq ayrimlarda kamroq qismi vertual dunyoda o’tayapti. Buni xayron qoladigan joyi qolmagan. Real hayotda bo’lgani kabi vertualda ham kayfiyatingga qarab yashashga tog’ri keladi bazida. Farqi vertualda kayfiyatingni ko’taradigan ham tushuradigan ham odatda tashqi ko’rinishingni (mimika yoki ko’z qarashing)ni ko’rmaydi va senga qanday muomila qilishni oldindan bilmaydi. Bizni vaqtimiz realda o’tadimi vertualdami doim yordamga extiyoj sezamiz. Bilmagan narsalarimizni bilishga harakat qilamiz. Biladiganlardan so’rab o’rganamiz. Bu narsa tabiy jarayon. Lekin

Continue reading

Otagaisama

Yaponiya tangalari. Hozirda Yaponiyada muomalada bo’lgan tangalardan eng kichik qiymatlisi 1 ¥(yen) lik (taxminan 23 so’m), eng katta qiymatlisi esa 500 ¥ (taxminan 11500 so’m) lik tanga hisoblanadi.

Continue reading

Ommaviy madaniyat alomatlari

Ommaviy madaniyat alomatlari

Oxirgi paytlarda tvitterda «Ommaviy madaniyat» mavzusida ko’plab tvitlar o’qidim. Bu mavzuda qanchalik ko’p gapirilgan bo’lsa ham, aslida o’ylashimcha shunchalik tushunarsizligicha qolmoqda.  Agar googlega «ommaviy madaniyat» deb poisk bersangiz bir dunyo ma’lumotlarga ega bo’lasiz. Bular orasida o’zbekcha Wekipediada aytilishicha, Ommaviy madaniyat deb berilgan madaniyatning bosh oqimiga kiruvchi gʻoyanuqtai nazarkoʻrsatmamem,[1] imij va boshqa ijtimoiy fenomenlar toʻplamiga aytiladi. Bu jumlani o’qib o’zim ham hech baloni tushunmadim. Lekin asosiy maqolada bu haqda qiziqarliroq ma’lumotlar berilgan ekan.  Masalan, rassom Salvador Dali Leonardo da Vinchining „Mona Liza“ („Jakonda“) asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga moʻylov chizgan va „Moʻylovli Jakonda“ asarini yaratgan. Mana shunday „achchiq istehzoli, qora mazmunli kulgi“ — „ommaviy madaniyat“ faoliyatining eng yetakchi belgilaridan biridir deb talqin qilingan ekan o’sha maqolada. Boshqa rasmiy Ommaviy Axborot vositalarida esa asosan ushbu tushunchani g’oyaviy taraflariga urg’u berib, yoshlar ongiga ta’siri haqida juda ko’plab aqilli gaplar gapirilgan. Lekin ularni ko’pchiligida aynan nimani «Ommaviy madaniyat» deb tushunish kerak ekanligi aytilmagan, nazarimda. Men shunaqa tushundim har holda. Internetni kovlashtirar ekanman bu mavzuda yozilgan ayrim maqolalar, bloglarga ham ko’zim tushdi. Jumladan, «Yana o’sha mavzu haqida» deb boshlanuvchi manabu linkda. Bundan tashqari birinchi milliy ijtimoiy tarmoq deb atalgan Muloqot.uz tarmog’idagi ushbu blog postda (balki tarjimadir) juda yaxshi faktlar keltirilgan ekan. Ayniqsa shu postda yozilgan faktlar menga ko’proq yoqdi. Har holda mavzuni yaxshiroq tushunish uchun ancha ma’lumotlar berilgan. Post muallifi menga shunchaki adash ekan, uni tanimayman. :)

Continue reading

РЎМОЛЧА

РЎМОЛЧА

   Саккизтаси қўлини ювмади‑я. Рўмолча, яъни қўлрўмолча. Хитойга келган биринчи кунларимизданоқ бўйдоқ ҳамроҳларимни қаттиқ ташвишга солиб қўйган нарса, рўмолчаси йўқлиги эди. Нимаси ташвиш, дерсиз. Ташвишнинг ҳаммаси дўконларга рўмолча излаб киргандан бошланди. Яхшиямки, аёлим ёнимга рўмолча солиб юборган, шу намуна бўлмаганда дўкончиларни боши янада кўпроқ қотган бўларди. Сотувчилар бизга ҳар‑хил ойна, идиш‑товоқ, умуман чанг‑панг артишга мўлжалланган латта‑путталарни тавсия қиладими‑эй. Хуллас, йўқ! Энди,

Continue reading

Блокланган Блоггер

Блокланган Блоггер

    Тўрт йил аввал вейбода (weibo твиттернинг хитойча аналоги) ўз фолловерлари сонини ошириш мақсадида эгнидаги оқ футболкасига “Мен Чэн Хуохуоман, илтимос мени фоллов қилинг” деган ўзига хос реклама билан аҳоли гавжум жойларда кўпчиликни эътиборини тортган Чэн Джихуй тўрт йил ўтиб суд залида бутун дунё эътиборига тушишни хаёл қилмаганлиги аниқ.

Continue reading

Issiz Adam

Bundan 5 yilcha oldin 2-kursligimizda Toshkentda Turk kinolari haftaligi bo’lganda kursdoshlarimiz Muhrim Men Yusuf Shoira va rejissior Donyor Shokirov bilan birga kino ko’rishga borgandik. O’shanda 1-film 2008-yilda ishlangan «Issiz adam» filmi edi. Kino tugagach Muhrim har birimizdan fikr so’raganda men «Kino ko’rishga ketgan vaqtimga achinmadim» degandim o’shanda. Xullas bu filmda ishlatilgan bir gap bu kinoni haligacha eslab yurishimga asos bo’lgan.

Continue reading

Kechikuvchi bo’lmastlikka majbur qilishayapti

Kechikuvchi bo’lmastlikka majbur qilishayapti

Nimadir.uz ning «Men haqimda» bo’limida yozilganidek doimo kechikib yurish men uchun odatda aylangan. Bu narsa shunchalik ko’p takrorlaganimdan bunga o’zim ham o’rganib ketganman. Hatto oxirgi paytlarda buni bir illat sifatida biladiganlar safida ham chiqib qoldim :)  Bu odatim adashmasam maktab paytlarimdan boshlangan. O’shanda o’smirlikning o’tish davrida har xil bahonalarni vaj-karson qilib, darslarga kechga qola boshlagandim. Bu narsaga hamma o’qtuvchilar har xil munosabat bildirishgan.  Odatda «Nega kechga qolding?, Boshqa kechikma, o’tir joyinga» degan javob bo’lardi. Lekin bu boshqa kech qolmastligim uchun o’shanda yetarli bo’lmagan. )) Men matematika o’qtuvchimiz Mirg’iyozov Mahmud akani juda yaxshi eslayman u kishi darsga kech qoluvchilarni antiqa usulda jazolar edi. Agar o’g’il bolalardan kimdir kechiksa uni hammani oldida qulog’iga chertardi :) Har shunaqa qilardilar. Har bir kechga qolgani uchun

Continue reading

Bloggerlar chempionati haqida

Bloggerlar chempionati haqida

Bundan 2 yilcha oldin Muhrimni «Muhrim unaqa» «Muhrim bunaqa» deb — ijtimoiy tarmoqlar haqida yozgan postiga javob berish uchun blogspot.com’dan blog ochgandim. O’shanda yozgan gaplarimni yozmasam bo’lmay ketganidan blog ochishga to’g’ri kelgandi. Lekin bu blogni davom ettirish niyatim bo’lmagan. O’sha paytlari Muhrimdan tashqari Visola Qarshiboyevani o’qirdim.  Aborni Jakartada yozgan «Yomg’irga termulib» postini Davron Tuhtaboyev(@UzDavr) ni Hindiston haqida yozgan bloglarini o’qib men ham chet elga chiqsam shunaqa postlar yozaman deb havas qilganim rost. Post yozish uchun chet elga chiqish shart emasligini bilaman. Lekin menda oxirgi postlar aynan o’zga yurtda yozildi. Gap xozir bu haqda emas. Hamma joyda

Continue reading

Nimadir.uz haqida Nimadir

Nimadir.uz haqida Nimadir

   Assalomu Alaykum! Meni (Nuqta) Uz domenidan sayt yoki blog ochish niyatim avvaldan bor edi. Lekin imkonyat va hafsala bo’lmagani sabab, har safar orqaga surib kelaverdim.  blogspot.com’da ochilgan blogim esa Xitoyda bloklangan saytlar tarmog’iga kirarkan. Shu sabab unga har safar yo’lini qilib kirganimda, asablarimga rahmim kelardi. Sabr kosamni chelakka almashtirsam ham foydasi bo’lmadi. Chunki ayni paytda O’zbekistonda o’tkazilayotgan bloggerlar chempionatida qatnashayotganim uchun har bir bosqichda yangi post topshirishim kerak edi. Oxirgi postlarimdan birini joylashtirishim uchun esa deyarli bir kun vaqtim ketdi. Shunda blogimni (nuqta) uz’ga o’tkazishga qat’iy qaror qildim. Bu chempionatni menga bergan eng katta foydasi ham aynan shu qarorim bo’lsa, ajab emas.

   Xullas, sayt uchun

Continue reading

E’lon qilinmagan Bayram tabrigi

Kechadan beri ijtimoiy tarmoqlar-u, web messenjerlar bayram tabrigi bilan to’lib ketdi. Hamma xursand. Hamma o’zi uchun yaqin bo’lgan kimnidir bayram bilan tabriklashga oshiqayapti. Bu o’zining onajonisi, opa-singlisi, yo sevgan ayoli yoki kursdosh hamkasbi bo’lishi mumkin. Bu juda yaxshi holat. Bayramlarni ko’p bo’lgani va bu bayram bahonasida esa, yaqin insonlarni oz bo’lsada quvontirish yuzida, ko’zlarida tabassum paydo bo’lishiga sababchi bo’lish judayam yaxshi ijobiy holat. Men ham erta tongdan men uchun qadrli insonlarni, 80 yoshli enajonimni, volidamni, opa singlimni tabriklash uchun uyimga vedio qo’ng’iroq qildim. Har gal chet elda bo’laturib uyimdagilar bilan gaplashganimda Web messenjerlarni, umuman internetni chiqargan odamni, onasiga ming raxmat aytaman. Enam yig’lab yubordi. Onajonim bo’lsa

Continue reading

Back to top