Monthly Archives: Май 2015

Qoida bu qoidada

Qoida bu qoidada

Meni hayotimda 2-bo’lagimga aylanib qolgan «Zakovat» va uning online ko’rinishdagi (ijtimoiy tarmoqlarda) bo’ladigan o’yinlarida men juda-juda hurmat qiladigan bir xolat bor. Bu yerda qoidalarga qattiq amal qilinadi. (Albatta professional zakovat guruhlari nazarda tutildi). Qanaqa qoida deysizmi? Siz bir qatnashib ko’rsangiz bilasiz. Bu qoidalar o’ta shavqatsiz ko’rinadi ko’zingizga. O’ta qiyin savollarga o’ylash uchun o’ta qisqa vaqt berilgandek bo’lib ko’rinadi. O’sha qisqa vaqt ichida orginal, hammani lol qoldiradigan javob berginggiz keladi. Buning uchun harakat qilasiz. Lekin belgilangan vaqt va javob yozishga berilgan vaqtdan atigi 10 soniya kechikib javob bersanggiz ham javobingiz qabul qilinmaydi. Sizni kuzatib turgan boshqa ishtirokchilar javobingizni shedevr ekanini e’tirof etishadi. Mantiq o’zgarmadiku berilgan vaqtda tanlangan ishtirokchi javob berdiku nima qilasan arzimagan «melich prablemalar» uchun o’yinni buzib deb janjallar qiladi. Lekin yakunda baribir «Qoida bu qoida ekanini aytishadi» O’yin boshlanmasdan

Continue reading

Istamayman…

Istamayman…

O‘tgan yilning ayni shu paytlari Xitoyning Shinjon avtonom viloyati Urumchi shahrida bir necha teraktlar sodir etilgan edi. Ushbu xunrezliklar Xitoy Xalq Respublikasining amaldagi raisi Si Jin Pingning Shinjon o‘lkasiga tashrifi vaqtiga to‘g‘ri keldi. Bu xunrezliklarni kim tashkil qilgani ahamiyatsiz. Ammo ushbu fojeada xitoy va uyg‘ur millatidan ko‘plab odamlar halok bo‘ldi. Si Jin Ping Pekinga qaytgach, butun Shinjonni teraktlardan holi mintaqaga aylantirish va bu yo‘lda izchil ishlarni amalga oshirish uchun maxsus farmon chiqardi. Unga ko‘ra, butun Shinjonning barcha shaharlarida komendantlik soati e’lon qilindi. Eng qizig‘i, bu komendantlik soatining vaqti naqd 13 oy qilib belgilandi (may 2014 — iyun 2015). Buni komendantlik yili desa ham bo‘ladi. Boshqacharoq qilib aytganda, kuchaytirilgan xavfsizlik deyilsa to‘g‘riroq bo‘lar. O‘sha kundan boshlab men yashayotgan Urumchi shahrining barcha davlat ahamiyatiga molik yerlarida (bozorlar, yirik bank va hokimiyat idoralari, jamoat transporti «BRT» bekatlari kiraverishlari, qo‘yingki hamma joyda) harbiylarga ko‘zingiz tushadigan bo‘ldi. Nima bo‘libdi shunga deysizmi?

Continue reading

Back to top