Chet elga o’qishga kelmasimdan oldin ayrimlar menga -«chet elga chiqma. Chiqsang fikring o’zgarib qoladi. O’zbekistonga qaytsang birorta yaxshiroq tashkilotga ishga olishmaydi. Chunki chet elda bo’lganlarga nisbatan alohida munosabat qiladi ular. Ayniqsa Jurnalistikani tugatib chetda bo’lib kelsang bu unchalik ham yaxshi emas» deb menga ko’p marotaba aytishgan. Albatta bu fikrlar kalta o’ylovchi fikran tor odamlarning gapi ekanligiga o’sha paytda ham aqlim yetgan va chetda o’qish, dunyo ko’rish niyatimdan qaytara olmagan. Xitoyni, ustiga ustak Shinjonni balki unchalik ham chet el deb bo’lmas; sababi muhit, odamlar o’zimiznikidan unchalik ham katta farq qilmaydi. Har holda fikr va qarashlarni reaksion tarzda o’zgartirib yuboradigan biror narsa ko’rmadim hali. Lekin bu yerda 30-40 dan ortiq davlatlardan kelgan talabalar bilan bir oiladek yashab o’qir ekansan albatta qalbingni tub tubida berkinib yotgan «Patriotizm»- Vatanparvarlik ko’p momentlarda alanga olishini his qilar ekansan. Chunki boshqa millat vakili

Continue reading