Monthly Archives: Январь 2014

Yolg‘onga Allergiyam Bor

Yolg‘onga Allergiyam Bor

Tanlov uchun!

Yolg‘onga Allergiyam Bor

U doim “aldaydi”. U “aldash”ni yaxshi ko‘radi. Uning kasbi “aldash”dan iborat. U qancha ko‘p “aldasa”, xalq orasida uning obro‘si shuncha ortib boradi. Savol: u kim?

Ushbu savol bundan 7-8 yil avval “Zakovat” intellektual ko‘rsatuvida ekran orqali berilgandi. Men topa olmaganman. Sababi, futbolga qiziqmaganligim uchun emas (javob futbolchi edi), balki ekran o‘yinlarida savoldagi qo‘shtirnoqni ko‘rib bo‘lmasligida edi. Savolning mantig‘i ham aslida shunda edi. Lekin men ko‘pchilik qatori oddiy, o‘z manosida tushunganman. Ya’ni aldamchi — chalg‘ituvchi ekanligini tushunmaganman. Tushunishni xohlamaganman. Lekin xohlash kerak ekan. Hayotda to‘g‘ri nimaligini bilganimiz kabi yolg‘onning ham borligini his qilib turish kerak ekan.

7 yoki 8 yoshlarda edim.

Continue reading

Men Jinniman! :)

Men Jinniman! :)

Men Jinniman! :)

(Nomi blog yozib bo’lgandan keyin qo’yildi)

 Nihoyat, 15 minutlar nari-beri asabbuzarlikdan so’ng, blogim ochildi. (sherzodabc.blogspot.com nazarda tutilgan edi) Bu yerda shu ham problema. Endi nimadir yozish kerak. Kecha birinchilar haqida yozudim. Bugun shuni davom ettirsammikan yoki ikkinchilar haqida yozsammikan? :) Raqamlardan boshqa mavzu qurib qolibdimi deydigan odam yo’q. Nima ham derdim hamma topganini yozadi. Bugun 2014 yilning 8-yanvari. Hayron qolmang. Shunchaki kalendarga qaradim. Nimadir boshlamoqchi bo’lsam, yoki shunday boshlay olmasam, shunaqa qilaman. Raqamlarga qarayman. Bugun esa yangi yil kelganiga bir hafta bo’libdi. Aniqrog’i 8 kun. Mavzu topilmay turgan bir paytda balkim shu ham mavzu bo’lar? Ehtimol shundan ham biror nima chiqar? Demak bugun ham yana raqamlar haqida… :) Shu yergacha erinmay o’qiganlarga raxmat. Bu yog’iga ham sabr tilayman.

Continue reading

Men 85 % ni Ichida Borman!

Yangi yil yangilanib eski yil eskirib bo’ldi. O’tgan kunimiz tanix kelasi kunimiz kelajak bo’lib qolaveradi. Hayotimiz rejalar tuzish va shu rejalar ijobati uchun harakat qilishdan iborat. Lekin yangi rejalar maqsadlar tuzish uchun esa allbata oldingilariga qaraladi. Bu doimo takrorlanib turuvchi oddiy jarayon. Yil yakuni va yil boshi esa bunday sarhisob uchun juda qulay vaqt. Ko’pchilik qatori men ham o’tgan 2013 yilda ayrim ishlarni qildim ayrimlariga ulgura olmadim. Bugun ilk marotaba o’tkan yil sarhisobini blog qilib yozishim balki bu ham yangi yildan odatga aylanar. Lekin men buni sarhisob emas shunchaki o’tgan yilda hotiramda qolib ketgan voqea(voqeachalar) deb nomlagan bo’lardim. Demak 2013 yilda hayotimda ro’y bergan eng esda qolarni voqealar quyidagilar! Bularning ko’pchiligi ilk marotaba ro’y berishi.

Continue reading

Back to top